D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/75
Sana02.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1739637
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
2.10. ozbek tili fonetikasi

Nazallik belgisi – Nazallik lotincha «burunga oid» ma’nosini ifodalaydi. Bu 
belgi bo‘lgan unlilarda tanglay pardasining tushishi va havo oqimining bir vaqtda 
og‘iz va burun bo‘shlig‘idan o‘tishi natijasida tovush burun tembriga ega bo‘ladi. 
Buning natijasida og‘iz unlisi burun unlisiga aylanadi. 
Nodifferensial belgilar – farqlanmaydigan belgilar. 
Nutq apparati nutq tovushlari hosil bo‘lishda ishtirok etuvchi nutq 
organlarining yig‘indisi. 
Palatal – ingichka yoki yumshoq belgisi, tilning o‘rta qismining qattiq tanglay 
(palatum)ga ko‘tarilishi natijasida yuzaga keladi, ya’ni undosh fonemalar old qator 
unlilari bilan kelganda ingichka, yumshoq talaffuz qilinadi. 
Pauza – to‘xtash, nutq jarayonida fonatsiyaning to‘xtalishi. 
Paydo bo’lish usuliga ko‘ra undoshlarning oppozitsiyasi ikki belgiga 
asoslanadi: portlovchilik va sirg’aluvchilik. P, b, t, d, m, n, ng, k, g va q-
portlovchilar; f, v, z, s, sh, l, r, y, x, h -sirg’aluvchi; j va ch-portlovchi-
sirg’aluvchilardir. ch va j ham portlovchilar bilan ham sirg‘aluvchilar bilan zidlanib, 
bir qancha farqlovchi belgilarga ega. 
Pertseptiv funksiya –anglash funksiyasi, bu funksiyani leksik urg‘u bajaradi. 
Polisillabik so‘zlar – ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar. 
Proteza - fonetik moslashtirish. So‘z boshida tovushlar mosligi natijasida 
leksema variantlarining ortishi muammosi dastlab Mahmud qoshg‘ariy tomonidan 
bayon qilingan edi. Xususan, u qipchoq, o‘g‘uz tillarini hoqonicha turkcha tilga 
qiyoslar ekan, hoqonicha turkcha leksemalar boshidagi [y] undoshi qipchoq tillarida 
doimo [j] ga, o‘g‘uz tillarida esa nolga aylanishini bayon qiladi. Masalan, turkcha 
jinji, qipchoqcha jinji, o‘g‘uzcha inji. 
Qator belgisi – unlilar qo‘shimcha belgisi bo‘lib, old qator va orqa qator 
unlilariga bo‘linadi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling