D. Q. Usmanova


Zaxira sig‘imisiz xarajatlar –


Download 3.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/127
Sana21.07.2023
Hajmi3.15 Mb.
#1661570
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

Zaxira sig‘imisiz xarajatlar – tijorat, sotish va ma’muriy boshqaruv 
xarajatlari. Ushbu xarajatlar TMZ bevosita ta’sir qilmaydi va ishlab chiqarish 
tannarxini kalkulatsiya qilishda qatnashmaydi ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish 
tannarxiga qo‘shilmaydi. 
Iqtisodiy samara – ushbu natijalarga erishish uchun ishlab chi-qarishdagi 
natijalar va xarajatlarning taqqoslanishi. 
Inkroment xarajatlar va daromadlar – qo‘shimcha mahsulot guruhini 
ishlab chiqarish holatlarida ruyobga chiqadigan qo‘shimcha xarajatlar va 
daromadlar .
Ishbilarmonlik faoliyatining segmenti – subektning ayrim faoliyat turi, 
mahsulot turi bo‘limi, bozor manzili va hokazo. 
Ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning 
tannarxini kalkulatsiya qilish usuli – ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning bir 
birligi tannarxini aniqlashni ta’minlaydigan sarflangan xarajatlarni hujjatlashtirish 
va aks ettirish usullarining yig‘indisi. Xarajat obektlari bo‘yicha – jarayonlar, 
ishlov berish va buyurtma usullariga, xarajatlarni hisobga olishning to‘liqligi 
bo‘yicha – to‘liq va to‘liq bo‘lmagan tannarxni kalkulatsya qilish va tezkorligi 
bo‘yicha – haqiqiy. 
Kapitallashtirish darajasi – aktivlardan foydalanish natijasida kutilayotgan 
hajmining aktivlar qiymatiga bog‘liqlik darajasini o‘rnatadigan koeffitsent. 


374 
Kassaning umumlashtirilgan smetasi – budjetlashtirish tizimidagi ishlab 
chiqarish muomalalariga to‘g‘ri keladigan ma’lum vaqtda kassadagi naqd pullarni 
hisoblash. 
Keltirilgan (diskontlangan) sof qiymat – boshlang‘ich investitsiya 
xarajatlari summasiga kamaytirilgan, diskontlangan qiymat.
Qayishqoq budjet – xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatining bir necha 
darajasini ko‘zlab tuzilgan budjet. 

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling