Chorvoq suv ombori atrof-muhitiga turizmning ta’siri


Download 370.35 Kb.
bet13/16
Sana27.10.2023
Hajmi370.35 Kb.
#1727124
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-bob ekologiya uchun mahsus

Qishloq xo‘jaligi. bugungi kunda qishloq xo‘jaligini ekstensiv yo‘l orqali rivojlantirish atrof-muhitga bo‘lgan antropogen ta’sirni kuchaytirmoqda. Dehqonchilik va chorva mollari uchun suv ombor atrofidagi o‘zlashtrilmagan yerlardan foydalanish orqali hududdagi fauna va florani o‘zgarmoqda [4-6].
Aholining qo‘shimcha ehtiyolari. Chorvoq suv ombori atrofida 8 ta mahalla fuqorolar yig‘ini mavjud. Aholining ko‘plab qismi hizmat ko‘rsatish sohalarida band hisoblanadi, bunga asosiy sabab hududga tashrif buyuruvchi sayyohlar hisoblanadi.Suv omborga tutash hududda jami 16124 nafar aholi doimiy ro‘yhatdan o‘tgan. Suv ombor hududidan yil davomida 960 tonna maishiy chiqindi yig‘ib olinadi.
1-jadval

Tr

Mahalla nomi

Xonadonlar soni

Aholi soni

Sanatoriya, oromgohlar va pansionatlar soni

Fermer
xo‘jaliklari soni

1

Sijjak

825

3525

10

5

2

Nanay

392

1522

5 ta

7

3

Bog‘iston

285

1255

7

2

4

Boladala

158

650

2

11

5

Burchmulla

871

4024

11

5

6

Yakkatut

712

3015

6

5

7

Yangiqo‘rg‘on

229

810

11

5

8

Navobod
(Yusufxona)

502

1641

28

16




Jami

3974

16124

80

56

Izoh: Bo‘stonliq tumani statistika bo‘limining 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra ma’lumoti.

Bugungi kunda Chorvoq suv omborining atrof-muhitiga ta’sir etayotgan antropogen omillarni kamaytirishga hudud ekotizimini yaxshilashga doir hukumat doirasida etibor berilmoqda. Chorvoq suv ombori atrofida bugingi kunda 666 ta turistik obyekt mavjud.






4-rasm Chorvoq suv ombori atrofidagi turistik obyektlar soni va turi
5-rasm Chorvoq suv ombori atrofidagi turistik obyektlarning yotoq joylar soni
Chorvoq suv ombori atrofida antropogen omillarning tasiri mavsumiy harakterga ega bo‘lib asosan yoz mavsumida tabiatga ta’sir sezilarli darajada ortib ketadi Chorvoq suv ombori atrofida bugungi kunda turizmni rivojlantirish va atrof-muhitga antropogen tasirni kamaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6 avgustdagi “Chorvoq suv ombori atrofidagi togʻ va togʻ oldi hududlarda oʻsimlik qoplamining qisqarishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 499-son qarori qabul qilindi [7].
Chorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi togʻ va togʻ oldi hududlarida oʻsimlik qoplami qisqarishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:

Shuningdek Chorvoq suv ombori atrofida antropogen tasirni kamaytirish maqsadida turistlar uchun qulay bo‘lgan ochiq tabiiy hududllarni kengroq tavsiya qilish orqali ma’lum hudud uchun tushadigan turistik yukni kamaytirish mumkin. Bugungi kunda Chorvoq suv ombori va uning atrof-muhitiga bo‘lgan antropogen ta’sirni kamaytirish maqsadida Chorvoq Travel nomli innovatsion mobil ilova yaratilgan bo‘lib ilovada hududning turistik jozibadorligini oshirish va atrof-muhit holatini yaxshilash nazarda tutilgan.
Xulosa o‘rnida Chorvoq suv ombori atrofida joylashgan turistik obyektlarni xatlovdan o‘tkazish orqali hududda mavjud bo‘lgan aholi soni va ulardan chiqayotgan chiqindi miqdorini aniqlash orqali hududda tizimli ishlarni amalga oshirish mumkin, shuningdek turistlar uchun yangi hududlarni kashf qilish orqali turistlarni oqimini boshqa hududlarga yo‘naltirish va yangi hududlarda kichik ekolagerlarni tashkil qilish orqali antropogen ta’sirni kamaytirish mumkin. Suv ombor atrofidagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan intensiv yo‘l orqali foydalanish natijasida hududni ekologik holatini yaxshilash mumkin.

Download 370.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling