Da quruQlikda yashovchilar (Amphibia) sinfining umumiy tavsifi va tasnifi, ekologiyasi


Download 26.39 Kb.
bet4/5
Sana09.01.2022
Hajmi26.39 Kb.
#258961
1   2   3   4   5
Bog'liq
1,8

Oyoqsizlar turkumiga 60 ga yaqin tur kiradi, tashqi ko’rinishidan chuvalchanglarga o’xshaydi. Tropik zonalarda tarqalgan, yer tagida hayot kechiradi. Oyoqlari yo’q, ko’zlari reduksiyalangan. Urug’lanishi ichki. Kopulyativ organi bor. Umurtqalari amfitsel tipida, qovurg’alari bor. Yurak bo’lmalari orasidagi parda to’liq emas.

Bu turkumga Janubiy Amerikada tarqalgan halqali chervyagani va Janubiy-Sharqiy Osiyoda tarqalgan seylon ilon baliqni vakil qilib keltirsa bo’ladi.



Dumlilar turkumiga 280 ga yaqin tur kiradi va asosan Shimoliy yarim sharda tarqalgan. Gavdasi uzunchoq bo’lib, yaxshi rivojlangan dumi bor. Oldingi va keyingi oyoqlari deyarli bir xil uzunlikda bo’ladi. Tana umurtqalariga kurtak holidagi qovurg’alari birikkan. Peshona va tepa suyaklari qo’shilmagan. O’mrov suyagi yo’q, bilak va tirsak hamda katta va kichik boldir suyaklari o’zaro qo’shilmagan. Keyingi kovak vena bilan bir qatorda kardinal venalar ham saqlanadi. Yon chiziq organi umrbod saqlanadi. Urug’lanishi ichki. Ba’zi turlarida neoteniya hodisasi uchraydi, ya’ni lichinka metamorfozga uchramaydi va lichinka holida ko’payadi.

MDH da dumli amfibiyalardan tritonlar keng tarqalgan. Karpat tog’larida – olovli salamandra, Uzoq Sharqda – yapon salamandrasi, Bolqon orollarida esa protey va boshqalar yashaydi.




Download 26.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling