D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


§. Ma’ruza matnini tayyorlash


Download 1.26 Mb.
bet45/218
Sana28.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1024468
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

§. Ma’ruza matnini tayyorlash

Ma’ruza matni har bir fanning ishchi o'quv dasturi asosida, mavzuga ajratilgan vaqtdan kelib chiqib, tayyorlanadi. Buning uchun mavjud adabiyotlar o'rganiladi, turli manbalardan axborotlar yig'iladi.
Mavzuni o'rganishning maqsadidan kelib chiqib, zarur savollar qo'yiladi, mavzuni yoritish metodi tanlanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi barcha fanlar uchun asos bo'lishini hi­sobga olib, namunaviy ma’ruza matni shu fandan beriladi. Ma’ruza o'qilayotgan iqtisodiy fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqanda ma’ruzada ma’lum bir farqlar bo'lishi mumkin, lekin ma’ruzaning asosiy mohiyati o'zgarmaydi.
An’anaviy ma’ruza matni
Mavzu: «IQTISODIY RESURSLAR VA JAMIYAT EHTIYOJLARI»
Kirish
Ilgarigi mavzuda iqtisodiy g'oyalarning vujudga kelishi, iqtiso­diyot nazariyasi fani nimani o'rganishi, iqtisodiy qonunlar va kate- goriyalar, fanni o'rganish uslublarini ko'rib chiqdik. Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisodiy fanlarning poydevori ekanligini, u ba- jaradigan vazifalarni o'rgandik. Bugungi darsimiz «Iqtisodiy re- surslar va jamiyat ehtiyojlari» mavzusiga bag'ishlanadi.




Iqtisodiyot nazariyasi fanini o'rganishni aynan ijtimoiy- iqlisodiy ehtiyojlardan boshlashimiz bejiz emas. Chunki, inson ya- sliar ekan, uning ehtiyojlari mavjud. Insonning butun umri ana shu chtiyojlarni qondirishga qaratilgan.
Odamlar doimo goh u yoki bu narsani yetishmasligidan shiko- yat qilishadi. Vaqtimiz yetmaydi, pulimiz yetmaydi va hokazo. Bunga sabab nima? Hech o‘ylab ko‘rganmisizlar?
Bugungi o‘tiladigan mavzuda ana shu savollarning javobini topishga harakat qilamiz. Mavzu ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi, ehtiyojlarning cheksizligi, bu-ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan ne’matlarning ularni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan resurslarning cheklanganligi muammolarini o'rganishga qaratilgan.
Resurslarning cheklanganligi tanlash va qaror qabul qilish za- ruratini ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Shuning uchun ham har bir qa- damimiz tanlash va qaror qabul qilishimiz bilan bog‘liq. Har bir ki- shining hayoti, iqtisodiyotning, qolaversa, butun jamiyatning ta­raqqiyoti qabul qilgan qarorimizga, ya’ni turli variantlardan nimani tanlashimizga bog'liq. Bugungi mavzu ana shu masalalarni ham o'rganishga qaratilgan. Keyingi mavzularda esa qanday qilsak, boshqacha aytganda, qanday qarorga kelsak to‘g‘ri yo‘lni tanlashi- miz mumkinligini o‘rganamiz. Bugungi ma’ruzada qo'yilgan maqsaddan kelib chiqib, quyidagi uzviy savollarni muhokama qilamiz.
Reja:

  1. Ehtiyojlar va ularning tarkibi.

  2. Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni.

  3. Resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarni qondirish. Iqti­sodiyotning bosh muammosi.

Adabiyotlar

  1. Karimov I.A.O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashti- rish yo'lida. Т.: «O'zbekiston», 1995.

  2. Karimov I.A. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. // «Xalq so‘zi», 2006- yil 11-fevral.




  1. Karimov I. A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish — davr talabi. // «Xalq so'zi», 2009-yil 14-fevral.

  2. Karimov I. A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. Т.: «O'zbekiston», 2009.

5 .Makkonnell K., Bryu S. Ekonomiks, gl. 2. М.: «Infra-М», 1999.

  1. «Ma’naviyat, ilmu fan va iqtisodiy bilim yoshlar tarbiyasiga xizmat qilsin» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy korrferensiya materiallari, 2004-yil 25-noyabr, Т., 2004-y.

  2. Тезисы и доклады международной научно­практической конференции на тему: «Социально-экономи­ческие проблемы переходной экономики». (Опыт, обобще­ния, закономерности). Санкт-Петербург, 2005.

  3. Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi. 0‘quv qo'llanma, Т.: «0‘qituvchi», 2002-y.

  4. Фишер С., Дорнбуш P., Шмалензи P. Экономика, ч.1. М.: «Дело», 1999.

  5. Shodmonov Sh., Alimov R., Jo‘rayev T.Iqtisodiyot nazari­yasi. 0‘quv qo‘llanma, Т.: «Moliya», 2002-y.

  6. O‘lmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. Т.: «Sharq», 2006-y.

  7. O'zbekiston iqtisodiyoti. Узбекистан в цифрах. Стати­стический сборник. Т., 2008.

Ma’ruza o‘qishda qo'llaniladigan ko'rgazmali qurollar:

  1. Ishlab chiqarish resurslari tasnifi, chizma.

  2. Mavjud resurslami to'la ishlatish sharoitida guruch va av- tomobil ishlab chiqarish, jadval.

  3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi, chizma.

Asosiy qism:

  1. Ehtiyojlar va ularning tarkibi.

Kishilik jamiyati, albatta, insonlardan tarkib topgan. Inson esa barcha jonzotlarning eng oliysi. U boshqa jonzotlardan o‘zining aql-idroki bilan ajralib turadi. U hayot kechirish uchun turli ehti- yojlarini qondirishi shart, chunki busiz inson yashay olmaydi.
Insonlarning yashashi, har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo‘lgan barcha ne’matlar ularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. Inson o'z ehtiyojlarini qondirish yo'lini qidiradi. Ehtiyoj-


larni qondirishi zarurligi, ya’ni yashash uchun kurash uni faollikka undaydi.


Har bir inson uchun o'zining qadr-qimmat o'lchovi mavjud. Bir inson tomonidan qadrlangan, hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan narsa ikkinchi bir kishi uchun hech qanday ahamiyatga ega bo'lmasligi mumkin. Ahamiyat nuqtayi nazaridan ehtiyojlarni tartibga solish qiyin. Insonlar uchun eng zarur va qimmatli qadri- yatlarni, ashyolarni sanog‘iga yetish qiyin. Har bir inson o'ziga ni­malar zarurligini o‘zi belgilaydi.
XX asr ko'pincha «axborot asri» deb atalgan. XXI asrga kelib axborotning ahamiyati yanada ortdi. Axborotni biz turli-tuman manbalardan, masalan: radio, televidenie, gazeta va jurnal, kitob, global kompyuter tarmog‘i—internet kabilardan olamiz. Shu bilan birga «an’anaviy» axborot manbalari ham mavjud. Ular ota-ona, qarindosh-urug‘, do'st-birodarlar, qo‘ni-qo‘shnilar, tanishlar, taso- difiy uchrashgan odamlar va hokazo. Bizning atrofimizni o'ragan olamni, tabiatni kuzatib, yangi-yangi ma’lumotlar, yangi axborot olamiz. Inson-axborot qabul qilish manbai. Chunki, aynan axborot bizni barcha ehtiyojlarimizni shakllantiradi.
Bizning barcha odatlarimiz, his-tuyg‘ularimiz, bilim va hayotiy tajribamiz, fikr-mulohazalarimiz xohish-istaklarimiz - asosida ax­borot yotadi. Yangi axborot yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Axborot insonni beixtiyor harakatga solishi yaratuvchanlikka bosh- lashi mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti, yangi-yangi kashfiyot ixtirolar tufayli yangi tovarlar ishlab chiqarilib, xizmatlar ko'rsatilmoqda. Masalan, kompyuter, qo‘l telefoni singari tovarlar bo'lmagan. Demak, bun­day ehtiyoj ham bo'lmagan.
Ilgaridan mavjud bo‘lgan tovarlarning xususiyatlarini bilmagan odamga, bu haqda yangi axborot olishi tufayli yangi ehtiyojlar vu­judga keladi. Masalan, an’anaviy oziq-ovqat mahsulotlari — sab- zavotlar, mevalar, vitaminlarning xususiyatlari to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlar, bo‘lmasligi mumkin. Ular to'g'risidagi axborot bun­day mahsulotlarning tarqalishiga yordam beradi.
Kishilar hayotida yangi vaziyat, yangi muammolar paydo bo'lishi natijasida ham yangi ehtiyojlar ham vujudga keladi. Ma­salan, oilada farzand tug‘ilishi natijasida chaqaloq uchun zarur bu- yumlarga, kasal bo‘lganda doriga, kasbini o‘zgartirganda ish qurol- lariga zaruriyat paydo bo'Iadi. Xullas, inson hayoti davomida yangi-yangi axborotlar oladi, unga muvofiq ravishda ehtiyojlar vu­judga keladi. Har kishi awalo axborotga ega bo'Iadi so'ngra, shu


axborotdan foydalanish uchun tegishli qarorga keladi.


Ehtiyojlar nihoyatda turli-tumandir. Ularga turli jihatdan yon- dashish mumkin. Ko‘pgina, iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko‘ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib, tushuntirishga harakat qilishadi. Alfred Marshall nemis iqtisodchisi Germanning Fikriga asoslanib, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal da- rajadagi ehtiyoj, qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo'ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar, joriy va kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga bo‘Iadi. Ayrim adabiyotlarda ehtiyojlan birlamchi - eng zarur ehtiyojlar va ikkilamchi qondiril­ishi kechiktirsa mumkin bo'ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlarga bo‘linadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo'lgan oziq- ovqat, kiyim-kechak va boshqa shunga o'xshash ehtiyojlari, ikki­lamchi ehtiyojlarga insonning ma’naviy, intellektual faoliyati bilan bog'liq bo'lgan bilim olish san’ati, turli ko'ngil ochar tadbirlarga qatnashish ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday tabaqalash shartlidir. Zarurat har bir inson uchun individual muammo bo'lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turarjoy birinchi zarurat bo'lsa, boshqasi uchun bular shunday zarurat bo'lmasligi mumkin. Birov uchun kiyim-kechakdan ko'ra bilim olish zarurroqdir. Ba’zi kishilar uchun hatto ma’naviy boylik hasham bo'lsa, boshqasi uchun ke- chiktirib bo'Imaydigan ehtiyoj bo'Iish mumkin.
Inson ehtiyojlari tarkibiga turli jihatdan yondashib, uni har xil guruhlarga ajratish mumkin:

  1. Ehtiyojlar subyektlariga1 ko'ra:

  1. individual;

  2. guruh;

  1. umumjamiyat ehtiyojlariga bo'linadi.


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling