19.Sel so‘zi qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llanmagan?
A) Har qanday go‘sht tuzlanganda, seli chiqib ketadi
B) Quyoshning seliga miriqib cho‘milgan yam-yashil dala barq uradi.
C) Elmurod shunday o‘ylar selida g‘arq bo‘lib,uyqusi qochdi.
D) Barcha gaplarda sel so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan.
20.Qoq so‘zi qaysi gapda yordamchi so‘z bo‘lib kelgan?
A) O‘rtadagi devorni buzib, qoq kesagini toklarning tagiga solishdi.
B) Agar muruvvat qilsanglar, jilla bo‘lmasa, bu yilcha mevalarni qoq bo‘lasizlar-da.
C) Butun jonzotga hayot beruvchi quyosh erta bilan ko‘tariladi-yu, qoq tushga kelib, tik turib oladi.
D) Bacha gaplarda qoq so‘zi mustaqil so‘z bo‘lib kelgan.
21. Yumshoq non, yumshoq ovoz, yumshoq gapirmoq birikuvlaridagi yumshoq so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) bir so‘zning turli ma’nolari B) bir xil shakldagi uchta so‘z
C) bir xil ma’nodagi uchta so‘z D) o‘zaro paronim so‘zlar
22.Tush ko‘rmoq, tush payti, pastga tush birikuvlaridagi tush so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) bir so‘zning turli ma’nolari B) bir xil shakldagi uchta so‘z
C) bir xil ma’nodagi uchta so‘z D) o‘zaro paronim so‘zlar
23.Kasbiy atamalar berilgan qatorni toping.
A) qo‘shish, kvadrat, ot, fe’l B) andava, sog‘moq, yigirmoq
C) hikoya, qissa, roman D) milod, kalendar, kurtak
24. Shakldosh so‘zlarni aniqlang.
1. hadis 2. davr 3. havo 4. bosim 5. vij – vij 6. davlat
A)2, 3, 4, 5, 6B)1, 3, 4, 5, 6 C)2, 3, 4, 6
D)barchasi shakldosh so‘zlar
25.Tuyg‘un so‘zining ma’nodoshi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A)masrur B)sezgir C)aniq D)mos
26.Chapdast so‘zining ma’nodoshi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A)chaqqon B)chapaqay C)chapani D)chaparosta
27.Tamaddun so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A)poydevor B)boshlovchi C)kashfiyot D)madaniyat
Do'stlaringiz bilan baham: |