Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet51/89
Sana05.10.2023
Hajmi
#1693006
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89
a) 
Ijtimoiy-siyosiyjihatdan tasvirlangan Nasriddin afandi obrazida 
sinfiy mohiyat qabariqroq bo‘lib. satirik ruhi o ‘tkir, ham isha faol 
hujum kor qiyofada harakat qiladi. U nodon va kaltafahm davlat 
arboblari, din homiylari va boshqa oddiy mehnatkashlami ezuvchilami 
ay o vsiz fosh e ta d i. U la rn in g u stid a n sh afq atsiz k u la d i, o ‘ta 
adolatparvarligi, insonparvarligi, tadbirkorligi, aqlliligi, topib va qopib 
so ‘zlay olishi, tap tortm asligi bilan diqqatni tortadi. Bu tipdagi 
latifalarda hajviy ruh va fosh qiluvchi kulgi yetakchidir. Bunday 
latifalarda ko‘pincha hukm ron sinf vakillarining zulmi, zo ‘ravonligi, 
poraxo‘rligi, qallobligi, ayrim dindorlarning aldoqchiligi, qozilarning 
ikki yuzlamaligi fosh etiladi.
S huni ta 'k id la sh joizki, bu tipdagi latifalar siyosiy-tashviqiy 
m ohiyatga egaligi tufayli mafkuraviy targ‘ibotda m uhim ahamiyatga 
ega. Bu jih a td a n , ayniqsa. N a srid d in afand i va A m ir T e m u r 
m unosabatlarini ifodaiovchi latifalar silsilasi e ’tibom i tortadi. Tarixiy 
m anbalam ing birortasida ham N asriddin afandiga prototip b o ‘lgan


Xoja Nasriddin Oqshahariy va Nasriddin Tusiylarning A m ir T em ur 
bilan uchrashganlari haqida hech qanaqa m a’lumot uchram aydi. 
Zero, ular zam ondosh ham emas, qolaversa, Amir Tem ur ularning 
birinchisidan taxm inan yarim asrcha keyin, ikkinchisidan esa roppa- 
rosa 62-yil o ‘tgach, 1336-yilda yorug‘ dunyoga kelgan. Shunga 
qaramay, bir guruh tadqiqotchilar Nasriddin afandini Amir Tem urga 
zam ondosh va suhbatdosh sifatida talqin qiladilar.
Buning b ir qancha asoslari bor, albatta. C hunonchi, D m itriy 
Kontemir 1737-yilda yozgan «Turkiya tarixi» kitobida ilk b o r Amir 
Tem ur va Xoja Nasriddin haqidagi latifani keltirgan edi. U bu latifalar 
manbayini ko‘rsatmasa-da, har qalay Yevropa ahlini Nasriddin haqidagi 
latifalar bilan ham ilk bor tanishtirishga muvaffaq bo'lgan edi. Holbuki, 
XVII asrgacha mavjud bo'lgan Lomeiyning «Latoif» (XVI asr), Ali 
Safiyning «Latoyif ut-tavoyif» (XVI asr), shuningdek, «Latoyif va 
zaroyif» (XVI1 asr) singari kitoblarning birortasida ham Nasriddin 
afandi va Amir Tem ur munosabatiariga daxldor latifa uchramaydi. 
Biroq ayrim tadqiqotchilar D. K ontem ir keltirgan latifalarga suyanib, 
ulami zam ondosh hisoblaydilar. Bu esa, haqiqatga xilofdir.
Chor mustamlakachilari va ularning vorislari bo‘Igan bolsheviklar 
b arqaro r etgan m ustabid tu zu m m afkurasi xalq im izn in g ezgu 
qadriyatlari qatorida A m irTem um ing muborak nomini ham qatag‘on 
qilib qo'ygan edi. Shu maqsadda uni bosqinchi. kallakesar, shafqatsiz, 
n o d o n va g o ‘l q iy o fa d a t a r g ’ib q ilis h u c h u n h a r q a n d a y
im koniyatlardan samarali foydalandi. H atto shu ruhda yozilgan 
asarlarni katta mukofotlar bilan rag'batlantirishni ham unutm adi. 
G ‘oyat om m abopligi va hozirjavobligi tufayli ijtim o iy -siy o siy 
latifalaming ham shu yo‘nalishda qayta ishlanishini o ‘zini bilmaslikka 
olib m a’qullab turdi. «Kiyik ham ovmi», «Afandi-mergan», «Endi 
faqat orqam ni ko‘rasiz», «It ekan», «Zolim - biz», «Sadoqat», 
«Afandi bilan Tem ur», « 0 ‘lm agan bizning jonim iz», «Y erning 
kindigi», «Temurning qimmati», «Ikki eshakning yuki», «Afandining 
rumliklarga javobi», «H o‘l bo'lm aslik uchun-da», «Masofa», «Tanga- 
manga», «Afandining sovg‘asi», «Afandi-rassom», «N im a uchun 
osmonga chiqib olding?», «17999 olam podshosi», «Afandi qishlog‘iga 
qochdi», «Aql ketganini qanday bilsa b o ‘ladi?», «M a’raka oshida 
kelarmiz», «Pashshalarning podshosi», «Quyon qochdi», «M azhabi 
Tem ur c h o ‘loq», «So‘ngan tob berolm aydi», «Amir T em u rn in g
laqabi», « 0 ‘lim d an halvo y tar afzal», « T em u rn in g say o h ati» ,


«So‘zining e ’tibori yo‘q podsho», «Amir Tem urning flli» va boshqa 
o ‘nlab latifalar ana shu xilda va shu maqsadda qayta ishlangan, 
ulardagi «bir shoh», «bir qozi», «bir hokim» yoki «bir amaldor» 
iboralari A m ir Tem ur nom iga almashtirilib, buyuk hukm dor sha’ni 
tahqirlanishiga erishilgan. C hunonchi, «Ikki eshakning yuki», «17999 
olam ning podshosi», «Afandi rassom» va boshqa o ‘nlab Nasiriddin 
nom iga aloqador o ‘zbek latifalarini Mullo Mushfiqiy nom i bilan 
aytiluvchi tojik latifalari bilan solishtirilganda biror o‘rinda ham Amir 
Tem ur tilga olinmaganini kuzatish mumkin. Aksincha ularda «Buxoro 
amiri» yoki «podsho» M ullo Mushfiqiy bilan muloqot qiladi. Bundan 
shu narsa ayonlashadiki, buxoroliklar o ‘rtasida keng ommalashgan 
M ullo Mushfiqiy nom i bilan bog‘Iiq latifalar XIX asrning II yarmidan 
boshlab Nasriddin afandi nom iga ko‘cha boshlagan va shu jarayonda 
hukm ron m ustam lakachilik mafkurasi ta ’sirida ularda «amir» va 
«podsho» iboralari h am A m ir T em ur nom i bilan alm ashtirilib 
m uddaoga erishilgan.
b) 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling