Chorvoq suv ombori atrof-muhitiga turizmning ta’siri


Chorvoq suv ombori atrof-muhitiga antropogen omillar ta’siri va zamonaviy yechimlari


Download 370.35 Kb.
bet12/16
Sana27.10.2023
Hajmi370.35 Kb.
#1727124
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-bob ekologiya uchun mahsus

2.2.Chorvoq suv ombori atrof-muhitiga antropogen omillar ta’siri va zamonaviy yechimlari
Dunyo tajribasida ma’lumki turistlar tomonidan tog‘li hududlarda joylashgan suv obyektlariga bo‘lgan talab juda yuqori hisoblanadi. Bunga misol sifatida Alp tog‘laridagi Jeneva va Boden ko‘llari Qirg‘izistondagi Issiqko‘l kabi suv ob’yektlarini keltirishimiz mumkin [24]. Mazkur ob’yektlarga yilning issiq davrida mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimi kata bo‘lib hududning ekologik holatiga salbiy ta’sirlar ortadi [25]. Mamlakatimizda sayyohlar sonining yuqorigi bilan alohida ajralib turuvchi Chorvoq suv omborini ham bunga misol qilishimiz mumkin.
Chorvoq suv omborining qulay geografik joylashuvi va poytaxtga yaqin ekanligi va qulay infratuzilma mavjudligi hisobiga yil davomida 30 mln ga yaqin mahaliy va horijiy sayyohlar tashrifi kuzatiladi.Chorvoq suv ombori atrofida Sijjak, Nanay, Bog‘iston, Boladala, Burchmulla, Yakkatut, Yangiqo‘rg‘on. Navobod(Yusufxona) kabi mahalla fuqorolar yig‘inlari mavjud bo‘lib mazkur mahalla fuqorolarida Chorvoq suv ombori atrof-muhitiga bugungi kunda quyidagi atropogen omillar ta’siri toboro otib bormoqda:

  • Turizm

Turizm. Chorvoq suv ombori atrofiga ta’sir etayotgan asosiy antropogen omil hisoblanadi. Turistlar tomonidan va turistik obyektlar tomonidan suv ombor va uning atrofiga chiqarilayotgan maishiy chiqindilar miqdori yoz oylarida belgilangan normalardan ortib ketishi hududda qo‘shimcha chiqindi poligonlariniga ehtiyot borligini ko‘rsatmoqda. Turistik obyektlar tomonidan suv ombor hududiga chiqarilayotgan oqava suvlar miqdori yoz oylarida ortib ketishi natijasida suv ombor atrofidagi ekologik vaziyat yomonlashuviga olib kelmoqda.
Ishlab chiqarish korxonalari. Chorvoq su ombori atrofida bugungi kunda ishlab chiqarishning yengil va oziq ovqat sanoatiga tegishli bo‘lgan tarmoqlari mavjud bo‘lib asosan To‘qimachilik fabrikasi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar atrof-muhitga chang to‘zon va sanoat chiqindilari chiqarmoqda.

Download 370.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling