61. Kumush ham ariq yoqasiga kelib to‘xtagan chingilin yigitga beixtiyor qarab qoldi. (A.Qodiriy)
Ushbu gapdagi tagiga chizilgan so‘zning ma’nodoshini toping.
A) ozg‘in B) novcha C) kelishgan D) chaqqon
62. Qishloqning husniga husn qo‘shgan qaddi raso teraklar tik qomatlarini mag‘rur ko‘rsatib turadi. Ushbu gapda shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar ishtirok etgan?
A) ma’nodosh B) shakldosh C) paronim
D) ma’nodosh va shakldosh so‘zlar
63. Addoi otang Yusufbek hoji. Toshkand 27 dalv oyida 1264-nchi yilda yozildi. (A.Qodiriy) Tagiga chizilgan so‘zning ma’nodoshini aniqlang.
A) tugatuvchi B) duo qiluvchi C) davom etuvchi D) yo‘llovchi
64. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti. (A. Qahhor) Mazkur gapda qo‘llangan ko‘y so‘zining ma’nodoshini toping.
A) yo‘l B) ohang C) holat D) tus
65. Qaysi qatordagi gapda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud emas?
A) Olisdagi qarindoshdan yaqindagi yot yaxshi.
B) Mashhur bog‘bon Darvesh hoji shaftoli, olhirot ko‘chatlarini o‘tkazdi.
C) Salimning gapi borgan sari unga ko‘proq nasha qilar edi.
D) Davraga dutor, tambur, g‘ijjak, nay doira ko‘tarib mashshoqlar kirib keldi.
66. Nadomat komida qolganlar, ayting. (A. Oripov) Ushbu misradagi tagiga chizilgan so‘zning ma’nodoshini toping.
A) huzurida B) ichida C) ta’sirida D)istagida
67. Seningsiz menga kom yo‘qdir, Asal ichsam, zahar bo‘lg‘ay. (E. Vohidov)
Ushbu she’riy parchada qo‘llanilgan kom so‘zining ma’nodoshini toping.
A) tinchlik B) shodlik C) muhabbat D) so‘z
68. 1. Nadomat komida qolganlar, ayting.(A. Oripov) 2. Seningsiz menga kom yo‘qdir, Asal ichsam, zahar bo‘lg‘ay. (E. Vohidov) Berilgan gaplardagi kom so‘zi o‘zaro ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar?
A) ma’nodosh so‘zlar B) shakldosh so‘zlar
C) bir so‘zning turli ma’nolari D) paronim so‘zlar
69. ”Mahbub ul-qulub” dunyoning achchiq-chuchigini totgan, goho ”komronlig‘”, goho ”notovonlig‘” topgan buyuk shoir Navoiyning 60 yillik hayotiga yakun bo‘ldi. Ushbu gapda qo‘llangan komronlig‘ so‘zining ma’nosini aniqlang.
A) kamtarlik B) maqtov
C) buyuklik D) baxtlilik
Do'stlaringiz bilan baham: |