D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
shiq, ishq singari birliklar vujudga keladi. Demak, bu lisoniy birliklarni
1 Поцелуевский А.П. Происхождение личных и указательных местоимений. -Ашхабад,1947; Азимов П. Префиксация в туркменском языке. -Ашхабад,1947. 2 Ғуломов А., Тихонов А.Н., Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг морфем луғати. -Тошкент, Ўқитувчи, 1977. 91 moddiylashtirishda ishtirok etgan tovushlar bir xil, lekin ularning joylashish tartibi har xil. Tovushlarning ana shunday turlicha joylashish belgisi yuqoridagi lisoniy birliklar o‘rtasidagi farqlovchi belgi vazifasini bajaradi. Ayrim hollarda lisoniy birliklarning moddiy tomonini shakllantirgan shunday tovushlar tartibi muayyan sabablarga ko‘ra almashinishi, lekin bu almashinish ma’noga ta’sir etmasligi mumkin. Demak, bunday vaqtda tovushlar tartibi lisoniy birlikning farqlovchi belgisizlik vazifasini yo‘qotadi. Natijada bir lisoniy birlikning turli variantlari vujudga keladi. Masalan, to‘g‘ra-to‘rg‘a, kiprik-kirpik, sirpanchiq- sipranchiq kabi. Ayrim hollarda o‘zak morfemaning ikki xil shakliy variantiga affiks morfemaning ikki xil shakliy varianti qo‘shilishidan bir so‘zning ikki shakliy varianti vujudga keladi. Masalan, yig‘i va sig‘i morfemalarining birinchisiga otdan fe’l yasovchi morfemaning -la varianti, ikkinchisiga esa -ta varianti qo‘shiladi. Natijada bir mohiyatning ikki shakliy varianti vujudga keladi: yig‘la-siqta. Keyinchalik bu variantlar ma’no darajalanishi farqlovchi belgisi asosida bir umumiy arxisema asosida birlashuvchi ikkita leksema bo‘lib ajralib chiqqan. Xuddi shuningdek, sur allomorfiga -ga va -da (-la morfemasining variantlari) allomorflarining qo‘shilishidan surga va surda leksema variantlari vujudga keladi va ikkinchisida rd tovushlarining o‘rin almashinishidan shu leksemaning sudra varianti paydo bo‘ladi. 4. So‘z tarkibida soddalashish hodisasining ro‘y berishi o‘zak morfemaning variantlanishiga olib keladi. Xususan, o‘zak morfemaga qo‘shilgan grammatik ma’no ifodalovchi morfemalarning funksional almashinishi ham o‘zak morfemaning turli shakliy variantlari vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Xususan, nisbat paradigmasiga birlashgan shakllarining biri o‘rnida ikkinchisining funksional almashinuvi davrlar o‘tishi bilan ular o‘rtasidagi farqlovchi belgilar yo‘qolishiga, zidlanuvchi a’zolarning neytrallashuviga va neytrallashgan nisbat shakllarining o‘zak morfema tarkibiga singib, yaxlit bir morfemaga aylanib ketishiga olib keladi. Masalan, uyalmoq va uyatmoq leksemalarining asos qismi uyal va uyat bugungi kun nuqtai nazaridan bir leksik morfemaning ikki shakliy varianti sanaladi. Har ikki variant hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan boshqa mayda qismlarga bo‘linmaydi. Ya’ni uya va l, uya va t qismlariga ajralmaydi. Demak, bir o‘zak morfemaning uyal va uyat variantlari soddalashish hodisasi tufayli tarixan ikki morfemadan tashkil topgan. Birinchi morfema (uya)ning mustaqil leksik morfema sifatida iste’moldan chiqishi affiks morfemaning leksik morfema tarkibiga singib ketishiga – soddalashuviga 1 zamin yaratgan. Shuni ta’kidlash kerakki, leksik morfemaga qo‘shilgan affiks morfemalar tarixan ikki xil nisbat (o‘zlik va orttirma) nisbat shakllari bo‘lib, ular o‘rtasida neytrallashuv ro‘y bergan. Shuning uchun bir xil qurshovda ma’noga ta’sir etmagan holda o‘zaro erkin almashinish distributsiya munosabatida bo‘lgan. O‘zaro erkin almashinish distributsiyasi munosabatida bo‘lgan birliklar esa bir invariantning turli variantlari bo‘ladi. 2 1 Ғуломов А., Тихонов А.Н., Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг морфем луғати. Тошкент: Ўќитувчи, 1977. 2 Глисон Г. Введение в дескриптивную лингвистику. -М.,1959. -С.15. 92 Garchi hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan uyal va uyat bitta morfemaning ikkita varianti sanalib, boshqa mayda ma’noli qismlarga bo‘linish xususiyatini yo‘qotgan bo‘lsa ham, lekin bu leksik morfema variantlarining oxirgi tovushi -l va (- t) nisbat ma’nosini ham saqlab qolgan. Shuning uchun bu variantlar uyalish holatini ifodalashi bilan birgalikda sub’ektning shunday holatga tushishi ma’nosini ham ifodalaydi. Bundan ko‘rinadiki, tarixan ikki morfemaning ma’nosi saqlanib qolgan holda, soddalashish faqat ularning shakliga daxldor bo‘lgan. Shunday qilib, turkiy tillarda so‘z morfemik tuzilishida garchi agglyutinatsiya yetakchilik qilsa ham, ayrim hollarda fuziya holatlari ham ko‘zga tashlanadi. So‘zlarning o‘zak morfemasida fuziyaning ro‘y berishi leksik morfemaning variantlanish darajasining ko‘payishiga olib keladi. Turkiy tillarning aglyutinativ tabiati barchaga ma’lum. Aglyutinatsiyaning fuziyadan muhim farqlovchi belgilari sifatida har bir grammatik ma’noning alohida- alohida shakllar yoRdamida ifoda-lanishi, grammatik ma’noni ifodalovchi grammatik shakllarning ko‘payishi bilan so‘zning chapdan o‘ngga qarab cho‘zilib borishi, leksik va grammatik morfemalarning bir-biriga qo‘shilish chokining ajralib turishi, shuningdek, grammatik shakllarning qo‘shilishi o‘zak morfema-ning fonetik tuzilishini o‘zgartirmasligi kabi belgilar ta’kidlanadi. Shunday qilib, turkiy tillarda so‘z morfemik tuzilishida garchi agglyutinatsiya yetakchilik qilsa ham, ayrim hollarda fuziya holatlari ham ko‘zga tashlanadi. So‘zlarning o‘zak morfemasida fuziyaning ro‘y berishi leksik morfemaning variantlanish darajasining ko‘payishiga olib keladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling