D. Q. Usmanova


Download 3.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/127
Sana21.07.2023
Hajmi3.15 Mb.
#1661570
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   127
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

Degressiv xarajatlar – o‘zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya’ni 
xarajatlarning o‘sish darajasi subekt ishbilarmonlik faolligining o‘sishidan ortda 
qoladi.
Direkt - kosting (Direct–Costing-System) – bevosita xarajatlarni ishlab 
chiqargan mahsulot yoki buyumlar bo‘yicha umumlashtiradigan boshqaruv 
hisobining tizimi. Mahsulot-buyumning to‘liq bo‘lmagan tannarxini kalkulatsiya 
qilish usuli bo‘lib ushbu usulni qo‘llaganda mahsulotning tannarxiga faqat 
o‘zgaruvchan xarajatlar qo‘shiladi. Natijada bilvosita xarajatlar esa hisobot 
davrining moliyaviy natijalari (xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi. 
Diskontlangan qiymat – joriy qiymat va diskontlash koeffitsentini qo‘llash 
orqali aniqlangan pul mablag‘larining kelgusidagi tushumi miqdorini hisoblash. 
Diskontlangan xarajatlar – joriy vaqtdagi diskontlash koeffitsenti orqali 
aniqlangan kapital quyilmalar bo‘yicha taxmin qilinadigan xarajatlar. 
Zararsizlik nuqtasi (tenglik nuqtasi) – xo‘jalik yurituvchi subektning nol 
darajadagi moliyaviy natijaga erishishini aks ettiradigan ishbilarmonlik faoliyati. 
Ushbu holatda sarflangan jami xarajatlar olingan daromadlar bilan qoplanib hech 
qanday foyda ham olinmaydi, zarar ham ko‘rilmaydi. 


373 
Zararsizlikning tahlili – subekt faoliyatining zararsizlik nuqtasini aniqlashga 
yordam beruvchi qisqa muddat ichida olinadigan daromad, xarajatlar va 
foydalarning o‘zaro qaramligiga asoslangan tahlil. 
Zahiralarni asrash uchun sarflangan xarajatlar – tovar moddiy zaxiralarni 
sotib olish va ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar.    
Zaxiralarni baholash – tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor 
mahsulot va TMZ tannarxini hisoblash. 
Zaxiralarga bo‘lgan xarajatlar – tovar moddiy zaxiralarni sotib olish
saqlash va ularning tabiiy kamayishi bilan bog‘liq xarajat, sarf va zararlarning 
yig‘indisi. 

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling