Цитоплазма қиритмалари inclusiones cytoplasmaticae
Download 0.54 Mb.
|
Гистология готов IV-2 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glikogen kiritmalar
Yog` kiritmalari tomchilar shaklida hujayralarda kam uchraydi (19-rasm, a, b). Ba’zi bir hujayralarda esa ancha ko`p yig`iladi. Masala, biriktiruvchi to`qimaning yog` hujayralari sitoplazmasidagi gigant yog` tomchilari (engil ekstraktsiya qilinuvchi neytral yog`lar) bunga misol bo`la oladi. Ingichka ichakda yog` so`rilish davrida silindrsimon hujayralarda ko`p miqdorda neytral yog`lar yig`iladi. Bundan tashqari, yog`ning to`planishi ba’zi bir organlarning qayta rivojlanishida (buqoq bezi, tuxumdonning sariq va atretik tanachalarida va boshqalarda) hamda patologik jarayon natijasida (jigar hujayralari va yurak mushaklarining yog` bilan to`yinishi -yog` distrofiyasida) kuzatiladi. Lipoid kiritmalar neytral yog`larga nisbatan murakkab ximiyaviy tuzilishga ega bo`lib, qiyin ekstraktsiya qilinadi. Ular har xil to`qima hujayralarida uchraydi (masalan, buyrak usti bezining po`stloq qismida, oligodendrogliya hujayrasida va boshqalarda).
Elektron mikroskopik tadqiqotlar lipid tomchilarini turli shakllarda bo`linishini ko`rsatdi. Ayniqsa, bachadon, buyrak usti bezi po`stlog`i qismida lipid kiritmalar turli morfologik ko`-rinishda bo`lib, ular turli himiyaviy tarkibga egadir. Lipid kiritmalar endoplazmatik to`r elementlaridan va ribosomalardan keskin ajralib turadi. Bu kiritmalar agranulyar endoplazmatik to`r kanalchalarida va Golji apparati sisternalarida yig`ilishi kuzatilgan. Bu faktlar yuqorida keltirilgan organellalarning lipid almashinuvidagi roliga misol bo`ladi. Glikogen kiritmalar jigar hujayrasi sitoplazmasida, ko`ndalang-targ`il mushak tolalarida oddiy mikroskop ostida yirik-yirik to`plamlar holida ko`rinadi. Mushak tolalaridagi glikogen energiya manbai hisoblanadi. Nerv hujayralarida Nissl moddasiga yaqin yotuvchi glikogen ham energetik vazifani bajaradi. Adabiyotda turli patologik holatlarda glikogen miqdorining oshishini ko`rsatuvchi dalillar ko`p. Myuller tomonidan sekretor nerv kesilganda til va jag` osti bezlarining chiqaruv naydari epiteliysida glikogenning mayda va yirik granulalarining yig`ilishi kuzatilgan. Muallif glikogenni mayda donalar shaklida sekretor va nay hujayralarining bazal qismida yetilishini ta’kidlaydi. Glikogenning nozik ko`rinishi faqat oxirgi yillarda - elektron mikroskopik tekshirish usullarining takomillashtirish natijasidagina mumkin bo`ldi. Elektron mikroskopik kuzatishlar shuni ko`rsatdiki, glikogen hujayra sitoplazmasidagi mayda elektron zich granula bo`lib, hujayra sitoplazmasidagina emas, hatto yadroda ham uchrashi (internuklear glikogen) mumkin ekan (20-rasm). Glikogen granulalarining yig`ilishi va parchalanishi agranulyar endoplazmatik to`r va ehtimol Golji apparatida bo`lishi mumkin. 19-rasm. A. Yog` kiritma. Osmiy kislotasi bilan fiksatsiya qilingan. 0b.60,ok. 10. 1- jigar hujayrasi; 2-yadro; 3-sitoplazmadagi yog` tomchilari; 4-hujayra chegarasi. B-Jigar hujayrasidagi yog` kiritmasi. Elektron mikrofotogramma. X35.000. 1-yog` kiritma; 2-mitoxondriya. 20- rasm. Glikogen kiritma. Jigar hujayrasi bir qismining elektron mikrofotogrammasi. X 30.000. 1-sitoplazma; 2-glikogen kiritma, 3-mitoxondriyalar. Hujayra va biriktiruvchi to`qimaning hujayra oraliq strukturalarining normal hayot kechirishi uchun zarur bo`lgan vitamin C buyrak usti bezlarida, homilaning nerv hujayrasida va boshqa organlarda maxsus usul bilan ishlanganidagina ko`rinadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling