Cho’yan turlari va ularning xususiyatlari


Qiyin eriydigan metall va qotishmalarni gidropresslash uchun zagotovkani qizitishning harorat oralig‘i


Download 151.48 Kb.
bet14/18
Sana31.01.2024
Hajmi151.48 Kb.
#1830716
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Cho’yan turlari va ularning xususiyatlari-hozir.org

Qiyin eriydigan metall va qotishmalarni gidropresslash uchun zagotovkani qizitishning harorat oralig‘i

Material




°C

MCH,MCHVP, TSM-7, MNB


SM-2A
TSM-3 TSM-4
VCH, VA, VI
TSV-1, TSA-2
Elektron-nurli eritish niobiy
5VMS, LN-1

800....1000


1000...1200
1200...1300
1300...1500
1400....1500
700....900
900...1300

Quyma vakukunli materiallarni gidropresslashning o‘ziga xos xususiyatlari.


Qiyin eriydigan metallar va ularning qotishmalaridan yuqori haroratda truba prutok va profillar gidropresslash jarayoni dastlabki zagotovkaning konstruksiya va geometriyasiga, sifatiga katta talab qo‘yadi.
Yuqori haroratda gidropresslash uchun zagotovkalar yuza qismida erish va ishlov berish nuqsonlari (rakovina, oksidlanish gelzalari, har xil chuqurchalar, toblanadigan qismlar, darzlar, yoriqlar va h.) bo‘lmasligi shart. Yuza tozaligi 3...4 yuza tozaligi va undan yuqori tozalikka mos kelishi lozim. Zagotovkaning old yuzasida kiruvchi konus qirralaridagi burchaklari kiruvchi konus matritsaning burchaklariga teng qilib bajariladi. Zagotovka va konteyner ishchi kamerasining ichki vtulkasining diametrilari orasidagi farq 2 mm dan kam bo‘lmasligi shart.
Trubalarni presslashda deformatsiya o‘chog‘ining ichki yuzasiga suyuqlikni erkin kirib borishini ta’minlash uchun qobiq diametri trubali zagotovka teshigi diametridan 1...2 mm ga kichik bo‘lishi kerak. Ikkinchi tarafdan ishchi suyuqlikning chiqib ketishini oldini olish uchun deformatsiya boshlanishiga qadar qobiq bilan zagotovka orasidagi zazor (tirqish) orqali o‘tadigan bosim, shunday bo‘lish kerakki, zagotovkaning old yuzasi tomonidagi teshikning diametri qobiq diametridan 0,5...1 mm ga kichik bo‘lishi lozim. Kichik teshik diametridan kattasiga o‘tish balandligitaxminan zagotovka old yuzasi konus boshlanishi sathida bo‘lishi kerak, chunki presslash boshlanishi oldidan matritsa varonkasiga tiraladi.
Profil, prutok va trubalarni tayyorlash uchun zagotovka sifatida qiyin eriydigan metall va qotishmalarni gidropresslash texnologiyasi bo‘yicha ishlov berishda slitok (quyma) lardan issiq presslash yo‘li bilan olingan prutoklardan foydalanildi va hamda pishirilgan butun va truba zagotovkalar kukunli metallurgiya usulida olingan ishlatiladi.
Yuqorida haroratli gidropresslash jarayoni ishchi muhit va moylash tizimini tanlashga katta talab qo‘yadi, chunki ham gidropresslangan mahsulotlar sifatiga ham ishlov berish jarayonining normal borishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ishchi muhit yaxshi antifriksion xossalarga ega bo‘lishi, kerak qesilish darajasi juda kam etarli darajada qovushqoq va ish davrida qatib qolmaslik, metall va asbob yuzasi bilan o‘zaro ta’sirlanmaslik, asbob va mahsulot yuzasidan engil ko‘chishi, arzon, noyob va zaharli, zararli, bo‘lmasligi shart.
Ishchi muhitning bir vaqtning o‘zida moylash sifatida zagotovka-asbob urinish yuzasida foydalanish mumkin degan urinishlar ijobiy natija bermadi. Ma’lumki bu xolat ishchi muhitni qizitishda moy qovuqqoqligini tushib ketishi bilan izohlanadi. Antifirksion qo‘yilmalarning (masalan, molibden disulfidi) ishchi suyuqlik tarkibiga kiritilishi ularning moylovchi xossalarini kam yaxshilaydi, chunki qo‘yilmalar suyuqlikda bir tekislikda moslasha olmaydi (dispertatbsya). SHuning uchun gidropresslashda maxsus texnologik moylashni qo‘llash zarur chunki u zagotovka yuzasiga yuqori agregat hosil qilishi kerak; erimaslik yoki kam eruvchanlik ishchi suyuqlikda; yaxshi moylash qobiliyati va noyob bo‘lmasligi, zaharli va olovga yonmaydigan bo‘lishi lozim.
Moylovchini pasta ko‘rinishida tayyorlashadi, asosdan va hapr xil qo‘shilmalardan tarkib topadi va asbob yoki zagotovka yuzasiga surtiladi. Asosan odatda minimal va o‘simlik moylari xizmat qiladi va ularga faol-yuza moddalari qo‘shiladi. (molibden disulfid kukuni, grafit kukuni, rux oksidi va b). Chunonchi qiyin eriydigan metallarni gidropresslash yuqori haroratda o‘tkazishlar ekan, ishchi muhit va moylavsh termostabil (issiqqa chidamli), yuqori haroratda zaharsiz, past issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega, yaxshi moylash qobiliyati va ishlov berish haroratida gidrochidamlilik; qizigan yuzadan engil ko‘chishi lozim bo‘ladi.
Yuqorida haroratli gidropresslashda ishchi muhit sifatida kvazisuyuq muhit ham bo‘lishi mumkin. Suyuq muhitda gidropresslashdagi qiyinchiliklar, konteyner ishchi yuzasini (bo‘shliq) ishonchli germetizatsiya (zinchlik) qilish tizimini ta’minlash bilan bog‘liq, sezilari darajada kvazisuyuq muhitdan foydalanilsa osonlashadi. Tavsiya qilinadigan ishchi muhit va moylash har xil harorat va gidropresslash bosimi uchun quyidagi jadvalda keltirilgan.
7-jadval

Download 151.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling