Цитоплазма қиритмалари inclusiones cytoplasmaticae
Hujayraning ta’sirlanuvchanligi
Download 0.54 Mb.
|
Гистология готов IV-2 (2)
Hujayraning ta’sirlanuvchanligi. Yuqorida aytib o`tilganidek, hujayra ochnq sistema bo`lib, u tashqi muhit bilan doimo aloqada bo`ladn. Hujayra temperatura, ximiyaviy tarkibi va boshqa muhitlarning o`zgarishiga o`ziga xos ta’sirlanish bilan javob beradi. Hujayraning bu universal reaktsiyasi h u j a y r a n i n g t a ’s i r c h a n l i g i deyiladi. Hujayrada u yoki bu o`zgarishlarga olib keluvchi faktor esa ta’sirlovchi hisoblanadi. Hujayraning ta’sirlovchi faktorlarga bo`lgan javobi uning komponentlarining funktsional va morfologik o`zgarishlari orqali ifodalanadi.
Agar ta’sirlovchi faktorga javoban hujayra tinch holatdan o`ziga xos bo`lgan funktsiyani (sekretsiya, o`tkazuvchanlik, qisqarish va boshqalarni) bajarishga o`tsa, bunga hujayra qo`z g`a- l u v c h a n l i g i deb ataladi. Hujayra qo`zg`aluvchanligi ta’sirlanuvchanlikning yuqori formasidir. Hujayra o`zi uchun adekvat (mos) ta’sirdan tashqari normal holatda uchramaydigan va uning uchun favqulodda bo`lgan ta’sirlovchi faktorlarga duch keladi. Bu turdagi qo`zg`atuvchilarga ionlovchi nurlar, temperatura, mexanik va boshqa ta’sirlar kiradi. Tabiiyki, ta’sirlovchi faktorlar turli , vaqt davom etgani singari, hujayraning ularga javobi ham har xildir. Yirik sitologi D.N. Nasonov va uning o`quvchilari uzoq yillar davomida hujayraning turli ta’sirlarga javobini o`rganishgan. Buning natijasida D.N. Nasonov paranekroz kontsepsiyasini yaratdilar. Hujayraga turli faktorlar (temperatura, ionlovchi nurlar, gipoksiya va boshqalar) ta’sir qilganda hujayraning ularga javobi printsipial bir xil bo`ladi. Bu o`zgarishlar yadro va sitoplazma kolloidi dispersligining o`zgarishidan iborat. Sitoplazmaning yopishqoqligi, bo`yoq bilan bo`yalishi oshadi, uning muhiti o`zgaradi. Bu o`zgarishlar yig`indisiga paranekroz deyiladi. Paranekroz boshlanish davrida ta’sirlanish to`xtatilsa, orqaga qaytadi. Uzoq va kuchli ta’sirlanish natijasida hujayra nobud bo`ladi. Paranekroz hujayraning o`limi- nekrozga o`tishda bir bosqich hisoblanadi. Hujayra organellalari shikastlovchi ta’sirlarga turlicha sezgi bilan javob beradi. Eng sezgir organellalar mitoxondriya, Golji kompleksi, silliq endoplazmatik to`r membranalari, hu-jayra qobig`ining maxsus strukturalaridir. Granulyar endoplazmatik to`r, yadro qobig`i shikastlovchi ta’sirlovchiga anchagina chidamli bo`ladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling