Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I
|
Birinchisi — X III asrda yashagan Sayid M uham m ad H ayroni va
Shayyod H am za singari m ashhur ijodkorlarning zam o n d o sh i va su h b atd o sh i X oja N asriddin O qshahariy b o ‘lib, u T urkiy anin g O qshaharida 605 - hijriy (1205 yoki 1206 - melodiy) -yilida Yavloq Arslon oilasida tavallud topgan. Muallifi n om a’lum «Saljuqnoma» (Parij milliy kutubxonasida 1558 — raqamli kitob)da qayd etilishicha, uning otasi aslida Anatoliyning am irzoda turklari xonadoniga mansub H isom iddin C h o ‘pon o ‘g‘li avlodidan edi. Yavloq Arslon C h o ‘pon o ‘g ‘lining u ch in c h i farzandi b o ‘lib, A natoliy am iri lavozim iga tayinlangan edi, biroq u 690-hijriy (1291-melodiy) yildagi salatanat uchun kurash m ojarolarida qatl etilib, o ‘m ida o ‘g‘li Xoja Nasriddin Q ostom onga bek etib tayinlangan. X uddi shu 1291-yili Xoja N asriddin Sulton M as“ udga ham roh bo‘lib O qshaharga kelgan. 0 ‘sha m anbaning xabaricha, shoh Sulton M ahm ud O qshahar ahliga katta o ‘lpon soladi, biroq Xoja Nasriddin o ‘rtaga tushgach, uni bir m iqdor kamaytiradi. Hijriy 700 (melodiy 1301 )-yilda Q ostom onga U sm on G ‘ozi va Shujoiddin Sulaym onlar hujum qilib, sh aham i egallashadi va Xoja N asriddinni qatl etishadi. . B o sh q a b ir m a n b a d a , a n iq ro g ‘i, m u fti H asan a fa n d in in g yakunlanm ay qolgan «M ajmuayi maorif» asaridagi m a’lumotlarga ko‘ra esa, Xoja Nasriddin 1208 yoki 1209-yilda Savri H iso rd atu g ‘ilib, 1237 yoki 1239-yillarda Oqshaharga ko‘chib borgan, shu joyda o ‘qib, xizm atni o ‘tagan. U nda hatto shoirlik ta ’b ham b o ‘lgan. Shu tariqa u saljuqiy hu km ro n lar Sulton A lauddin Qayqubodiy va G ‘iyosiddin M a s'u d II saltanatlari davrida yashagan, 1245-yilda O qshaharda vafot etgan va qabri ham shu yerdadir. U ning ikkita qizi b o ‘lgan: kattasi Fotim a xotun otasidan 43-yil aw al 727 (1327)-yilda vafot etgan bo‘Iib, Qo‘niyadagi Mavlono Jaloliddin Rumiy mozoriga ko'm ilgan. Uni Savri Hisordan keltirib, shu yerda dafn etganlar va qabriga o'm atilgan toshbitikda bu ifodasini topgan. Bu daliining qim m ati shundaki, u Xoja Nasriddinning Oqshaharda emas, balki Savri Hisorda tug'ilganini, Oqshaharda nash ’u nam o topib, so‘nggi m askanini topganligini tasdiqlaydi. Ikkinchi qizi D uni Malak bo‘lib, Xoja Nasriddin bilan bir mozorda yotibdi. Undagi toshbitikda ham «Durri Malak binti Nasriddin» degan yozuv bor. Xullas, shu dalillarning o ‘ziyoq Xoja Nasriddin X I11 asrda Oqshaharda yashab o ‘tgan, Qo‘niyadagi madrasada tahsil ko‘rib, im om atlik bilan shu g‘ullanib, el orasida tan ilg an in so n la rd an b o lg a n lig in i tasdiqlaydi. U g ‘oyat sertakalluf. to ‘g ‘rigo‘y va hoziijavob bo‘lgan va turk shoiri Lomeiyning «Latoif» asarida uning nomi bilan to ‘rtta latifa keltirilgan. Ikkinchisi ~ Xoja Nasriddin Tusiy (1201-1274) b o lib , XIII asrda matematika va astronomiya sohasida buyuk kashfiyotlar qilgan. 1259 -yilda M arog'a rasadxonasining qurilishiga bosh-qosh bo‘lib, o ‘sha davrning eng mukammal astronom ik jadvali — «Ziji Elkoniy»ning tuzilishiga rahnam olik qilgan, 1256-yilda Eronga bostirib kirgan m o‘g‘ul istilochilari boshlig'i Haloku saroyida xizmat ado etishga majbur bo‘Igan ulug4 alloma. U ning nom iga aloqador bir latifa Faxriddin Ali Safiyning «Latofatnoma», bir necha latifa «Qissatul ulamo» (XVII asr) va boshqa manbalarda uchraydi. Bunday latifalarda astrologik tushunchalarning mayjudligi ularning to ‘g krid an -to ‘g‘ri Nasriddin Tusiy hayotida yuz bergan hodisalar bayoniday tuyulishiga asos b o ‘la oladi. Chunonchi, ularning birida aytilishicha, Mulla o ‘ziga m uhr tayyorlashni istabdi. M uhr tayyorlovchi usta h ar bir harf uchun muayyan miqdorda pul talab qilibdi. Shunda Mulla xarajati kam roq bo‘lishini ko‘zlab, ismini arab alifbosidagi ikki harf ...(h) va ...(s) dan iborat holda yozmoqni so‘rabdi. Usta yoza boshlagach,... (h)ning nuqtasini qo‘yishga kelganida Mulla nuqtani biroz keyinroq qo‘yishni istabdi. Bunday shaklda yozilgan ism «(Hasan)» o ‘qilarkan. B undan anglashilayotirki, Mulla N asriddinning o ‘zi uchun tayyorlattirgan muhrdagi ismi Hasan, ya’ni to ‘la holida Abu J a ’far M uham m ad ibn M uham m ad ibn Hasan Nasriddin Tusiydir. Xullas, xalq latifalari qahramoniga aylangan Xoja Nasriddin afandi obrazi sarchashmasida ana Shu ikki buyuk siymo — Xoja N asriddin Oqshahariy va Xoja Hasan N asriddin Tusiylar turadi. Biroq u aynan shu tarixiy shaxslam ing o ‘zi bo‘lmay, balki asrlar davomida xalq to m o n id a n bad iiy qayta ishlangan va uning o rzu -arm o n larin i ifodaiovchi epik qahram on timsoliga aylangan. Uning nom i xalq latifalarida M ullo Nasriddin. Xoja yoki Xo‘ja Nasriddin. N asriddin afan di va A fandi shakllarida uchraydi. A fandi xalq latifalarida N asriddinni anglatsa-da, yana latifa m a’nosida ham q o ‘llaniladi: «Afandi aytamiz» iborasida latifa aytish istagi ifodalangan. Qolaversa, u Nasriddinning laqabi bo‘lib, yunoncha «avtentios» so‘zidan olingan va «janob, sardor, og‘o, xo‘jayin, hokim, valiy, chalabiy» m a’nolarini anglatishi lug‘atlarda qayd qilingan. Y unoncha «avtentios» so ‘zi qanday qilib turkcha «afendi» so‘ziga aylangan va turk tiliga qachon o ‘zlashgan? V.Gordlevskiy m a’lumotiga k o kra, bu so‘z boshda jonli so ‘zlashuv tiliga o ‘zlashgan, bunda Jaloliddin Rumiy xonadoni a ’zolarining hissasi katta bo'lgan. Jaloliddin Rumiyning ikkinchi xotini K iraxotun nasabiga ko‘ra yunon b o ‘lib, erining hurmatiga munosib murojaat sifatida o ‘z ona tilisidagi shu so‘zdan foydalangan. Shu tariqa «avtentios» fonetik o ‘zgarishga uchrab. «auventuos-efentuos» va nihoyat «efendi» shaklini olgan, boshqa tillarga esa «afandi» shaklida o ‘zlasha borgan. 0 ‘zbek xalq latifalarida N asriddin afandi obrazi ijtimoiy-siyosiy va ijtim oiy-m aishiy ko‘rinishlarda ikki xil tasvirlangan: Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling