D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet60/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

2. Nazorat uslublari. O’qitishning samaradorligi haqida diagnostik axborot olish uchun harakatlar uslubi, bo’lib, unga: og’zaki va yozma so’rov, nazorat ishi, uy ishini nazorat qilish, test sinovlarini o’tkazish, o’quvchilar ishini kuzatish, loyiha himoyasi va sh.k.lar kiradi.
A) Kuzatish, ya’ni o’quvchining bilimlari va rivojlanishi haqida tizimli ma’lumot olish, o’kituvchi tomonidan har kundalik ishida amalga oshiriladi.
Bu uslub o’quvchilarning aniq bir bilimlar darajasi haqidagi ma’lumotlarni, ularning o’zlarini ishchi joylarini tashkil etish ko’nikmalari, ish tartibi, ularning ishchanligi va mustaqilligi haqidagi ma’lumotlarni beradi.
Kuzatish o’tkaza borib o’quvchilarning, temperamenti, yoshi, jinsi, o’kishga qiziqishi, shaxsiy muvaffaqiyatlariga munosabatlari bilan bog’liq individual xususiyatlarini xisobga olish maqsadga muvofiq. Kuzatish natijalari o’qituvchi tomonidanish mobayida o’quvchini umumiy baholashda hisobga olinadi. Ushbu uslubning eng katta epmchiligi sub’ektivizmning qismini va intuitsiyani ko’pligidir. .
Og’zaki nazorat, odatda, darslarda, imtihonlarda, sinovlarda o’qituvchining savollariga o’quvchilarning javoblaridan iborat. AKT darslarida og’zaki individual, guruhiy, frontal, birlashgan so’rovlar qo’llaniladi. Og’zaki so’rovning asosiy shakli suhbat hisoblanadi. So’rov texnikasining: kartochka, o’yinlar texnik vositalar turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu uslubni foydalanish mobaynida imkoni boricha sub’ektivizmni kamaytirish lozim.
Yozma nazorat o’quvchilarning bilimini chuqur va samarali teshirish imkoniyatini beradi. Yozma so’rovda pero’okartalar, chop etilgan asosdagi qo’llanmalar, didaktik kartochkalar, dasturlashtirilgan so’rovlar foydalaniladi. Yozma nazoratni o’tkazishning asosiy shakli uy, sinf, mustaqil va nazorat ishlari hisoblanadi. Yozma nazoratni o’tkazishning shartlaridan biri sinf ishlarini baholashning haqoniyligini pasaytirishga ta’sir qiladigan tashqi yordamga yo’l qo’ymaslikdan iborat.
Nazorat o’tkazish mobaynida nazorat savollarini murakkablik darajasiga ko’ra bloklarga ajratish maqsadga muvofiq.
Nazoratning amaliy uslublari o’quvchilarning amaliy ko’nikma va malakalarini, aniq masalaalrni echishda bilimlarini qo’llash qobiliyatlarini tekshirish maqsadiga ega. Ular tajriba o’tkazish, masalalar echish, chizma, kartalar, chizmalar, dasturlar tuzish, priborlar yasash va boshqalar ko’zda tutadi. Nazoratning bu uslubi o’kitishni amaliyot bilan, hayot bilan bog’lash tamoyilini qanoatlantiradi, o’quvchilarni bilimlarni qo’llashga yo’naltiradi. Bugungi kundagacha bu uslub eng zamonaviy va hayotiy hisoblanadi.
Didaktik testlar psixologik test sinovlarini o’tkazish va dasturlashtirilgan o’kitish tufayli paydo bo’ldi. Test nazoratining ustunligi – ob’ektivlikdir. Nazoratning bu turi, boshqa uslublarda mavjud bo’lgan ekspert-o’qituvchining sub’ektivizmini olib tashlaydi.
Didaktik test aniq bir material bo’yicha, o’zlashtirish darajasini o’quvchi tomonidan qo’yiladigan me’yorlashtirilgan vazifalar to’plamini tashkil etadi. Ko’nikma va malakalar bosqichida bilimlarni nazorat qilishda, testga turli murakkab darajasidagi savollar qo’yiladi.
Birinchi daraja – aniqlashga doir savollar. Ularni «ha-yo’q», «to’g’ri -noto’g’ri» javoblarni ko’zda tutadigan alternativ testlar bilan, yoki javoblar tanlanadigan testlar bilan taqdim etish qulay.
Ikkinchi daraja – takror ishlab chiqishga yoki masala echishga qaratilgan savollar. Ular ekin (konstruktiv) javob bilan yoki uni ko’p (to’plamdi) tanlash ilan taqdim etiladilar. Konstruktiv javob ixtiyoriy belgilarning satrini ifodalaydi. Etalon so’z yoki jumla asosida berilishi mumkin.
Uchinchi daraja – tipovoy bo’lmagan yoki uzgavrtirilgan masalani echishda biimlarni qo’llashga doir savollar. Ularni erkin javobli yoki ularga tanlashli tushuntirishlarga ega bo’lgan testlar bilan taqdim etish mumkin.
To’rtinchi daraja – bilimlarni ijodiy qo’llashga, aniq bir tipga keltirilmaydigan masalalarni echishga doir savollar. Shuningdek, uchinchi daraja savollar kabi taqdim etiladi.
O’qituvchilar bilimlarni an’anaviy usulda tekshirishda, baholashda ancha qiyinchiliklarga duch keladilar. Ushbu qyinchilikni qisman dasturlashtirilgan nazorat yo’q qilishi mumkin. Ayniqsa, pedagogik jarayonga kompyuterlarni kiritilishi, dasturlashtirilgan nazoratni yangi, kuchli impuls oldi va u bugungi kunda keng foydalanilmokda. Vaqtni iqtisod qilinishi, uslublarni ishlab chiqishning soddaligi, yuqori samaradorligi, savollarni aniq qo’yilishi, dasturlashtirilgan nazoratning usutunlik taraflaridan ba’zi birlaridir.
3. Nazorat funktsiyalari. O’quvchilarning bildimlarini nazorat qilish umumiy didaktika talablariga javob berishshi va hisobga olish, nazorat-korrektstiyalovchi, o’qiuvchi, tarbiyalash vazifalarini bajarishi muhimdir.
Nazoratning hisobga olish vazifasi o’kitish natijalarini tizimli belgilashda namoyon bo’ladi va bu o’qituvchiga har bir o’quvchining o’zlashtirishi, o’quv ishidagi uning muvaffaqiyatlari va kamchiliklari imkoniyatini beradi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling