D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lablanishlik-lablanmaslik belgisi
Konstituentiv munosabat - “...dan tashkil topadi”, “...ga kiradi” sxemasini
o‘zida namoyon etadi. Konstituent – ma’lum sath birligining tarkibiy qismi. Korrelyativ belgi – zidlanayotgan fonemalarning birida bor birida yo‘ q bo‘lgan belgi. Ko‘chim – Muayyan bir asosga (narsa va hodisalar orasidagi o‘xshashlik, aloqadorlik, vazifadoshlik va boshq.) tayangan holda bir so‘zning boshqa bir so‘z o‘rnida qo‘llanilishi. Ko‘chimning metafora, metonimiya, sinekdoxa singari turlari ko‘pchilik tomonidan e’tirof etiladi. Lablanishlik-lablanmaslik belgisi – unlilarning asosiy belgilaridan bo‘lib, labning ishtirokiga ko‘ra farqlovchi belgi. Markerlangan – ma’lum belgiga ega. Melodika – akustik sathda asosiy ovoz chastotasining o‘zgarishiga olib keluvchi tovush paychalari tebranish chastotasining o‘zgarishi. Metafora (yun. metaphora “ko‘chirish”) – so‘z va birikmalar orqali ifodalangan narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanuvchi ko‘chim turi. Masalan, Qozonchining qo‘lida qaydan quloq chiqarsa (maqol). Misolidagi qozon qulog‘i ma’nosi odam qulog‘iga tashqi o‘xshashlik asosida maydonga kelgan. M.mohiyatan yashirin o‘xshatish bo‘lib, unda o‘xshatilayotgan narsa tilga olinmagani holda, uning ma’nosini o‘xshayotgan narsani ifodalovchi so‘z bildiradi. O‘xshatishning to‘rt elementli ichki strukturasi (o‘xshatish sub’ekti, o‘xshatish etaloni, o‘xshatish ko‘rsatkichi, o‘xshatish asosi:) Masalan, Paxta oltindek qimmat o‘xshatishda paxta – o‘xshatish sub’ekti, oltin o‘xshatish etaloni, -dek o‘xshatish ko‘rsatkichi, qimmat – o‘xshatishga asos bo‘lgan belgi. O‘xshatishli qurilmalarda bu strukturaning har biri ma’lum lingvistik ko‘rsatkichlar orqali eksplitsit (oshkora) ifodalansa, metaforada yuqoridagi strukturalar mazmunan yashirin saqlangani holda, moddiy jihatdan o‘xshatiluvchi, narsalar nomi orqali ixcham holda imlitsit ravishda ifodalanadi. Albatta, bu o‘rinda o‘xshatilayotgan narsa va hodisalarning aynan o‘xshashligi talab qilinmaydi, balki ikki narsa – hodisaga xos belgilardan birortasi asos uchun olinadi. Masalan, oltin kuz, oltin davr birikmalarining birinchisida o‘xshatish asosi uchun “rang”, ikkinchisida “qimmat” belgisi olingan. 100 Metonimiya (yun. metonymia “qayta nomlash”) – so‘z va birikma orqali ifodalangan narsa va hodisalar orasidagi aloqadorlikka asoslanuvchi ko‘chgan turi. Narsalar va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Muallif va uning asari o‘rtasidagi (Navoiyni oldim qo‘limga), joy va joy bilan bog‘liq shaxslar o‘rtasidagi (Butun shahar uyquda) va boshqa aloqadorliklar. Metateza. Leksema nomemasining variantlari tilda amal qiladigan metateza hodisasi tufayli ham ko‘payadi. Metateza har qanday tilning ham diaxron, ham sinxron holati uchun mansubdir. Bunday holatdan o‘zbek tili ham mustasno emas. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling