D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Singarmonizmning morfologiyaga ta’siri
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- -zar, -lәr, -nar, -nәr
- -ning/-nыng, -ding/-dыng, -ting/-tыng
Singarmonizmning morfologiyaga ta’siri. Singarmonizm morfologiyaga ham
katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu hol singarmonizm mavjud bo‘lgan til va shevalardagi barcha affikslarning (morfemalarning) juft-juft bo‘lib bir necha variantlarda uchrashida ko‘rinadi. Affikslar variantlaridan bir qismi singarmonizm mavjud bo‘lgan til va shevalarga xos bo‘lgan so‘zlarning o‘zaklaridagi unlilarning xarakteriga moslashgan holda yuzaga kelsa, affiks variantlaridan boshqa bir qismi o‘sha o‘zakdagi undoshlarning xarakteriga moslashgan holda yuzaga keladi. Masalan, o‘zakdagi undoshning burun tovushi ekanligi ta’sirida ba’zan affiksdagi undosh ham burun tovushi bo‘lib keladi: kunlar→kunnar, unlar→unnar kabi. Singarmonizm mavjud bo‘lgan til va shevalargadagi boshqa affikslar ham ana shunday yo‘l bilan yuzaga keladi. Shunday qilib, singarmonizm qonuni mavjud bo‘lgan tillarda affikslar (morfemalar) ham singarmonizm qonuniga binoan ish ko‘radi. Singarmonizm qonuniga ko‘ra o‘zakka affiks variantlarining soni bir va ikki juftdan tortib, 3 va 4 juftgacha, hatto, nazariy jihatdan olinganda, 5 va 6 juftgacha ham borib yetishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilining qipchoq shevalarida –lar affiksining assosan 4 ta varianti uchraydi: -zar, -lәr, -nar, -nәr: qoylar, echkilər, otnыnar, kelinnər. Affiks variantlarining juft bo‘lib ko‘rinishi kelishik, shaxs, egalik qo‘shimchalarida ham, fe’llarning affikslarida ham uchraydi. Masalan, qipchoq shevalarida qaratqich kelishigining -ning/-nыng, -ding/-dыng, -ting/-tыng, ba’zi 96 holda –nung/-ngng kabi variantlari uchraydi; egalik va shaxs affikslarining -mәn/- man, -sәn/-san, -miz/-mыz, -dik/-dыq, -tik/-tыq kabi variantlari, fe’llarning esa -lә/ -la, -nә/-na, -dim/-dыm, -tim/-tыm kabi variantlari mavjud. Bunday affiks variantlari so‘zlarning talaffuzini qulaytirishga va ayni vaqtda, tilning tabiiy simmetrik holatini (muvozanatini) saqlab qolishga xizmat qiladi. Savollar 1.Singarmonizm hodisasi nima? 2.Palatal garmoniya va labial garmoniyani ffarqlab bering. 3.Palatal garmoniyada unlilar qaysi belgilari bilan moslashadi? 4. Artikulyatsion qulaylik deganda nimani tushunasiz? 5. Labial garmoniyada moslashish necha tomonlama bo‘ladi? 6. Hozirgi o‘zbek tilida singarmonizmning qanday turi mavjud? 7. Qaysi shevalarda palatal garmoniya saqlanib qolgan? 8. Umlaut moslikni tushuntiring. 9. Pertseptiv va delimitativ funksiya deganda nimani tushunasiz? 10. Singarmonizmning undoshlarga qanday ta’siri bor? 11. Singarmonizmning morfologiyaga ta’siri qanday? Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling