Cho’yan turlari va ularning xususiyatlari
Deformatsiyalashning termomexanik rejimini tanlash
Download 151.48 Kb.
|
Cho’yan turlari va ularning xususiyatlari-hozir.org
1.3. Deformatsiyalashning termomexanik rejimini tanlash.
Zagotovka 300....400°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda qizitib past haroratli gidropresslash jarayoni to‘g‘risida nisbiy ma’lumotlar mavjud [6]. Amosov A.V. va b tekshirishlari bo‘yicha gidropresslashda toblangan va kuydirilgan volfram V A markali (pishirilgan) va TSV (eritilgan) prutoklarida shuni ko‘rsatdiki, sovuq usulda (20°C) va issiq (250°C) gidropresslashda qoniqarli sifatga ega bo‘lgan volfram prutokini olish imkoniyati bo‘lmadi. Ishda aytilishicha zagotovkaga mis nikel qatlam va maxsus moylama surtildi, ishchi muhit sifatida industrial va veretenn yog‘idan (moyi) foydalanildi. Tekshiriladigan oraliqda tortish bosim kuchi 1100....1750 MPa oralig‘ida bo‘ldi. Ammo gidropresslash 6...8 bosqichda sakrab davom etdi, qo‘shimchalar yuzasi sifati qoniqarsiz edi, bo‘ylama va ko‘ndalang yoriqlar mavjud edi, zagotovkaning bir qismi esa bo‘laklarga bo‘linib to‘kildi. Ko‘rsatilgan haroratda volfram va uning qotishmasining deformatsion qarshiligi 1200 MPa va undan yuqoriroq qiymatga erishadi. Volfram plastikligini gidrostatik bosim ostida bir muncha ortishi faqat 900...1000 MPa bo‘lgandaboshlanadi. Ehtimol turg‘un jarayon sovuq va issiq gidropresslangan volframda 4...5 tortish bilan ishchi bosim 3000MPa bo‘lganda sodir bo‘lishi mumkindir, bu esa mavjud materiallardan sanoat jihozlari va asboblari tayyorlash uchun foydalanishda aniq (real) bo‘lib hisoblanmaydi. Gidropresslash jarayonini yuqori haroratda o‘tkazilgan maqsadga muvofiq, qachonki volfram deformatsion qarshiligi (2...3 martaga) tez pasayadi. Issiq holatda metallarga ishlov berish uchun gidrostatik presslash usulini qo‘llash-istiqbolli hisoblanadi, aniyniqsa qiyin eriydigan metall va qotishma larga ishlov berish uchun chunki ularda deformatsion qarshilik juda yuqori va xona haroratida plastiklik resursi (zahira) chegaralangan. Zagotovkani qizitish 1000°C haroratgacha chegaraviy ruxsat etilgan tortishni bir muncha oshiradi, bunda jarayonning energiya hajmi oshmaydi. Metall va qotishmalarning deformatsiyalanish termomexanik rejimlakni tanlashdagi masalani muvoffiqiyatini hal etish uchun materialning plastik va mustaxkamlilik xarakteristikalarini bosim va harakatga bog‘liqligini bilish zarur. Deformatsiya rejimini tanlashda mexanik xossalar va ishlov berish orasida o‘zaro aloqa bo‘lishi kerak, bu esa metallning plastik oqimin buzilmasdan ta’minlash imkonini berish birinchi navbatda bu masal kasb- texnologik plastilikka ega bo‘lgan qotishmalarga taaluqli. Qiyin eriydigan metallarning plastiklik diagrammasi bo‘yicha qiymati hamma tekshirish haroratlarida va da past qiymat bilan xarakterlanadi, ya’ni bunday sharoitda metall plastikligi kuchlanish holati sxemasi o‘zgarishiga kam sezilarli va asosan deformatsiya haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Aniq sharoitda va haroratda materilaning plastik deformatsiyalanishag qobiliyatini o‘rnatadigan qulay ko‘rsatkichlardan biri plastiklik moduli bo‘lib hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich metall plastikligini uning mustaxkamlik xossasidan bog‘liqligini ifodalaydi va buzilish vaqtida bir birlik deformatsiya faolligi miqdorini xarakterlaydi. Plastik xarakteristikasidan foydalanishdan (uzayish, va torayish cho‘zilishda) ushbu qiymatni ikki xilda yozish mumkin [7]. yoki Bu erda haroratda ishlov beriladigan materialning shartli oquvchanlik chegarasi. Plastiklik modulli materialning mexanik xossasini tahlil qilish harorati bog‘lanishidan kelib chiqib hisoblash mumkin, bu esa har qanday qotishmaning harorat oralig‘ini aniqlaydi. Chunki, amaliyotning ko‘rsatishicha qiymatining o‘sishi bilan materialning deformatsion qobiliyati yomonlashadi. 11-rasmda niobiy mustahkamligi va plastikligi o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlarga asoslangan ma’lumotlar ko‘rsatilgan, TSM-3, TSM-4 molibden qotishmasi tekshirish haroratiga bog‘liq ravishda plastiklik modullini haroratga bog‘liqligini o‘zgarish diagrammasi qurilgan. Ushbu grafikdan deformatsiyaning harorat oralig‘i, oraliq sifatida aniqlash mumkin, unda yoki 11-rasm qotishmalarning haroratiga bog‘liq holda deformatsiyalanish ko‘rsatkichning o‘zgarishi. a) TSM-3; b) niobiy, v) TSM-4 Vaholangki, qiyin eriydigan metallarning deformatsiyalanish termomexanik rejimini tanlashda harorat ta’sirini hisobga olish kerak: materialning mexanik xossalariga , metallarni qizitishda atrof muhit gazlari bilan tuyinishi va oksidlanishiga; asbobning turg‘unligiga. Yuqorida aytilganlardan ma’lumki niobiy haroratda juda platsik, TSM -3 va TSM -4 qotishmalari 1400....1600°C va 1600....1800°C mos ravishda plastik. Ko‘rsatilgan harorat atrofida tekshirilgan materiallar past deformatsion qarshilikka egadirlar. Haroratning 500....700°C gacha pasayishi niobiyda etarli tez ortadi. Haroratning 1200°C gacha pasayishi TSM-3 va TSM-4 qotishmalarning plastikligi bir vaqtda deformatsiya qarshiligini tez ko‘tarilishi bilan pasayadi. Shunday qilib, niobiy uchun gidropresslash harorati 700....900°C oralig‘ida tanlanishi mumkin, a) TSM-3 va TSM-4 qotishmalari uchun 1200....1300°C oralig‘ida bo‘ladi. Bunda zagotovkani qizitish haroratining ortishi yuqorida ko‘rsatilgan harorat ratsional emas sababi matritsa turg‘unligining pasayishi va ushbu sinfdagi materiallaprning oksidlanish va gazdan to‘yinishiga moyilligining ortishi sabab, bu esa maxsus himoya chorasini talab qiladi. Bundan tashqari 1300°C dan yuqori haroratda TSM-3 va TSM-4 qotishmalari harorat gradientiga nisbatan sezgirligi yuqoriroq, bu esa sovuqroq munosabatda gidropresslash jarayoni da sezilarli darajada notekis oqimga olib keladi va press mahsulot sifatiga manfiy ta’sir ko‘rsatadi. 800....1300°C da tekshirilgan materialning harorat gradientiga sezgirligi nisbatan past: Volfram materiallarning deformatsion mustaxkamligi 800....1200°C bo‘lganda juda faol rivojlanadi. Haroratning 1600°C gacha ortishi mustahkamlik xossasini 1,1...1,5 martagacha tushib ketishiga olib keladi. SHunday qilib, volfram va uning qotishmasini gidropresslaganda 1300....1500°C ni tavsiya etish mumkin, chunki ushbu harorat oralig‘ida ko‘rmsatilgan material etarlicha texnologik plastiklik zapasiga ega bo‘ladi, bu esa zagotovkani katta deformatsiya ko‘rsatkichi bilan deformatsiyalash imkonini beradi. Shuningdek, 1400....1500°C da zagotovkani qiziqish haroratida TSV-2 qotishmasidan tortish 2,6 dan 5,0 gacha yuqori sifatli prutoklar olindi, bunda foydalanilgan asboblarning materiali 3x288 va R18 markali po‘latlardan bo‘lib ularning turg‘unligi 3...5 yuklanish sikli oralig‘ida bo‘ldi. Molibdenga ishlov berish haroratini ianlashda zagotovkani qizitish haroratini 800....1200°C legirlanmagan materiallar uchun va 1000...1400°C oralig‘ida past legirlangan qotishmalar uchun olovbardosh molebden qotishmalari uchun belgilash maqsadga muvofiqdir. Ushbu harorat diapazonida molibden qotishmalari ietarli darajada yuqori plastiklik zapasiga va nisbatan ancha past qiymati deformatsiya qarshiligiga ega bo‘ladilar, bu esa molebden qotishmasidan yirik o‘lchami (garabit) pressning bir brishda 9...11 tortishli zagatovkalarga ishlov berish imknonini beradi. Gidropresslash jarayonini 800...1200°C harorat oralig‘ida hammma tortishlar uchun amalga oshirishda bosim 830...1700MPa oralig‘ida bo‘ladi. Issiq gidropresslash harorati (250...300°C) da esa siqib chiqarish bosimi 1600...1920MPa oralig‘ida yotadi, bu esa yuqori bosimda ishlaydigan jihozlarni ishdan chiqishiga olib keladi. Bu holatda tortish diapazoni 2,5...4 oralihida bo‘ladi. Qiyin eriydigan metallarni gidropresslash uchun zagotovkani qizitish uchun tavsiya etiladigan harorat quyidagi jadvalda keltirilgan. 6-jadval Download 151.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling