54. Sen chindan ham go‘zalsan,
Huzuringga keldim bot. (A.Oripov) Ajratib ko‘rsatilgan so‘z qanday ma’noni anglatadi?
A) tez B) yana C) umrbod D)kech
55. 1. Xufton namozidan so‘ng poychiroq yonida o‘tirib, Fuzuliy devonini varaqlar edi. 2. Ikkisi birga devonga kirdilar. 3. Devonda yonboshlab yotgan Abbosxon Saidiyning hurmatiga g‘imirlab qo‘ydi. Berilgan gaplarda qo‘llangan devon so‘zi haqidagi to‘g‘ri fikrni belgilang.
A) Uchala gapda bir so‘zning turli ma’nolari qo‘llangan.
B) Uchala gapda shakldosh so‘zlar qo‘llangan.
C) Birinchi va ikkinchi gapdagi devon so‘zi uchinchi gapdagi devon so‘ziga nisbatan shakldosh
D) Ikkinchi va uchinchi gapdagi devon so‘zi birinchi gapdagi devon so‘ziga nisbatan shakldosh
56. Quyidagi shakldosh (omonim) so‘zlardan qaysi biri birgina so‘z turkumi doirasida ham shakldoshlikni vujudga keltirishi mumkin?
1) o‘ta; 2) quymoq; 3) o‘sma; 4) o‘rmoq; 5) mushak
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 3, 4, 5 D) 2, 5
57. Xilqat so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) biror narsaning yig‘indisi
B) biror bir hukmdor qo‘l ostidagi mamlakat
C) yaratilish, bunyodga kelish D) sirli, mavhum
58. Qaysi javobda ma’nodosh so‘zlar to‘g‘ri berilgan?
A) ataylab, jo‘rttaga, azza-bazza B) subut, burd, tob
C) sevinch, surur, huzur D) jang, muhoraba, qutqu
59. Qaysi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) Erta bahorda o‘n tup mevali daraxt ko‘chati o‘tqazdik.
B) Otabek ham istehzoli tabassum orasida Homidga ko‘z qirini tashladi.
C) Yo‘lchi mashaqqatlar, qiyinchiliklar ichida bo‘lsa ham, faqir hayotning uch yilini Mirzakarimboy eshigida o‘tkazdi.
D) Quyosh hamal yulduzlar burchiga o‘tishi bilan kunlar isiy boshladi.
60. Qaysi so‘zlar o‘zidan oldingi so‘zning tarkibiy qismi sanaladi?
1) ko‘makchi fe’llar; 2) to‘liqsiz fe’llar; 3) ko‘makchilar; 4) bog‘lovchilar
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 3, 4 D)1, 2, 3, 4
Do'stlaringiz bilan baham: |