Bosqichma-bosqich mantiqiy fikr yuritishga o'rganish.
O'qishdagi oraliq maqsadlarga erishish (masalan, o'r- tog'ining fikrini tahlil qilib, tanqidiy o'rganish).
§. Savollar va ularni dars jarayonida to‘g‘ri qo‘ya bilishning zarurati
Ma’lumki, savollarsiz dars o‘tib bo‘lmaydi. Ta’lim jarayonini qanday metodlar asosida tashkil qilishimizdan qat’i nazar, albatta, savollardan foydalanamiz.
Aniq yo'naltirilgan savollar asosidagi suhbat o'qituvchining ko'rsatmalari bo'yicha olib boriladi. Suhbatning muvaffaqiyati ko'p jihatdan savollarni to'g'ri qo'yishga bog'liq. Ilgarigi mavzuda ko'rib o'tilgan savollar alohida yoki tizim shaklida qo'yilish, ular oddiy yoki murakkab bo'lishi mumkin.
.Savollar qo'yilishi tarzi, mazmuni, maqsadi va boshqa jihatlari bilan farqlanadi. Ularni shartli ravishda quyidagicha tavsiflash mumkin.
Axborot xarakteridagi savollar. Qo'yilgan muammo bo'yicha dalillarni, sanalami aniqlashga qaratiladi. Bu guruhga kiradigan savollar ikki xil bo'Iadi: ular ochiq va yopiq savollardir. Ochiq savollar - turli so'roq gaplar orqali ifodalanib, turli-tuman javob berilishi ko'zda tutiladi. Masalan: Siz daromadlarga belgilangan progressiv soliq stavkalariga qanday qaraysiz? Yopiq savollar — bu savollarga javob «ha», «yo'q», «ehtimol to'g'ri» tarzida olinishi mumkin bo'lgan savollar bo'lib, odatda, ular fe’lga «mi»
Do'stlaringiz bilan baham: |