D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Singarmonizmning undoshlarga ta’siri
Bilib oling! O‘zbek tilining ayrim shevalarida, xususan Namangan shevasida
singarmonizmning boshqa ko‘rinishi – affikslarning o‘zak fonetik xususiyatiga moslashish emas, balki o‘zak unlilarining affiks unlilari xarakteriga moslashishi kuzatiladi. Bunday moslik umlaut hisoblanadi. Umlaut uyg‘ur tili va hozirgi o‘zbek tilining namangan va paxtaobob shevasiga xosdir. Umlautning uch ko‘rinishi – palatal, labial va lingvial turlari mavjud. Birinchi turda birinchi bo‘g‘inning orqa qator keng unilisi keyingi bo‘g‘inning tor lablanmagan unlisi ta’siriga berilib, old qator unliga aylanadi. Masalan, namangan shevasida toshi-teshi. Ikkinchi turda birinchi bo‘g‘inning keng lablanmagan unlisi keyingi bo‘g‘inning lablanmagan unlilari ta’sirida lablashadi. Masalan, paxtaobod shevasida temir-to‘mir. Uchinchi turda og‘izning ochilish darajasi o‘zgaradi. Keyingi bo‘g‘inning tor i unlisi ta’sirida birinchi bo‘g‘inning old qator keng unlisi o‘rta keng unliga aylanadi. Masalan, uyg‘ur tilida kesish-kasish. Singarmonizmning undoshlarga ta’siri. Singarmonizm aslida unlilarning moslashuvidan iborat bo‘lsa-da, biroq u undoshlarga ham ta’sir qiladi. 95 Singarmonizmning undoshlarga ta’siri, asosan assimilyatsiya hodisasi tarzida yuz beradi. Lekin unlilar bilan undoshlarning moslashishida ba’zi bir farqlar ham bor. Masalan, unlilar garmoniyasida so‘z boshidagi nlilarga so‘z oxiridagi unlilar moslashadi, undoshlar garmoniyasida esa affikslardagi birinchi undosh so‘z boshidagi undoshga emas, balki o‘zakning oxiridagiga moslashadi. Undoshlarning moslashuvi jaranglashuv, jarangsizlashuv, burun tovushining ta’siriga uchrash, lablashish va shu singari tomonlardan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zan singarmonizm doirasida regressiv assimilyatsiya hodisasi ham yuz beradi: qatnadi ˃ qannadi. Ana shuning uchun ham singarmonizmli shevalarda morfologik qo‘shimchalar variantlarning bir qismi affiksdagi unlilarning o‘zakdagi unlilarga lablashish (yoki palatal garmoniyasi) jihatdan moslashuvi natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘sha variantlarning boshqa bir qismi affikslardagi undoshlarning o‘zaklardagi undoshlarga moslashishi natijasida yuzaga kelgandir. Masalan, keldi va ketti so‘zlarining har ikkisida ham o‘zakdagi va affikslardagi unlilar til oldi bo‘lganligi sababli bu so‘zlar palatal garmoniyasining yumshoq variantiga misol bo‘la oladi. Lekin bulardagi affikslar har xil variantlardagi affikslardir. Bunga unlilarning moslashuvi emas, balki undoshlarning moslashuvi sabab bo‘lgan. Haqiqatan ham, kel so‘zining oxiridagi l undoshi jarangli undoshdir. Shuning uchun ham affiksdagi undosh jaranglilashgan. Ket so‘zining oxiridagi undosh jarangsiz bo‘lgani sababli, shu so‘zga qo‘shilgan affiksdagi undosh ham unga moslashib, jarangsizlashgan. Masalan, qullik, borlik, hurlik, enlik. Lekin singarmonizm qonuniga muvofiq unlilarningtuyg‘unligi (moslashuvi) undoshlarning moslashuviga nisbatan hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham ba’zi so‘zlarda affiksdagi tovushlar o‘zakdagi tovushlarga til oldi yoki til orqalik nuqtai nazardan moslashuvi shart bo‘lgani holda jaranglilik yoki jarangsizlik nuqtai nazaridan moslashishi uncha shart bo‘lmaydi. Masalan, tiklash, buklash, tinchlik kabi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling