Цитоплазма қиритмалари inclusiones cytoplasmaticae
Download 0.54 Mb.
|
Гистология готов IV-2 (2)
HUJAYRA NAZARIYASI
XIX asr boshlarida keng ko`lamda olib borilgan mikroskopik tadqiqotlar natijasida o`simlik va hayvon organizmlari hujayraviy tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Hujayra tuzilishini o`rganishga Ya. Purkinye, I. Myuller maktablari katta hissa qo`shdilar. Ya. Purkinye fiziologiya va farmakologiya sohasida yirik mutaxassis bo`lsa ham, hayvon va o`simlik hujayralarini o`rganishi va ta’riflab berishi uning nomini keyingi avlodlar-ga tanitdi. Uning o`quvchilaridan bo`lgan G. Valentin hujayra nazariyasini ochishga juda ham yaqin keldi. Berlinlik botanik F. M e y y e n va Yena so`ngra Derpt universitetlarida ishlagan M. Shleyden ham hujayra nazariyasining ochilishiga asos soluvchilardan hisoblanadi. Ammo hujayra nazariyasini ochish I. Myuller o`quvchilaridan bo`lgan T. Shvannga muyassar bo`ldi. Berlindagi Iogannes Myuller maktabi eng kuchli maktablardan bo`lib, Myuller atrofiga o`z zamonasining kuchli tadqiqotchilari yig`ilgan edi. Bular orasida hujayra nazariyasini yaratuvchi T. Shvann, yirik anatom Ya. G y e n l e, yirik embriolog va nerv sistemasi bo`yicha mutaxassis R. R y e m a k, gistologiya faniga asos soluvchilardan A. Kyolliker, yirik fiziolog E. Dyubua - R y e y m o n, patolog R. V i r x o v va boshqa yirik mutaxassislar bor edi. 1839 yilda nemis zoologi T. Shvanning «Hayvon va o`simliklarning o`sishi va tuzilishining mutanosibligiga doir mikroskopik tadqiqot» kitobi chiqdi. Bu kitobda hujayra nazariyasining asoslarini, to`qimalarning hujayralardan tashkil topganligini, hujayralar umumiy rivojlanish printsipiga ega ekanligini, har bir hujayra mustaqil rivojlanishi mumkinligini ko`rsatib berdi. Ammo Shvann ta’kidlashicha, hujayra organizmdan ajralgan holda yashay ol- maydi. Hujayra nazariyasi biologiya fanida eng buyuk kashfiyotlardan hisoblanadi. «Bu kashfiyot, - deb yozgan edi F. Engels o`zining«Lyudvig Feyerbax va nemis klassik filosofiyasining oxiri» degan asarida, - barcha murakkab organizmlarning bitta umumiy qonunga binoan rivojlanishi va o`sishiga ishontirish bilan birga, hujayralarning o`zgarishga qobil ekanliklarini ko`rsatib, organizmlarning tur jihatidan o`zgarishiga olib boradigan yo`lni ham ko`rsatib berdi, bu o`zgarishlar shunday o`zgarishlardirki, ularning natijasida organizmlar individual rivojlanishiga qaraganda hiyla yuqoriroq darajada turadigan rivojlanish protsessini kechira oladilar». Hujayra nazariyasining rivojlanishida 1858 yilda chop etilgan nemis patologi R. Virxovning «TSellyulyar patologiya»sn katta o`rin tutadi. R. Virxovgacha kasalliklarning kelib chiqishi suyuqliklar tarkibiy qismining o`zgarishi bilan bog`lanar edi. R. Virxov patologik jarayonni tushuntirishga materialistik yondoshadi, kasalliklarni hujayralar tuzilishining o`zgarishi bilan ta’riflaydi. Bu tadqiqot yangi ta’limot - «hujayra patologiyasi» ning kelib chiqishiga asos bo`ldi. Hujayra patologiyasi nazariy va klinik meditsinaning negizini tashkil etadi. R. Virxovning «Hujayra hujayradan» degan iborasi biologiyaning keyingi rivojlanishiga turtki bo`ldi. Hozirgi vaqtda hujayralar bor hujayraning bo`linishi natijasida hosil bo`ladi, degan xu-losa biologiyaning asosiy xulosalaridan biri hisoblanadi. R. Virxovning hujayradan tashqarida hayot yo`q degan iborasi hozirgacha o`z qadrini yo`qotmagan. Ko`p hujayrali hayvonlarda hujayra bo`lmagan strukturalar bor. Ammo bu strukturalar hujayralar mahsulotidir. Hatto viruslar ham aktiv hayot jarayonini va bo`linishini biror bir hujayraga kirgandan so`ng bosh-laydi. Ammo R. Virxovning tushunchalari xatodan xoli emas edi. U organizm hujayralar yig`indisidan iborat, deb hisobladi. Bu esa organizmdagi patologik jarayon alohida hujayralar yig`in-disining hayot jarayonining buzilishi natijasida hosil bo`ladi. ya’ni patologik protsess mahalliy (lokal) protsess degan fikrga olib keladi. Rus fiziologlari va klinitsistlari I. M. S ye ch ye n o v, I. P. P a v l o v, S. P. B o t k i n bu g`oyalarga qarama-qarshi o`laroq organizmning bir butun ekanligi haqidagi fikrni asoslab berdilar. Chunonchi, I. M. Sechenov 1860 yili R. Virxovning organizmni muhitdan, a’zolarini esa organizmdan ajralgan holda o`rganish kerak, degan nazariyasini tanqid qildi. Rus klini-tsistlari va fiziologlari o`z tadqiqotlarida organizmning bir butunligini uning hujayralar o`rtasidagi o`zaro munosabati bilan emas, balki organizmning nerv sistemasi orqali atrof muhit bilan bo`ladigan aloqasi bilan tushuntirib berdilar. Umuman, R. Virxovning «Sellyulyar patologiya»si biologiya va meditsinaning rivojlanishida muhim rol o`ynadi. Mexanistik xatolardan holi qilingan va yangi tadqiqotlar bilan to`ldirilgan bu ta’limot organizmning hujayraviy tuzilishi to`g`risidagi fikrga asos bo`ladi. Hujayra nazariyasi ochilgan davrdan boshlab hujayraning elementar mikroskopik tuzilishini o`rganish rivojlana boshladi. Utgan asr oxirlariga kelib, hujayra organellalari va ular-ning vazifalari ta’riflandi. Bu bilan sitologiya fanining rivojlanishiga asos solindi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling