97
GLOSSARIY
Aferezis ham xuddi eliziya kabi sandhi holatda hosil bo‘lgan ikkita qator
unlidan birining reduktsiyalaiishidir. Sandhi holatda bir yerda keluvchi ikkita har xil
unlidan birinchisining reduktsiyalanib, o‘z artikulyatsiyasini yo‘qotishi eliziya bo‘lsa,
xuddi shunday sharoitda ikkinchi unlining reduktsiyalanishi aferezis sanaladi.
Masalan,
narsava b.
Aksentema - urg‘u.
Allofroniya (yun. allo “boshqacha”, tronos “o‘ylamoq, sezmoq”) – 1) ziddiyat,
qarama – qarshilik; 2) lisoniy birliklardagi har qanday siljishlar lisoniy birlik va
uning ma’nolari o‘rtasidagi o‘zgarishlar mantiqdagi ziddiyat terminini lingvistik
korrolyati. Masalan, besoqol, soqolsiz ma’nosi bilan birga “bachcha” ma’nosini ham
ifodalaydi. Metafora, metonimiya, aksyumoron, enontiosemiya kabilar A.ning
ko‘rinishlaridir.
Antropofonik - akustik-artikulyatsion xususiyatlarining oddiy umumlashmasi.
Apakopa - fors-tojik hamda rus tili orqali o‘tgan bir qator olinmalarning oxirgi
bo‘g‘inida ikki va undan ortiq undoshlar qator kelishlari mumkin. Lekin bir bo‘g‘inda
kelgan bu undoshlar og‘zaki nutqda turkiy tillarning fonetik qonuniyatlariga
moslashtiriladi va bir undosh tushirib qoldiriladi. Masalan, go‘sht-go‘sh, g‘isht-g’ish,
barg-bak, vaqt-vaq va boshq.)
Do'stlaringiz bilan baham: