Chorvoq suv ombori atrof-muhitiga turizmning ta’siri
-rasm. Chorvoq suv omborida suv miqdorini o‘zgarishi (2013-2021)
Download 370.35 Kb.
|
1-bob ekologiya uchun mahsus
6-rasm. Chorvoq suv omborida suv miqdorini o‘zgarishi (2013-2021)
Mazkur hududda ko‘tarilgan chang-to‘zon noyabr, dekabr, yanvar, fevral, mart oylarida esib ayrim hududlarda ko‘rish masofasi 20-25 m masofani tashkil qiladi. Bu esa aholi salomatligi uchun infeksion kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Chorvoq suv ombori atrofida joylashgan 8 ta MFYning deyarli barchasida mazkur ekologik muammo kuzatilib kelinmoqda. Ushbu chang to‘zon ko‘tarilishi natijasida aholi orasida yuqori nafas olish organlari, ovqat ham qilish tizimi va immun tizimiga salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda [4]. Changlarning dispersligi (o‘lchami) ularning havodagi turg‘unligi, nafas yo‘llariga kirish va qancha chuqurlikka kirib borish imkoniyatini belgilaydi. Changlarning o‘lchami qancha kichik bo‘lsa, ular nafas yo‘llariga shuncha chuqur kirib boradi, o‘pkada shuncha ko‘p ushlanib qoladi va fibrogenlik hususiyatini oshiradi. Nafas olganda alveolalarga asosan 5 mkm gacha kattalikdagi zarrachalari kiradi. Chorvoq suv ombor atrofida hosil bo‘ladigan chang disperligi 10 mkm dan yuqori natijada ko‘rish organlariga ta'sir qilishi, yallig‘lanishni (kon'yunktivit), professional kataraktani keltirib chiqarishi va ko‘zning shilliq qavati va shox pardasiga kuchli sezuvchanlik ta'sirini ko‘rsatishi mumkin. Terining ifloslanishi, har xil tarkibdagi chang har xil turdagi dermatit va ekzemalarni keltirib chiqaradi. Changning asosiy ta'siri eng avvalo nafas olganda vujudga keladi. Changli havo bilan nafas olish asosan nafas organlarining zararlanishi: bronxit, pnevmokonioz yoki umumiy zararlanish rivojlanishini vujudga keltirishi mumkin. Ba‘zi bir changlar qo‘shimcha kasalliklarni keltirib chiqarishi xususiyatiga ega. Bularga yuqori nafas yo‘llari, ko‘zning shilliq qavati, teri qoplami kasalliklari kiradi. Changning o‘pka yo‘liga kirishi pnevmoniya, sil, o‘pka rakining kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin. Chorvoq suv ombori atrofida yashovchi aholi orasida kasallanish darajasi ham aynan suv omborda suv sasthining pasayish jarayoni bilan bog‘liq ravishda o‘zgarmoqda. 4- rasm orqali Sijjak, Nanay, Bog‘iston, Boladala, Burchmulla, Yakkatut, Yangiqo‘rg‘on, Navobod mahallalarida 2021-yil davomida nafas organlari bilan bog‘liq kasalliklar o‘sish dinamikasiga etibor beradigan bo‘lsak aynan Chorvoq suv omborining suv sathi pasayishi kuzatiladigan davrga mos keladi. Kasallanish asosan Sijjak va Yusufhona (Navobod) mfy hududlarida kuzatilmoqda. Mazkur aholi punktlari suv omborning shimoliy va janubiy qismlarida joyashgan bo‘lib, bahor va kuz oylarida sharq tomondan esuvchi tog‘ vodiy shamollariga ro‘para ekanligi hamda tabiiy ixotazorlarning yo‘qligi, hududning tuproq qatlamida eroziya jarayoni mavjudligi kabi bir nechta omillar sabab bo‘lmoqda. Download 370.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling