Chorvoq suv ombori atrof-muhitiga turizmning ta’siri


II Chorvoq suv omborining hozirgi kundagi holati


Download 370.35 Kb.
bet10/16
Sana27.10.2023
Hajmi370.35 Kb.
#1727124
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1-bob ekologiya uchun mahsus

II Chorvoq suv omborining hozirgi kundagi holati
2.1.Chorvoq suv ombori atrofidagi turistik resurslar va ularning ta’siri
2.2.Chorvoq suv ombori atrof-muhitiga antropogen omillar ta’siri va zamonaviy yechimlari
2.3. Chorvoq suv ombori atrofidagi ekologik muammolar
2.1.Chorvoq suv ombori atrofidagi turistik resurslar va ularning ta’siri
Turizm jahondagi ko‘pgina mamlakatlar singari respublikamiz iqtisodiyotiga o‘zining hissasini qo‘shayotgan qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori rivojlanib bormoqda. Biroq,mustaqillikni dastlabki 10 yilligida turistik imkoniyatlardan O‘zbekiston Respublikasida samarali foydala nmaganligi tufayli u xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari ko‘rsatkichlaridan ancha orqada qolayotgan edi. Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning geografik o‘rni turizmni rivojlantirishda Markaziy Osiyo davlatlari ichida ancha qulaydir [1]. Bugungi kunda mamlakatimizda ichki va tashqi turizmga katta e’tibor berilishi natijasida turistik obyektlar va tabiiy rekratsion hududlar mahalliy va horijiy sayyohlar uchun qaytadan kash qilinmoqda. Jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-dekabr sanasidagi PF-5273-sonli farmonida “Chorvoq” turistik-rekratsion zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonning 2-bandida hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘ziga xos turistik yo‘nalishlarni tashkil etish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabr sanasidagi PF-5326-sonli O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qonun. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi Chorvoq suv ombori atrofidagi togʻ va togʻ oldi hududlarda oʻsimlik qoplamining qisqarishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi 499-son qarori ichki turizmni rvojlantirishga qaratilganligi iqtisodiy jihatdan quvonarli hisoblansada, mahalliy va xorijiy sayyohlar tomonidan atrof-muhit holatiga bir muncha salbiy ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Tadqiqotimizni Chorvoq suv ombori misolida ko‘radigan bo‘lsak, dastlab, suv ombor tarihi haqida qisqacha ma’lumot olsak.
Chorvoq suv ombori G‘arbiy Tyanshan tog‘larining tarmoqlari hisoblangan Ugom v Piskom tog‘lari oralig‘ida joylashganligi, shimoli-g‘arbdan esuvchi shamollarga ro‘para ekanligi, suv ombor atrofida yog‘inlarning bir muncha ko‘p yo‘g‘ishi hududning turistik jozibadorligiga tas’ir o‘tkazadi. Shuningdek Chorvoq suv ombori Toshkent, Angren, Olmaliq, Yangiyo‘l, Chirchiq kabi aholi zichligi yuoqri bo‘lgan ko‘p funksiyalik shaharga yaqinligi va qulay infratuzilmaga ega ekanligi Chorvoq suv omborining turistik imkoniyatlarini rivojlanlanishida asosiy omil hisoblanmoqda. Chorvoq suv omboriga bugungi kunda turistlar oqimi hafta kunlari va yil fasllarga bog‘liq ravishda o‘zgarib bormoqda. Suv ombor atrofiga keluvchi sayyohlarning viloyat ichki ishlar bo‘limi tomonidan tuzilgan “Turizm politsiya” uchastkalarida tashkil etilgan metod yordamida aniqlanmoqda. Mazkur metod suv ombor atrofiga oruvchi yo‘l yoqalarida o‘rnatilgan kameralar yordamida o‘tgan avtomobil sniga qarab aniqlanadi, o‘rtacha suv ombor tomon yo‘nalgan avtomobil o‘rtacha 3 ta sayyoh deb hisoblanadi. Turizm politsiya metodi yordamida suv ombor atrofiga haftaning ish kunlarida o‘rtacha 1500 ta sayyoh tashrif kuzatilsa dam olish kunlari 7-8 ming nafarga yetadi. Yuqoridagi sayyohlar tashrifi yilning yoz faslida suv ombor atrofida joylashgan plyajlar, mehmon uylari va boshqa turdagi turistik obyektlarga tomon yo‘naladi. Mazkur tadqiqotda dala kuzatuv tadqiqot usuli yordamida Chorvoq suv ombori atrofida quyiidagi turustik resurslar aniqlandi:

  • Plyaj turizimi – Chorvoq suv omborining sharqiy va janubiy qismlaridagi qumli maydonlarga asosan yoz va kuz oylarining boshlarida mahalliy va xorijiy sayyohlar tomonidan tashriflar ko‘payadi.


Download 370.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling