Цзбекистон республикаси
-mavzu: O‘QUVChILAR TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISh
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН
13-mavzu: O‘QUVChILAR TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISh
REJA 1. O‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish yo‘nalishlari va asosiy bosqichlari. 2. Texnik ijodkorlikning rivojlanishi. O‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish yo‘nalishlari va asosiy bosqichlari. Mustaqillik sharoitida shaxsni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi mustaqil fikrlash va ijodkorlik sifatlarini shakllantirish, shaxsiy va ijtimoiy faolligini oshirish, tanqidiy fikrlash, shaxsiy g‘urur va o‘z intellektual imkoniyatlariga ishonch hissini tarbiyalashdan iborat bo‘lmoqda. Ushbu jarayonlarning barchasi bugungi kunda rivoj topayotgan xalqaro globallashuv sharoitida alohida dolzarblik kasb etmoqda. Respublikamizda shaxs sifatlarini shakllantirish muammosining еchimini topishga qaratilgan aksariyat tadqiqotlarda mustaqil fikr yuritish shaxsning mustaqil ta’lim olishi bilan bog‘liq holda qaraladi, ijodkorlik faoliyati esa asosan moddiy buyumlar yaratishni va takomillashtirish bilan bog‘liq yaratuvchilik jarayoni sifatida o‘rganilgan. Ushbu tadqiqotlarda mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarining o‘quvchilar xulqida, ularning boshqalar bilan muloqotida, amalga oshiradigan kasbiy faoliyatida barqaror aks ettirilish masalalari еtarlicha hal etib berilmagan. Bugun biz insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, xalqaro globallashuv bu jarayonning eng yaqqol namoyon bo‘luvchi xususiyati ekanligini ko‘ramiz. Hozirda xalqaro globallashuv iqtisod, siyosat va shu kabi ijtimoiy hayotning barcha muhim sohalari qatorida ta’lim tizimini ham o‘z ta’sir doirasiga olgan. Shunday ekan, jahonda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lib borayotgan respublikamiz ta’lim tizimiga tatbiqan shaxs 60 sifatlarining muhim qirralari bo‘lgan mustaqil hamda ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishning metodologik asoslarini tadqiq qilish muhim zamonaviy muammo hisoblanadi. Barcha mamlakatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham shaxsni tarbiyalash unda axloqiy va intellektual sifatlarni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Respublikamizda joriy etilayotgan va jahon miqyosida tan olingan kadrlar tayyorlash milliy modelining bosh sub’ekti va ob’ekti sifatida o‘quvchi shaxsining olinganligi bu boradagi muammolarning muvaffaqiyatli hal etilishi uchun zamin yaratib bergan. Respublikamizda yoshlar mustaqil – ijodiy fikrlashini faollashtirish masalalarining dolzarbligi quyidagi muammolarni hal etish zarurati bilan belgilanadi: - shaxs sifatlarining bugungi kundagi shakllanganlik darajasi va uni tarbiyalashga qaratilgan mavjud metodlar zamonaviy talablarga javob bera olmasligi; - ta’lim tizimida an’anaviy tarbiya va bilim «berish» metodlarining salmog‘i hamon yuqori darajada saqlanib qolayotganligi; - umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim hamda oliy ta’lim o‘quv rejalarida ko‘zda tutilgan ta’lim predmetlarining yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish imkoniyatlaridan еtarli darajada foydalanilmayotganligi; - yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashni shakllantirishga oid ishlab chiqilgan nazariy ishlanmalarni amaliyotga keng ko‘lamda joriy etish yo‘llarining asoslab berilmaganligi. Bu esa o‘quvchi va talaba yoshlar shaxs sifatlarini faollashtirishning metodologik asoslarini yaratish, uni amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltiradi. 61 Qayd etilgan muammolar еchimini topishning ikki yo‘nalishini taklif etish mumkin: Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling