D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Download 0.89 Mb.
bet93/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

O'qituvchining roli:

  • qaror qabul qiladi;

  • darsni tashkil qiladi va boshlaydi;

  • nazorat qiladi va zarur bo'lganda, aralashadi;

  • tahlil qiladi va baholaydi;

Bu metodni qanday qoilanishini yuqorida kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishning kooperativ metodi haqida to'xtalganimizda, qo'llashning asosiy qoidalarini ko'rib o'tdik.

Kooperativ metodning darslik, maqola yoki boshqa matn bilan ishlashga qaratilgan bir usuli «Bumerang»1 deb nomlanadi.

Bu metod o'quvchi-talabalarning dars jarayonida, darsdan tashqari turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan materi­alni yodda saqlab qolish, so'zlab bera olish, o'z fikrini erkin bayon qilishni o'rganishiga, dars davomida ularni bilimini baholashga qaratilgan. Metodni qo'llashdan maqsad o'quvchi-talabalarga tarqatilgan materialni yakka va guruh bo'lib o'zlashtirish, suhbat, munozara orqali uning mazmunini tushunishlariga erishishdan ibo­rat.

«Bumerang» metodi kooperativ o'qitish metodi bo'lib, kichik guruhlar bilan dars o'tishga o'xshash bo'Iadi. Bunda dars jarayo­nida talabalarga o'rganilishi lozim bo'lgan matn bilan ishlash top- shiriladi. Bunda dastlab umumiy mavzu matni kichik guruhlarning soniga ko'ra boiinib, kichik guruhning barcha a’zolariga bir xil matn tarqatiladi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling