81. Quyidagi uyadosh so‘zlarning o‘sib borish ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni belgilang.
A) qulun, toy, do‘non B) qulun, do‘non, toy
C) toy, qulun, do‘non D) toy, do‘non, qulun
82. Zaynab lappos va o‘nta so‘zga arang bitta javob
qaytaradigan edi. (A.Qodiriy) lappos so‘zining ma’nodoshi qaysi javobdakeltirilgan?
A) xotirjam B) ozg‘in C) to‘ladan kelgan D) uyatchan
83. Sahn yuzida uch-to‘rt yuz musallah yigitlarni birovni kutgan holda ko‘rdim. (A.Qodiriy) ”O‘tkan kunlar” romanidan olingan ushbu gapda
ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) otliq B) qurollangan C) xizmatkor D) isyonchi
84. To‘g‘risi, zahar olud maktubingizga odamlarcha tushuna olmadim. (A.Qodiriy) olud so‘zi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) qorishgan B)yanglig‘ C)achchiq D)alamli
85. I ustunda berilgan so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llanganda II ustundagi qaysi so‘zga sinonim bo‘la oladi?
I II
1) yugurmoq a) paydo bo‘lmoq
2) o‘ymoq b) muddat; davr
3) bahor c) azob bermoq
A) 1-b; 2-c; 3-b B) 1-c; 2-a; 3-c C) 1-a; 2-c; 3-b
D)bu so‘zlar o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi
86. E’timod so‘zining lug‘aviy ma’nosi qaysi javobda ko‘rsatilgan?
A) ishonch yorlig‘I B) ishonch C) hurmat D) samimiyat
87. Qaysi javobda shakldosh so‘zlar berilgan?
A) elchilik, chars, sug‘ur B) bez, farq, zor
C) qon, zang, bo‘ydor D) safar, palla, sor
88. Berilgan shakldosh so‘zlarning qaysilari faqat bir so‘z turkumi doirasida bo‘ladi?
A) shira, qayin, g‘oz, dastalamoq B) shon, qadoq, yopiq, ko‘klamoq
C) gazak, o‘rim, qotmoq, tuyg‘un D) bog‘, qoplamoq, o‘tin, qozon
89. Ne bir buyuk zotlar bosh egdi nochor
Tomug‘dan yo‘l topmay nurli hayotga . . . (A.Oripov)
Ostiga chizilgan so‘zning ma’nodoshi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) haqiqat B) jannat C) do‘zax D) razolat
90. Shakldosh so‘zlar qaysi javobda qayd etilgan?
A)yosh, mol, jumla B) kon, omad, dala
C)kurash, jar, partiya D)mezon, kuz, adir
Nima qildirganini bilmagan inson
Nima topganini ham bilmaydi.
(Kimdir)
Do'stlaringiz bilan baham: |