58
Ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi farq, ularning u yoki
bu faoliyat turiga tabiiy
imkon qobiliyatlari jihatidan kamroq iste’dodga egaligidir,
biroq har qanday
qobiliyat o‘z-o‘zidan ta’limdan, faoliyatdan tashqari rivojlana olmaydi. Ushbu
nuqtai nazardan qaralganda, o‘quvchilarda shaxs xislatlarini rivojlantirishning eng
samarali yo‘li - ularning ijodiy faoliyatidir. O‘qituvchi
ijodiy faoliyatni birinchi
navbatda shaxsning aqliy faolligi, yangi bilimlarni tez o‘zlashtirishi,
zehni va
ixtirochiligi, topshirilgan amaliy vazifalarni bajarish uchun ma’lumotlarni to‘play
olishi, masalalarni tanlash va еchishdagi mustaqilligi,
mehnatsevarligi kabi
xislatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi jarayon sifatida amalga oshirish lozim.
O‘quvchilarni ijodiy faoliyatda zarur xislatlarni rivojlantirilishi natijasi
referatlar, hisobotlar va ularni asoslovchi dizaynerlik loyihalarida belgilanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Texnikada ishlatiladigan modellar necha tipga bo‘linadi ?
2. Konstruktorlik hujjatlari deganda nimani tushunasiz?
3. Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayoni va o‘quv
ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayoni qanday jihatlarni qamrab oladi?