Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I
|
Birinchi omil — u yoki bu ayrim m ashhur tarixiy shaxslar xarakteri,
xatti- harakati va ko‘p qirrali ijtimoiy-siyosiy va amaliy faoliyatining yo ijobiy, yo salbiy badihaviy bahoianishi oqibatida yuzaga kelgan latifalar. Aflotun, Iskandar, Arastu, Luqmon, Buqrot, Bahrom go‘r, Buzurgm ehr, Juho, Bahlul, Tufayliy, A bunow os, Xusrav Parvez, A n u sh e rv o n , B irbal, M irali, M ushfiqiy, M ash rab , B alakirev, Skovoroda, Kuyruchuk, Behnazar, Kamina va boshqalar nomlari bilan bog‘liq latifalar ana Shunday mohiyatga ega. Ikkinchi om il— xalq asrlar davom ida o ‘z quvnoq ruhiga va idealiga m os kelgani uchun satirik va yum oristik ertak larn in g to ‘qim a qahram onlari Kal, A ldarko‘sa, K o‘sa va Lak-u Paklam ing nomlari bilan aloqadortalay latifalar ijod qilgan. Bunday latifalaming ayrimlari shu qahramonlarga oid ertaklarning qayta ishlanishi, ixchamlashtirilishi negizida bunyodga keltirilgan, yana bir qismi esa, tarixiy shaxslar obrazlariga daxldor latifalam ing Kal, Aldarko‘sa, Ko‘sa va Lak-u PakJarning nomlariga o ‘tishi yoki o ‘tkazilishi tufayli yuzaga kelgan. Uchinchi omil — ayrim urug‘lar, yo ayrim shahar yoki qishloqlarda yashovchi qavmlaming fe’l-atvori. tabiati va ularning hodisalarga, odamlarga, hayvonlarga, qushlarga, hasharotlarga, mehnat va hayotga soddavor munosabatlarining badihaviy bahosi sifatida yuzaga kelgan latifalar. Bu toifaga gabrovoliklar (Bulg‘oriya), poshexoneliklar (Rossiya), m ildaliklar (Olmoniya), gotem liklar (Angliya), qazvinliklar (Eron) q a h ra m o n i b o ‘lgan la tifa la r m ansub. P rofessor V .V aliyevning guvohligicha, bunday holatni Ozarbayjon kent va dahalari ahliga daxldor latifalar misolida ham kuzatish mumkin (qarang, eslatilgan asar, 290- b.). 0 ‘zbek va tojik xalqlarida ham bu silsilada qadim zamonlardan beri latifalar to ‘qish va aytish a n ’anasi mavjud. Bu an ’ana hanuzgacha so‘nmagan, aksincha, faol rivoj topib kelayotir. Chunonchi, hozirgi 0 ‘zbekiston hududida Buxoro muzofotida shirinilar, emarilar, Samarqand shahrida mahallotilar, Xorazm viloyatida xonqaliklar, Farg‘ona vodiysida g ‘irvonliklar. oltiariqliklar, Qashqadaryo vohasida pochvonliklar, Surxon m u zofotida g‘urutliklar, T ojikistonda esa darvozliklar, xufliklar, rumonliklar qahramoni bo‘lgan yumoristik latifalar bisyor. B u guruhga m ansub latifalarda joy yo urug‘ nom i umumlashtiruvchi mohiyatga ega bo‘lgani bois latifa qahram oni nom i ham umumlashtiruvchi mazmun kasb etgani holda, asosan, lokal ijrochilik doirasida aytiladi. S hu tariqa uzoq asrlar davom ida o ‘zbek latifalarining asosiy qahram onlari — shu uch om ilda ijod qilingan xalq latifalarining qahram onlari edilar. Yanada aniqroq qilib aytiladigan bo‘lsa, IX- X1U asrlarda Abunuvvos, Talxak, Bahlul, Juho, Tufayliy, Kal, Ko‘sa latifalar qahram oni sifatida faol b o ‘lishsa. X I11 asrning II yarmidan XIX asrning I yarmigacha bular safini Aldarko'sa, Mushfiqiy, Mirali, M ashrab, Jayroncha, Kamina va Esonpo‘latlar to ‘ldirib keldi. XIX asrning 11 yarmidan e’tiboran esa Xo‘ja N asriddin, yoki Nasriddin afa n d i yoxud qisqagina A fandi o ‘zbek latifalarin in g m arkaziy qahram oniga aylana bordi. Hodi Z arif fikricha, bu obraz o ‘zbek latifalariga ozarbayjon folklori orqali turk folklorining ta ’siri tufayli kirib kelgan. Aslida XII — X III asrlardayoq turk xalq latifalarining qahram oni sifatida tanilgan M ullo Nasriddin yoki X o‘ja Nasriddin, yoxud Nasriddin afandi XIX asr oxirlarigacha nainki 0 ‘rta yer dengizi sohillarida yashovchi xalqlar. balki g'arbiy Evropada, Kavkazortida, Q rim da, Kichik va 0 ‘rta Osiyoda, Uyg‘uriston va H indistonda yashovchi xalqlar latifalarining qahram onlari o ‘m in i ham shiddat bilan egallab bordi. E ndilikda o ‘zbek, tojik, tu rk m an , uyg‘ur, ozarbayjon, qrim -tatar va boshqa qator xalqlar latifalarini quvnoq va topqir, hoziijavob va tadbirkor, jijchagina chapdastligi orqali har qanday odam ni o ‘zining yolg‘on -u rostiga ham, firib-u qasdiga ham laqqa ishontira biluvchi, ezgulik yo‘lida tin m ay kurashib. o ‘z xizm atini sira minnat qilmovchi, goh juda hushyor va sergak bo‘lsa, gohida ozgina go‘l va anqov, am m o ham isha xalq tashvishida b o ‘Iganidan ichki bir qoniqish bilan yashovchi hayotsevar va g‘olib N asriddin afandisiz tasaw ur qilib bo‘lmaydi. U ni muxoliflari qayta- qayta o ‘ldirib, butun Sharq b o ‘ylab 15 joyga ko‘mdilar. A m m o olti yuz yildan oshayaptiki, u ham on barhayot, el ko‘nglini chog‘ etib yashayapti. S.Kosyubinskiy to ‘g‘ri qayd etganidek, bunday ulug‘ shon- shuhrat har kimga ham nasib qilavermaydi. (Qarang: Anekdotov. О Xodje Nasreddine i Axmet axae. Simferopol, 1937, s. 43), Nasriddin afandi ham endilikda jah o n xalqlari latifachiligida e ’tiro f etilgan h in d la rd a g i B irbal, a ra b la rd a g i J u h o , afg ‘o n la rd a g i P u rd il, beloruslardagi Nesterko, ruslardagi ahm oq Ivan va Balakirev, Karelo- finlardagi o ‘rm on kesuvchi Kumoxi, qoraqalpoqlardagi 0 ‘mirbek, qirg‘izlardagi Kuyruchuk, qozoqlardagi Aldarko‘sa, tojiklardagi Mullo Mushfiqiy, buryatlardagi Budam shu, m oldavanlardagi Pekele, qrim - tatarlardagi Axmet axay, ozarlardagi Bahlul, D on and alar safdoshiga aylanib qoldi. Shuhrati bu qadar beqiyos Nasriddin afandi obrazining tarixiy asosi — prototipi bormi? qaysi zam onda va makonda yashagan, shaxsiy fazilatlari, kasb-u kori qanaqa b o ‘lgan? Tadqiqotchilar orasida bu masalalar ustida necha asrlardan beri bahs davom etib keladi. Bu bahslaming um um iy xulosasi shuki, birguruh tadqiqotchilar Nasriddin afandi obrazining paydo b o ‘lishini arab xalifaligi zam o ni bilan bog'lashsa, ikkinchi guruhdagilar buni m o‘g‘ul istilolari zam oniga nisbat berishadi. Uchinchi guruhdagilar esa, Tem ur saltanati zamoniga aloqador deb isbotlashga urinishadi. Turk va boshqa xalqlardagi olim larning XX asrning 50-60-yillaridagi jiddiy izlanishlari va tarixiy dalillarning guvohligicha, N asriddin afandi obrazining shakllanishida ikki tarixiy shaxs kuchli ta ’sir ko‘rsatgan. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling