Click here to buy a b b y


Download 289.84 Kb.
bet14/80
Sana20.11.2023
Hajmi289.84 Kb.
#1789011
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
Click here to buy a b b y-fayllar.org

4. Tushunarlilik printsipiTushunarlilik printsipi o'quvchilarni yosh xususiyatlari
qonuniyatlariga va o`quvchilarni rivojlanish darajalarini ta'limiy jarayonni tashkil etish
va amalga oshirishga mos kelishiga asoslanadi.
Bolani fikirlash darajasiga, to'plagan bilimlari hajmiga, o'zlashtirgan malaka va
ko'nikmalariga mos bo'lgan bilimlargina ularga tushunarli bo'ladi.
O'quvchilar olgan bilim, shakllangan ko'nikma va malakalar ularning rivojlanish
darajasini belgilasa, shaxsiy tajribasi bilan isbot qilinib, amaliyotda qo'llansa u bilim
tushunarli bo'ladi.
Yangi bilimni maktab o'quvchisining o'zida mavjud bo'lgan bilimlar va uning
shaxsiy tajribasi bilan bog'lash kerak. O'quvchini fikrlash qobiliyatini shakllantirish
kerak.

Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m

Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m


15
Bilimni tushunarli bo'lishga imkon beradigan shart sifatida bilishga qiziqish


uyg'otish lozim.
O'rganilayotgan bilimlarning maktab o'quvchisi shaxsini har tomonlama
rivojlantirishdagi ahamiyati va zarurligini tushinib yetish kerak. Tushunarlilik
printsipida yengildan-og'irga, aniqdan-noaniqqa, oddiydan-murakkablikka kabi
qoidalarga rioya qilinadi.
Tushunarlilik printsipini amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya etish lozim:
- bola o'rgatiladigan va beriladigan bilimlar ularni yosh xususiyatlariga va har bir
yoshda qabul qilish imkoniyatlariga mos bo'lishi lozim;
- o'quvchini ongi va aqli belgilangan predmetni o'rganishga tayyorlangan bo'lishi lozim;
- o'quvchilarga ta'lim berishda ularni hayotiy tajribalarini, qiziqishlarini, rivojlanish
xususiyatlarini o'rganing va ularni hisobga oling;
- ta'lim mazmuni va uslublarini tanlashda o'quvchilarni o'ziga xos xususiyatlarini
hisobga oling;
- o'quv jarayonida kuchli o'quvchilarni bo'shashtirmaslik, o'rta va bo'sh o'quvchilarda
tez harakatni o'stirish uchun hammaga mos bo'lgan dars o'tish sur'atini tanlash lozim;
- o`quvchilarda aniq bilimlar va malakalarni shakllantirishda pedagogika va
psixologiyadagi eng so'nggi yangiliklardan foydalaning;
- yangi va murakkab materialni o'rganishga kuchli o'quvchilarni, o'quv materialini
mustahkamlash uchun o'rta va bo'sh o'qiydigan o'quvchilarni jalb qiling;
- o'quvchilarga darsni tushunarli bo'lishi uchun tushunchalarni aniq ifoda eting, ayrim
mavzularni tushuntirishda hayotiy misollardan, aniq ma'lumotlardan va adabiyotlardan
foydalaning;
- ta'lim jarayonida nimani tushuntirish zarurligini, yoki nimalarni bolalarni o'zlari
mustaqil o'zlashtirib bilib olishlarini his qiling;
- o'quvchilarni bilish faoliyatlariniga boshqaring o'quvchilarni yangiliklarni topishga
o'rgating;
- ta'lim jarayonini tushunarli bo'lishi uchun, o'qituvchi o'quvchilarni mustaqil tahlil
qilishga yo'naltirishi kerak;
- ta'limni tushunarli bo'lishi bu ishchanlik bilan bog'liqdir.
Ishchanlikni rivojlantirish va mashq qildirish orqali o'quvchilarni uzoq davom
etadigan fikriy faoliyatga o'rgatib boring.


Download 289.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling