Dag’al dispers sisremalar


Download 22.86 Kb.
bet7/10
Sana28.01.2023
Hajmi22.86 Kb.
#1135720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Dag’al dispers sisremalar-fayllar.org

Margarin keng tarqalgan oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. U asosan, oldindan oziq-ovqat moylarida rafinlanga (aralashmalardan tozalangan) kontsentrlangan suv (sut) emulsiyadan iborat. Margarin ishlab chiqarishda emulgator sifatida tabiiy mahsulotlar tuxum sarig’I, letsitin, yoki maxsus oziq-ovqat emulgatorlari- moy kislotalarining monoglitseridlari, shakar glitseridlari ishlatiladi.

Parfumeriya va farmasevtika sanoatida ishlab chiqarilayotgan ko’pgina kremlar va mazlar ham emulsiyalar hisoblanadi.

Ko’piklar


  • Ko’piklar

      Ko’pikda dispersion muhit sifatida hamma vaqt suyuqlik hizmat qiladi, lekin suyuqlik ko’pik hajmining juda oz qismini tashkil qiladi. Ko’pik- dispers faza-gaz va dispersion muhit-suyuqlikdan iborat bo’lgan yuqori kontsentratsiyadagi mikrogeterogen sistemadir. K‘opiklardagi gaz pufakchalarining o’lchami katta va ko’p qirrali shakliga ega bo’lib, ular bir biridan juda yupga dispersion muhit pardalari bilan ajralib turadi.

      Kontsentrlangan ko’piklar xosil qilish uchun xuddi emulsiyalardagi kabi stabilizator kerak bo’ladi. Masalan, suv va havodan iborat bo’lgan barqaror ko’pik olish uchun sovun, yetmak va oqsillar stabilizator sifatida ishatiladi

Xuddi emulsiyalardagi kabi bu yerda ham stabilazotlar vazifasini SAMlar bajaradi. Stabilizator suyuqlikning sirt tarangligini kamaytirib, mexanik jihatdan mustahkam pardalar hosil bo’lishini taminlaydi. Ko’pik pardasi pishiq bo’lgandagina u barqaror bo’ladi. Faqat elastik pardalardan iborat ko’piklar uzoq vaqt tura oladi.

Xuddi emulsiyalardagi kabi bu yerda ham stabilazotlar vazifasini SAMlar bajaradi. Stabilizator suyuqlikning sirt tarangligini kamaytirib, mexanik jihatdan mustahkam pardalar hosil bo’lishini taminlaydi. Ko’pik pardasi pishiq bo’lgandagina u barqaror bo’ladi. Faqat elastik pardalardan iborat ko’piklar uzoq vaqt tura oladi.

Ko’piklarni xarakterlashda disperslik(ya’ni ko’pik pufakchalarining o’rtacha diametri), suyuqlik pardalarining o’rtacha qalinligi, ko’pikning mustahkamligi (o’z-o’zicha yemirilish vaqti), ko’pik pardalarining yupqalashish tezligi kabi ko’rsatkishlardan ham foydalaniladi.


Download 22.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling