D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuniy qism
- Asosiy tayanch tushunchalar
- Takrorlash va munozara uchun savollar
Turg‘un. Bu variantda nisbatan cheklangan turdagi mahsulot ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham nihoyatda sekinlik bilan o'sib boradi. Yaratuvchanlik faoliyati sust bo'lib, ishlab chiqarish — taqsimot — ayirboshlash — iste’mol - ehtiyojlar doiraviy harakatini eslatadi. Iqtisodiyotda umumiy turg'unlik yuz berib, ko'pincha, u mahalliy xalqlarning an’ana va urf-odatlari bilan bog'lanib ketadi.
Progressiv. Bunda ishlab chiqarish miqdori ko'payadi. Sifati yaxshilanadi, iste’mol va ehtiyojlar o'sadi. Uni tobora kengayib boruvchi spiralsimon harakat tarzida ifodalash mumkin. Bir qadar beqarorlikka qaramay, rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham o'sib boradi. Birinchi va ikkinchi variantda ehtiyojlarning o'sib borishiga qator omillar aks ta’sir ko'rsatadi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy ahvoli, fuqarolarning yashash tarzi madaniyati ehtiyoj doirasini belgilab beradi. Bu holda ehtiyoj- ga quyidagilar ta’sir ko'rsatadi: moddiy va ma’naviy madaniyatning pastligi, inson uchun zaruratning eng asosiylari bilan cheklanish. Eng zarur ehtiyojlarning esa juda sekin o'sishi; mehnat taqsimotining pastligi, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va ehtiyojlarning oshib borishiga yo'l qo'ymasligi; narxlarning balandligi, daromadlarning pastligi eng oddiy
ko'plab mamlakatlarda aholi sonining moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga nisbatan tez o'sishi. Ehtiyojlarning barqaror o'sib borishini uchinchi variant ta’minlashga qodir bo'lib, u mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, aholining pul daromadlari va aholi jon boshiga real boylikning ко‘pay ishi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga, bu yerda ehtiyojlar bilan ishlab chiqarish o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud. Chunki, insonlarning xohishi bilan imkoniyati har doim ham mos kelaver- masligi mumkin. Yakuniy qism Demak, inson yashar ekan uning turli-tuman ehtiyojlari mavjud va ular qondirilishi zarur. Ehtiyojlarni qondirish kishilar- ning yashashlari, kamol topishlari uchun zarur. Biroq ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘ladigan ne’matlar cheklangan. Sababi, ularni ishlab chiqarish uchun resurslar cheklangan. Cheklanganlik bizni har qadamda tanlashga, imkon qidirishga majbur qiladi. Eng zarur yechimlami tanlab qaror qabul qilishimiz uchun muqobil variantlami taqqoslashimiz, taqqoslash uchun esa uning me- zonlarini belgilashimiz kerak. Ehtiyojlar tarkibi nihoyatda xilma-xil bo‘lgani uchun ularga turli jihatdan yondashib, qo'yilgan maqsadga ko‘ra ma’lum bir gu- ruhlarga bo‘lish, ularning muhimlarini ajratish mumkin. Bu tanlovni osonlashtiradi. Turli variantlardan birini tanlash, ba’zi ehtiyojlardan voz kechishga yoki iste’mol miqdorini kamaytirishga olib keladi. Insonning butun hayoti tanlov asosida qanday qarorga kelishiga bog'liq. Iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi ham ana shu tanlovni eng maqbul yo'llarini topib, to‘g‘ri qaror qabul qilishni o'rganishdir. Ehtiyojni qondirishdan qanday maqsad ko'zlanganiga qarab, ular shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyojlariga bo'linadi. Shaxsiy ehtiyojlar kishilarning yashash uchun zarur, shaxsiy iste’mol zaruratini qondiradigan ne’matlarga bo'lgan ehtiyoji bo'lsa, ishlab chiqarish ehtiyojlari esa ana shu ne’matlami ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan iqtisodiy resurslarga ehtiyoj bo'lib, ular moddiy, mehnat, axborot, moliyaviy resurslardan iborat. Mavjud iqtisodiy resurslardan to'la foydalanish evaziga eng ko'p mahsulot ishlab chiqarish «ishlab chiqarish imkoniyati» dey-
Iqtisodiyotning bosh muammosi, bu — jamiyat a’zolari ehtiyojlarining cheksizligi va ularni qondirish uchun zarur resurslarning cheklanganligi muammosidir. Chunki, u boshqa barcha muammo- larni qamrab oladi. Kishilik jamiyati uni yechish uchun harakat qilib, yangiliklar yaratadi, ixtirolar qiladi. Jamiyat taraqqiyotining asosida ham ana shu muammo va har bir aniq vaziyat da uni hal etish uchun qilingan harakatlar, urinishlar, oxir-oqibat ularning nati- jasi yotadi. - - Ehtiyojlarni to‘laroq qondirishning yagona yo‘li ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hajmini ko'paytirish va ularni yaratish uchun sarflanadigan resurslar miqdorini kamaytirishdir. Navbatdagi mavzular ana shu masalalami o'rganishga qaratilgan. Asosiy tayanch tushunchalar Ehtiyoj. Ehtiyojlarning yuksalib borishi iqtisodiy qonuni. Iqtisodiy resurslar. Iqtisodiyotning bosh muammosi. Tanlovning muqobil qiymati. Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'i. Takrorlash va munozara uchun savollar Ehtiyoj nima? Nima sababdan uni biz obyektiv va subyektiv xarakterga ega deymiz? Iqtisodchilar tomonidan ehtiyojlar qanday guruhlarga ajratiladi? Yakka va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlarga qanday ehtiyojlar kiritiladi? Iqtisodiyotning bosh muammosi nima? Nima sababdan uni bosh muammo deb ataymiz? Tanlov nima? Uning mezonlari-chi? Ishlab chiqarish imkoniyati yoki transformatsiya egri chizig'i nima? Nima sababdan iqtisodiyot nazariyasini o'rganishni ehtiyojlarni o'rganishdan boshladik? Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling