101
Faqat shunda quvonar ko‘zlar. (M.Yusuf)
Bu misrada ko‘z odam ma’nosida, tirnoqqa zor birikmasida tirnoq farzand
ma’nosida ishlatilgan.
So‘z – leksemalarning nutqdagi reallashgan shakli
Takt – frazaning qismi bo’lib, o’z
navbatida, kichik birliklardan – fonetik
so’zlardan tashkil topadi.
Tavsifiy fonetika - yoki fonologiya ma’lum bir til taraqqiyotining ma’lum bir
davri oralig’idagi tovush sistemasini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Tarixiy fonetika - ma’lum bir tilning tovush sistemasini tarixiy
rivojlanishda
o‘rganadi, ya’ni til taraqqiyotining turli davrlarida tovush sistemasidagi tarixiy
o‘zgarishlarni, ularning o’zgarish sabablarini tekshiradi.
Temp – tovushlarning cho‘zilishiga olib keluvchi
artikulyatsiya tezligining
o‘zgarishi.
Til o‘
rta undoshlari til o’rtalik belgisiga ko‘ra bir paradigmani hosil qiladi.
Demak, ularning bir paradigmaga birlashuvida ana shu belgi fonologik muhim belgi
sanaladi.
Til orqa (uvulyar) undoshlari til orqasida paydo bo‘lish belgisiga ko‘ra bir
paradigmani tashkil etadi. Demak, bu belgi ushbu paradigma a‘zolari uchun
birlashtiruvchi (integral) belgi vazifasini bajaradi. Shuning uchun u har bir paradigma
a’zosida takrorlanadi. Chunonchi k, g, ng, q, g’, x undoshlari ana shu belgiga ko‘ra
birlashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: