Dag’al dispers sisremalar
Download 22.86 Kb.
|
Dag’al dispers sisremalar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Emulgator bu yerda stabilizator vazifasini bajaradi.
Emulsiyalar olish uchun birinchidan, emulsiya tarkibiga kiruvchi suyuqliklarni yetarli darajada dispers holatga o’tkazish va ikkinchidan, hosil qilingan dispers sistemani barqaror qilish kerak. Suyuqliklarnng yetarli darajada disperslanishi uchun ularni mexanik chayqatish, maxsus kurakchali aralashtirgichlar bilan aralashtirib, mayda teshiklardan o’tkazish, ultratovush ta’sirida aralashtirish kabi metodlardan foydalaniladi.Kontsentrlangan barqaror emulsiyalar hosil qilish uchun sistemaga suyuqliklarning sirt tarangligini kamaytiradigan, suyuqliklar sirtida mustahkam parda hosil qilib dispers faza tomchilarining bir-biri bilan yopishib ketishiga yo’l qo’ymaydigan uchinchi modda- emulgator qo’shish kerak. Akademik P.A. Rebinder tekshirishlariga ko’ra emulgatorning vazifasi faqat fazalar aro sirt tarangligini kamaytirish emas, balki asosan, emulsiya tomchilari sirtida mexanik jihatdan mustahkam, koalestsentsiyaga qarshilik ko’rsata oladigan himoya pardalar hosil qilishdan iborat.Emulgator bu yerda stabilizator vazifasini bajaradi.Emulgator bu yerda stabilizator vazifasini bajaradi.O’ta kontsentrlangan emulsiyadagi tomchilar o’z shaklini o’zgartirib, ko’p burchak (poliedr) shakliga o’tish mumkin. Agar bu emulsiyaga mikroskop bilan kuzatilsa, uning ichidagi suyuqlik tomchilari xuddi asalari inini eslatadi;ular o’z navbatida xosslari bilan, ko’pincha, gellarga yaqin turadi. Emulgatorlar sifatida ishlatiladigan SAMning tarkibida (uning disperslik darajasidan qat’iy nazar) gidrofil va gidrofob qismlari bo’lishi kerak. Kuchli gidrofil hususiyatga ega bo’lgan emulgator M/S tipidagi emulsiyalar olish uchun xizmat qiladi. Gidrofob xosslari kuchli bo’lgan emulgatorlar esa S/M tipidagi emulsiyalar hosil qilishda ishlatiladi.Sovun eng ko’p ishlatiladigan emulgatorlar hisoblanadi. Ishqoriy metallarning sovunlari kuproq gidrofil xossaga ega bo’lganidan, M/S tipidagi emulsiyalar olishda emulgator sifatida ishlatiladi. Ko’p valentlik metallarning sovunlari ko’proq gidrofob xossaga ega bo’lgani uchun S/M tipidagi emulsiyalar olishda ishlatiladi. (Sovunlar- to’yingan organik kislotalarning ishqoriy metallar bilan hosil qilgan tuzlari va sulfokislotalarning tuzlari bo’lib kir yuvish vositalaridir).Download 22.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling