D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar


Download 0.89 Mb.
bet95/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar

Juftlik, kichik guruh, hamkorlik qilish, individual fikr, guruh taqdimoti, tayyorgarlik ko'rish, axborot bilan ta’minlash, topshiriq ustida ishlash, yakuniy bosqich, metodning afzalliklari, metodning kamchiliklari

Takrorlash va munozara uchun savollar

]. Juftlik va kichik guruhlarga bo'linib, dars o'tish qaysi jihat­lari bilan boshqa metodlardan ajralib turadi?

  1. Talabalarning samarali ishlashi uchun kichik guruhlarda qanday qoidalarga amal qilish kerak?

  2. Kichik guruhlarda ishlash talabalarga nimalarni o'rgatadi?

  3. Kichik guruhlarga bo'linib, dars o'tishning asosiy fazalari va ularning mazmunini aytib bera olasizmi?

  4. Metodning afzalliklari nimada? Kamchiliklari-chi?

  5. Sizningcha, kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishning qaysi modellarini qo'llash imkoniyati katta?



  1. bob. IQTISODIY FANLARNI 0‘RGANISHDA MODELLASHTIRUVCHI AMALIY 0‘YINLAR METODI


Ma’lumki insonning shaxs sifatida kamol topishi o‘yindan, o'yinchoqlardan boshlanadi. Shuning uchun qadimdan insonni turli-tuman bilimlarga ega bo'lishi, ularda malaka, ko'nikma, ma- horat shakllanishida o'yinlardan foydalanilgan. O'yin hech kimni befarq qoldirmaydi. Shuning uchun ham iqtisodiy fanlardan real hayotga yaqinlashtirib tuzilgan o'yinlar asosida dars o'tish muhim ahamiyatga ega.

Navbatdagi bob ana shu metodni qo'llashni o'rganishga bag'ishlangan.

  1. §. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda modellashtiruvchi amaliy o‘yinlar metodining tutgan o‘rni

Olimlarning tadqiqotlariga ko'ra, o'yin mehnat va o'qish kabi faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Insonni shaxs sifatida kamol topishida o'yinlarning ahamiyati katta. O'yinlar inson o'zini hayotda namoyon qilishi, o'z o'rnini topishi, o'z-o'zini boshqa- rishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.

O'yinlarni dars o'tish metodi tariqasida borgan sari kengroq qo'llanishiga asosiy sabablardan biri uning qadimdan insonda turli- tuman bilim, ko'nikma, mahoratni hosil bo'lishi va uning xotira- sida saqlanish shakli sifatida qo'llanilib kelishidir.

Iqtisodiy fanlarni o'rganishda modeUashtirish metodi muhim o'rin tutadi. Aynan modellashtirishda talabalar iqtisodiy tushun- chalarni o'rganishni eshitish, ko'rish orqaligina emas, balki o'zlari ham qatnashib o'rganadilar. Natijada, birinchidan, eng passiv tala­balarni ham darsda faol qatnashishlari ta’minlanadi. Ikkinchidan, talabalar u yoki bu tushunchani, jarayonni o'rganishda o'zlari qat- nashganlari tufayli u xotiralarida uzoq saqlanib, faol bilim zaxirasini tashkil etadi.

Bilim va malaka o'qish, faoliyat yuritish jarayonida shaklla­nadi. Biror malakani egallash uchun unga oid faoliyatni ko'p marta takrorlash, mashq qilish, muntazam amalga oshirish zarur. Ana shu



jarayon natijasida o‘quvchi, talabalarda uquv, ko'nikma shaklla­nadi.

Bu jihatdan ham modellashtiruvchi o'yin metodi katta ahami­yatga ega. O'yinlaming afzalligi shundan iboratki, o'yin ishtirok- chilari o'ziga u yoki bu rolni olib, harchand qiziqishlari bir-birinikiga mos tushmasa-da, o'zaro muloqotga kirishadilar, natijada ziddiyatli vaziyat yaratilib, ehtirosli holat yuzaga keladi va bu o'yinga qiziqish uyg'otadi. O'yin ishtirokchilari beixtiyor ravishda o'yin davomida o'z xislatlarini namoyon qiladilar. Bunda ular olgan bilim, kasbiy o'quv

  • malakalarinigina emas, balki umumiy iqtidorini, o'z tabiatidagi mavjud jurat, tezkorlik, kirishimlilik, tashabbuskorlik, faollik kabi xislatlar bor yoki yo'qligini ham namoyish etadilar.

Talabani o'yin jarayoniga tortilishi, o'yin jarayonida yuz bera­digan vaziyat, emotsional hayajon, qavg'urish ularni ijodiy faoli- yatini oshiruvchi kuchli stimulator rolini o'ynaydi. Talabalarda predmetni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish ortadi.

O'yinlardan foydalanib dars o'tish turli maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan.

0‘yinning didaktik maqsadi. Talabalarni bilimlarni o'rganish, tushunish, amaliyotda olgan bilim, malaka, ko'nikmalarini qo'llash, ularni rivojlantirish, mehnat ko'nikmalarini kengaytirishga qaratil­gan. ■

0‘yinning tarbiyaviy maqsadi. Mustaqillikni, irodani tarbiya- lash, ma’naviy, estetik dunyoqarashni shakllantirish, jamoaga kirishib keta olish -kommunikabellikni tarbiyalash.

Modellashtiruvchi o'yinlar: shartli ravishda imitatsion, amaliy, rol ijrosiga asoslangan o'yinlarga bo'linadi.

Imitatsion o'yinlarda biron bir tashkilot, muassasa, korxona faoliyati andoza qilinadi. Voqyealar kishilarning biror faoli- yati(biznes rejasini muhokama qilish, ish majlislari) andoza qilib olinishi mumkin.

Amaliy(operatsion) o'yinlar. Bunday o'yinlarda aniq o'ziga xos voqyea-hodisa, faoliyat, operatsiyaning bajarilishi mashq qilinadi. Amaliy o'yinlar ish jarayoniga xos ravishda modellashtiriladi.

Rol ijro etish o'yinlari. Unda aniq shaxsning xulqi, xatti- harakati va majburiyatlarining bajarilish taktikasi mashq qilinadi.

Rol o'yinlari o'quvchi-talabalarning shaxsiga katta ta’sir ko'rsatadi. Bu o'yinlarda o'yinda qatnashuvchilarning o'zi muam- molarni o'ylab topishadi, ular faoliyati va qaror qabul qilishi chek- lanmaydi. Ularning o'zi maqsad qo'yib, uni amalga oshirish uchun o'yin qoidasi doirasida turli vositalardan foydalanishadi.





0‘yindagi vaziyat o'yin ishtirokchilari tomonidan alohida pe- dogogik usul sharoitida emas, balki kundalik real hayotiy vaziyatni davomi kabi qabul qilinadi.

Rolli o'yinlar — bu yoshlami tarbiyalash va bo‘sh vaqtini o'tkazishni tashkil qilishning shakli ham. Bu o'yinlar o'rganish, tarbiyalash, dam olishda qo'llaniladi va ular katta pedagogik poten- sialga ega. O'yinlar o'quv jarayonida o'qitish, o'rganish metodi. Uni turli darajada va maqsadlarda qo'llash mumkin.

Barcha talabalarni darsga qiziqib, faol qatnashishlarini ta’minlashda -modellashtiruvchi o'yin metodining oldiga tushadi- gani yo'q.




  1. Download 0.89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling