Цзбекистон республикаси


III. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

III. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi 
VIII sinf: Zamonaviy ishlab chiqarishga kirish. Dizaynga oid kasblar bilan 
tanishtirish. Buyumlar muhiti. Buyumlarni loyihalashga qatnashuvchilar va 
ularning vazifalari haqida tushuncha. Intererxona ichki ko‘rinishi.
IX sinf: Buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyalari. Ergonomika- odam va 
buyum orasidagi qulaylik. Dizayn bilan bog‘liq kasblar va shu kasblar 
tavsifnomasi.
Uzluksiz ta’limda dizayn ta’limni joriy etish maktabda boshlang‘ich sinfdan 
tizimli ravishda tasviriy san’at va mehnat ta’limi jarayonlarida amalga oshirilib 
uzluksiz davom etishi va malakali mutaxassis еtishtirish bilan yakunlanadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida dizayn ta’limi berishni zamon talabi ekanligini 
e’tiborga olgan holda nafaqat umumiy o‘rta ta’lim bo‘g‘inida, balki oliy va o‘rta 
maxsus o‘quv yurtlarida ham jahon standartlari darajasida rivojlantirishni taqozo 
etadi. 
Texnologiya fani o‘qituvchilari oldida turgan muammolardan biri - dars 
jarayonida qo‘llash uchun dizaynerlik topshiriqlari va uni o‘rgatish metodikasi 
ishlab chiqilmaganligidir. Bu muammoni hal qilishda biz texnologiya fani 
mazmunini tashkil etuvchi besh yo‘nalishdagi mavzular mazmunidan kelib chiqib 
dizaynni dastlabki tushunchalarini berib borish bilan birga dizaynerlik 
topshiriqlarini bajarish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Dizaynerlik 


56 
topshiriqlarni esa tuzilishi va qo‘llanishiga qarab uch guruhga bo‘lib ta’lim 
jarayonida qo‘llash lozim. 
1. Boshlang‘ich dizaynerlik topshiriqlar (I-IV sinflar). 
2. Asosiy dizaynerlik topshiriqlar (V-VII sinflar). 
3. Mutaxassislikka oid dizaynerlik topshiriqlar (VIII-IX sinflar). 
Boshlang‘ich dizaynerlik topshiriqlar. Bu ko‘rinishdagi dizaynerlik 
topshiriqlari I-IV sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda og‘zaki 
savol-javob qilish, oddiy dizaynerlik topshiriqlarini amalda bajarish hisoblanadi 
hamda topshiriqni bajarish orqali o‘quvchi ijodiy fikrlashga o‘rgatiladi. Bu 
topshiriqlar quyidagi tushunchalarga geometrik figura va shakl yasovchilar
ranglar, ranglar uyg‘unligi, o‘lchamlar, shakllarni joylashtirish, buyumlarning 
tashqi shakli kabilarga asoslangan bo‘lishi bilan ularni mustahkamlashga oid 
topshiriqlar bo‘lishi lozim. 
O‘quvchilarga quyidagi dizaynerlik topshiriqlarini berish mumkin:
1. Tabiiy materiallardan foydalanib har xil o‘yinchoqlar tayyorlang. 
2. Qog‘ozdan foydalanib quti maketini tayyorlang va uni ishlatilish sohasiga 
qarab bezak bering (masalan gugurt quti, soklar uchun idish, qalamdon). 
3. Sinfdagi simmetrik buyumlarni sanang. 
Bu kabi dizaynerlik topshiriqlarni ko‘plab keltirish mumkin. Ular kelgusida 
o‘quvchini buyumlarni idrok etishni va loyihalarni bajarishni osonlashtiradi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling