Цитоплазма қиритмалари inclusiones cytoplasmaticae
Download 0.54 Mb.
|
Гистология готов IV-2 (2)
Ekskretor kiritmalarga hujayradan chiqishi kerak bo`lgan katabolitik moddalar (buyrak kanalchalari hujayrasidagi mochevina va boshqalar) kiradi.
Pigment kiritmalar hayvon hujayralarida turli formalarda uchraydi. Qoramtir pigment melanin donalari yumaloq yoki tayoqchasimon shaklda bo`lib, ularning kattaligi har xil umurtqa-li hayvon hujayralarida 0,1 dan 6 mkm gacha bo`ladi (21-rasm). Sitoplazmasida melanin granulalari ko`p bo`lgan hujayralar pigment hujayralari - melanotsitlar yoki melanoforlar nomini olgan. Ular asosan himoya funktsiyasini o`taydi. Ma’lumki, melanin tirozinning tirozinaza bilan oksidlanish mahsulotidir. Ximiyaviy tarkibi jihatidan melanin adrenalinga va serotoninga yaqin turadi. Melanotsitlarni elektron mikroskop ostida o`rganish melanin donachalarini 2 qismdan: protein tanachadan va ko`pgina mayda osmiofil granulalardan tuzilganligini ko`rsatdi. 21-rasm. Pigment kiritma. Epidermisdagi pigment hujayra (melanotsit). Elektron mikrofotogramma. X l000. 1_yadro; 2-melanin donachalari; 3-tonofilamentlar. Ba’zi bir pigmentlar faqatgina hujayra nobud bo`lgandan so`ng sitoplazmadan chiqadi va makrofaglar tomonidan fagotsitoz qilinadi. Bunday pigmentlarga to`qimalarda ko`p uchraydigan sariq va kulrang pigment - lipofustsin kiradi. Uning granulalari ko`proq nerv hujayralarida, miokard tolalarida (qarishning distrofik jarayonlarida) uchraydi. Shuning uchun bu pigmentni qarish pigmenti deb ataladi. Bu pigment yana jigar, buyrak usti bezlari (po`stloq qismining to`rsimon zonasida), neyrogipofiz - pituitsit hujayralarida va boshqa a’zolarda uchraydi. Buqa mushagidan ajratib olingan lipofustsin o`rtacha elektron zich amorf tayanch qismdan va osmiofil donachalar yig`indisidan tashkil topganligi aniqlandi. Lipofustsin granulalari lipoproteid tarkibiga ega. Oxirgi yillarda olib borilgan gistoximiyaviy va bioximiyaviy tadqiqotlar turli xil to`qimalardagi lipofustsinda fosfolipid, kislotali fosfataza va nospetsifik esteraza borligini ko`rsatdi. Lipofustsinga yaqin turuvchi pigmentlar sariq va qizil lipoxromlardir. Lipoxromlarning mayda tomchilari buyrak usti bezining po`stloq qismi to`rsimon zonasida, tuxumdon sariq tanachasining lyutein hujayrasida va urug`don interstitsial hujayralarida uchraydi. Shu guruh pigmentlarga ko`z to`r pardasi tayoqchalarining ko`ruv purpuri tarkibida uchrovchi retinin ham kiradi. Gemoglobin parchalanishining mahsulotlari (gemotoidin, gemosiderin, ferritin) fagotsitoz qiluvchi hujayralarda uchraydi. Gemosiderin va gemotoidin sariq va qo`ng`ir rangga ega. Gemosiderin retikulyar hujayralar tomonidan fagotsitoz qilingan (nobud bo`layetgan) eritrotsit gemoglobinidan hosil bo`ladi. Shuning uchun retikulyar hujayra sitoplazmasida ko`p miqdorda ferritin donachalarini ko`rish mumkin. Eritroblastlar retikulyar hujayralarning ferritin saqlovchi qismini qamrab oladi. Ferritin eritroblastlar mitoxondriyasiga kirib u yerda yo`qoladi. Balki ferritin bu yerda transformatsiyaga uchrasa kerak, chunki hosil bo`layotgan eritrotsit elektron mikroskopda ko`rilganda gemoglobin tarkibida ferritin ko`rinmaydi. Ba’zi bir hujayralar sitoplazmasida maxsus kiritmalar bo’lib, ular hujayraning qaysi to`qimaga aloqadorligiga qarab ma’lum bir funktsiyani bajaradi. Bu kiritmalarga qon donador leykotsitlari va siyrak biriktiruvchi to`kimaning semiz hujayralari ichidagi granulalar misol bo`la oladi. Neytrofil leykotsitlarda granulalar dumaloq yoki oval shaklga ega. Uning kattaligi 0.02 mkm dai 0,5 mkm gacha. Bazofil leykotsitda granulalar yumaloq yoki yirikroq - 0,3 mkm gacha. Yirik eozinofil granulalar yumaloq yoki oval shaklda bo`lib, kattaligi 0,7 dan 1,3 mkm gacha. Elektron mikroskop ostida bunday granulalarning markaziy qismi kristalloid shakliga ega bo`lib, kontsentrik joylashgan, kattaligi 4,5 nm keladigan silindrlardan iborat («Qon» ga q.).
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling