45. 1. Tilak bilan bitmagan bilim bilan bitar. 2. Omad kelsa, daraxtda ham non bitar. 3. Abdulla xatni chiroyli bitardi.
Ushbu gaplarda qo‘llangan bitmoq so‘zlari ma’no munosabatiga ko‘ra o‘zaro qanday so‘z?
A) shakldosh so‘z B) ma’nodosh so‘z
C) ko‘p ma’noli so‘z D) so‘zning turli ma’nolarda qo‘llanishi
46.Shuur so‘zining ma’nosi to‘g‘ri izohlangan javobni toping.
A) faxr B) shuhrat C) idrok D) g‘urur
47.Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilari to‘g‘ri qo‘llangan shartli belgili javobni toping.
A) M: ”K”. M:”K”? M:”K”!
B) ”K -M, -K”
C) ”K”, -M. ”K?”-M. ”K!”-M.
D) barcha javoblardagi modellar to‘g‘ri
48.Qo‘yi mingga yetdi iborasining ma’nodoshini toping.
A) boyib ketmoq B) behad sevinmoq
C) maqsadiga erishmoq D) o‘zligini unutmoq
49.Quyidagi qaysi birliklarning shakliy ifodasi bilan mazmuni o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q?
A) ibora B) tasviriy ifoda
C) so‘z birikmasi D) ibora va tasviriy ifoda
50.Lug‘at turlarining qaysi birida davlat so‘zi ”Davlat- jamiyatni qonun kuchi bilan boshqaruvchi tashkilot”tarzida ifodalanishi mumkin?
A) imlo lug‘atida B) izohli lug‘atda
C) tarjima lug‘atida D) sinonim (ma’nodosh) so‘zlar lug‘atida
51.internet so‘zining ma’nosini qaysi lug‘at orqali bilib olish mumkin?
A) imlo lug‘ati B) tarjima lug‘ati
C) izohli lug‘at D) sinonim (ma’nodosh) so‘zlar lug‘ati
52.So‘zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning qanday ma’nolari hisoblanadi?
A) lug‘aviy ma’nolari B) grammatik ma’nolari
C) ma’nolari morfologik D ) so‘zlarning ko‘chma ma’nolari
53. Uvaysiy qalamiga mansub ushbu baytdagi benavo so‘zining ma’nodoshi qaysi javobda berilgan?
A) kuysiz, qo‘shiqsiz C) baxtsiz, sho‘rpeshona
B) ilhom parisidan yiroqda D) kambag‘al, faqir
Do'stlaringiz bilan baham: |