D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/75
Sana02.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1739637
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
2.10. ozbek tili fonetikasi

Qiyosiy fonetika - qarindosh tillarning tovush sistemasi munosabatlarini 
o’rganadi. Masalan, turkiy tillarning qiyosiy fonetikasi, slavyan tillarining qiyosiy 
fonetikasi kabi. 
Relevant belgi – asosiy, markaziy belgi. 
Senment – nutqning eng kichik bo‘lagi. 
Segmentatsiya – nutqning bo‘linish jarayoni. 
Sillabema – muayyan ma’no farqlash xususiyatiga ega bo‘lgan bo‘g‘in. 
Sinerezis qator kelgan ikki unlining bir unliga aylanish hodisasidir. 
Sinekdoxa (yun. synekdoche “nisbat berish”) – so‘z va birikma orqali 
ifodalangan narsa – hodisalarning butun – bo‘lak aloqasi asosidagi ma’no ko‘chishi. 
Masalan,
Faqat shu yer yaqin yurakka, 


101 
Faqat shunda quvonar ko‘zlar. (M.Yusuf) 
Bu misrada ko‘z odam ma’nosida, tirnoqqa zor birikmasida tirnoq farzand 
ma’nosida ishlatilgan. 
So‘z – leksemalarning nutqdagi reallashgan shakli 
Takt – frazaning qismi bo’lib, o’z navbatida, kichik birliklardan – fonetik 
so’zlardan tashkil topadi. 
Tavsifiy fonetika - yoki fonologiya ma’lum bir til taraqqiyotining ma’lum bir 
davri oralig’idagi tovush sistemasini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. 
Tarixiy fonetika - ma’lum bir tilning tovush sistemasini tarixiy rivojlanishda 
o‘rganadi, ya’ni til taraqqiyotining turli davrlarida tovush sistemasidagi tarixiy 
o‘zgarishlarni, ularning o’zgarish sabablarini tekshiradi. 
Temp – tovushlarning cho‘zilishiga olib keluvchi artikulyatsiya tezligining 
o‘zgarishi. 
Til orta undoshlari til o’rtalik belgisiga ko‘ra bir paradigmani hosil qiladi. 
Demak, ularning bir paradigmaga birlashuvida ana shu belgi fonologik muhim belgi 
sanaladi. 
Til orqa (uvulyar) undoshlari til orqasida paydo bo‘lish belgisiga ko‘ra bir 
paradigmani tashkil etadi. Demak, bu belgi ushbu paradigma a‘zolari uchun 
birlashtiruvchi (integral) belgi vazifasini bajaradi. Shuning uchun u har bir paradigma 
a’zosida takrorlanadi. Chunonchi k, g, ng, q, g’, x undoshlari ana shu belgiga ko‘ra 
birlashadilar. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling