Dag’al dispers sisremalar
Download 22.86 Kb.
|
Dag’al dispers sisremalar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Birinchi tur emulsiyalar M/S bilan, ikkinchi tur emulsiyalar esa S/M bilan belgilanadi.
EmulsiyalarEmulsiyalar Bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlikdan iborat suyuq mikrogeterogen dispers sistema emulsiya deb ataladi. Emulsiya dispers faza zarrachalarining o’lchami 10-8 dan 10-3 sm gacha oraliqda bo’ladi. Emulsiya hosil bo’lishi uchun suyuqliklar bir-birlarida juda oz erishi kerak; masalan, emulsiya hosil qiluvchi suyuqliklardan biri sifatida suv olinsa suvda oz eriydigan suyuqlik shartli ravishda <> (<>) deb ataladi. Suyuqliklarning qaysi biri dispers faza bo’lishiga qarab, emulsiya ikki turga bo’linadi. Agar <> dispers faza bo’lsa, bunday emulsiya moyning suvdagi emulsiyasi deyiladi; agar aksincha, suv tomchilari <> ichida tarqalgan bo’lsa bunday emulsiya suvning moydagi emulsiyasi deb ataladi. Birinchi tur emulsiyalar M/S bilan, ikkinchi tur emulsiyalar esa S/M bilan belgilanadi.. Birinchi tur emulsiyalar M/S bilan, ikkinchi tur emulsiyalar esa S/M bilan belgilanadi.Agar emulsiyada dispers fazaning xajmi emulsiya hajmining 1/100-1/10000 qismini yoki dispers fazaning miqdori 0,1% ni tashkil etsa, bu emulsiya suyultirilgan emulsiya deb ataladi. Dispers faza miqdori 74% gacha bo’lsa kontsentrlangan, 74% dan ortiq bo’lsa o’ta kontsentrlangan emulsiya ega bo’lamiz.Ikki toza suyuqlikni bir-biri bilan aralashtirib, suyiltirilgan emulsiyalarning hosil qilish mumkin. Ikki toza suyuqlikdan hosil qilingan emulsiyada dispers fazaning eng ko’p miqdori (hajm jihatdan) 2% dan ortiq bo’lmaydi. Bunday emulsiya bir oz vaqt turgandan keyin dispers faza tomchilari bir-biri bilan birlashib, (koalestsentsiya) ikki qavatga ajraladi.Emulsiyalar olish uchun birinchidan, emulsiya tarkibiga kiruvchi suyuqliklarni yetarli darajada dispers holatga o’tkazish va ikkinchidan, hosil qilingan dispers sistemani barqaror qilish kerak. Suyuqliklarnng yetarli darajada disperslanishi uchun ularni mexanik chayqatish, maxsus kurakchali aralashtirgichlar bilan aralashtirib, mayda teshiklardan o’tkazish, ultratovush ta’sirida aralashtirish kabi metodlardan foydalaniladi.Download 22.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling