Dak ga tavsiya etaman” Magistratura bo‘limi boshlig‘i R. Jalalov


Download 305.5 Kb.
bet12/23
Sana03.11.2023
Hajmi305.5 Kb.
#1743793
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
dissertatsiyam tayyori

1. Axloq normalari — "Pancha shila" (Buddaning besh nasihati):

  • qotillikdan saqlanish;

  • oʻgʻrilikdan saqlanish;

  • gumrohlikdan saqlanish;

  • yolgʻon, qalbaki narsalardan saqlanish;

  • mast qiluvchi narsalardan saqlanish.

2. Meditatsiya.

  • toʻgʻri tushunish (toʻgʻri eʼtiqod qilish) — Buddaning birinchi daʼvatida soʻz yuritilgan toʻrt haqiqatni bilish va unga ishonish;

  • toʻgʻri niyat qilish — dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos boʻlishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qoʻyishdan saqlanishga intilish;

  • oʻzini toʻgʻri tutish — oʻziniki boʻlmagan narsaga koʻz olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik;

  • toʻgʻri anglash — oʻz tanasi va ruhiga oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan darajada nazoratda boʻlish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qoʻyish;

  • toʻgʻri harakat qilish — oʻzidagi yomon tuygʻularni jilovlash hamda ezgu tuygʻular va harakatlarni rivojlantirish;

  • toʻgʻri hayot kechirish — noʼmaqul hayot tarzidan saqlanish;

  • toʻgʻri fikr yuritish — kamolotning toʻrt bosqichini ketma-ket bosib oʻtish;

  • toʻgʻri gapirish — yolgʻondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish.

3. Donishmandlik — bu buddizmning asosiy maqsadi boʻlib, narsalar tabiatini toʻgʻri tushunishdan iborat.
Yuqorida koʻrsatilgan uch amaliyot bosqichini oʻtagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, yaʼni nirvanaholatiga erishadi. Nirvana soʻzining lugʻaviy maʼnosi — "oʻchish, soʻnish". Unda hayotning har qanday koʻrinishiga intilish yoʻqoladi.
Buddizmning ahloqiy g’oyalarda bilim, jumladan ahloqiy meyorlar xudojo`ylikka xizmat qilishi kerak degan da`vat ham bor. Bu da`vat tahlil etilsa, asossizligi ma`lum bo`ladi. Bilim, ayniqsa, ilm-fan jamiyat taraqqiyotiga, tabiatni insonga bo`ysundirishga, salbiy omillarni yo`qotishga shaxs, jumladan talaba kamolatiga xizmat qilishi shart; xudojo`ylikka esa diniy ta`limot xizmat qilaversin. Lekin buddizning bilimlar azob-uqubatdan qutilishga xizmat qilishi zarur degan daovosi juda to`g’ri. Masalan, meditsina bilimlari hamma odamlar uchun suv bilan havodek zarur. Xulosa shuki, buddizm ta`limotida ijobiy jihatlardan ko`ra salbiy, g’oyat ko`xna,.g’ayriilmiy da`vat, nasixat, tavsiyalar va o`rinsiz cheklash, asossiz ta`qiqlashlar ustunroqdir. SHuning uchun bu din tez parchalanib ketgan.
Buddizmning muqaddas yozuvi Tripitaka eramizdan oldingi 1-ming yillikda bitilgani uchun zamonlar o`tishi, Hindistonda har xil o`zgarishlar yuz berishi natijasida talabga javob bermay qolgan; buddistlar orasida ziddiyatlar, xatto konfliktlar yuzaga kelgan. Buddizm Hindistonda Kushon podshoxligi davrida ravnaq topib, keyin uning ta`siri kamayib, o`zi bo`linib, o`z o`rnini hinduizmga bo`shatib bergan. XII asrga kelganda bu o`lkada deyarli yo`qolib, boshqa mamlakatlarga kengroq yoyilgan. Buddizm orasida boshqa jaxon dinlaridagi kabi ko`plab oqim va sektorlarning kurashi hamisha yuz berib turgan. Buddizmning himayana, mahayana degan yirik shakllari keng tarqalgan. Tibetda esa XIV-XVI asrlarda lamaizm shakllangan. Xitoyda boshqasi bo`lgan.
XX asr o`rtalariga kelib buddizm G’arbiy Evropa mamlakatlarida ommalashib ketgan. Bu asrning oxirlari 80-90 yillarda neobuddizm va metabuddizmning bir qancha oqimlari paydo bo`lgan. Hozirgi davrda Osiyoning o`zida saqlanib qolgan mintaqaviy shakllarining uyushmalari ijtimoiy hayotga, siyosatga aralashib, goh ijobiy, goh salbiy rol o`ynamoqda. endi yaxlit buddizm yo`q, mintaqaviylari qolgan. Buddizmning bir qanoti Evropaga o`tgan.
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixi va madaniyatida buddizm muayyan o`rin egallaydi. U Zardushtiylik dini ta`sirida va u bilan yonma - yon shakllangan dinlardan biri bo`lgan buddizm miloddan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonning shimolida vujudga kelgan bo`lib, keyinchalik Janubi - SHarqiy va Markaziy Osiyo hamda Uzoq Sharq mamlakatlarida keng tarqaldi. Uning vujudga kelishi hind jamoalarida ruy bergan muhim o`zgarishlar - urug’ - qabilachilik aloqalari va tartiblarining emirilishi, sinfiy jamiyatlarning vujudga kelishi va yirik quldorlik davlatlarining paydo bo`lishi bilan bog’liq edi. III asrga kelib dunyoviy jamiyat (imperator Ashona)ning faol qo`llab - quvvatlashi natijasida mulk darajasi yagona bo`lgan budda tashkiloti (monaxlik jamoasi - singxa) va diniy aqidachilik shakllangan.
Buddizm ichida ko`plab sekta va yo`nalishlarning kurashi doimo sodir bo`lib kelgan. Xinayana buddizmning eng qadimgi shakllaridan biri hisoblanadi. Undan keyinroq, asosan Hindistondan tashqarida tarqalgan shakli - maxayanadir.
Buddizmning Markaziy Osiyo va SHarqiy Turkistonda tarqalishi miloddan avvalgi II asrda bu erlardagi qabilalarning avlodlari tomonidan tugatilgan grek - baqtriya podshohligining o`rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga to`g’ri keladi. Kushon imperiyasi o`zining eng gullagan davrida (milodning I - III asrida) hozirgi Markaziy Osiyoning bir qismini, Afg’oniston, Pokiston, SHimoliy Hindiston, ehtimol Uyg’uristonni ham o`z ichiga olgan. Kushon podsholigi davrida buddizm Hindistonda Markaziy Osiyoga, undan esa Buyuk ipak yo`li orqali Xitoy va Uzoq SHarq hududiga tarqalgan.
Keyingi o`n yilliklar mobaynida olib borilgan arxeologik izlanishlarning natijalari va tarixiy ma`lumotlarini umumlashtirgan holda taxmin qilish mumkinki, islomgacha bo`lgan davrda buddizm Markaziy Osiyoda g’oyaviy turmushning muhim tarkibiy qismlaridan birini tashkil etgan. Devorlarga solingan rasmlarni, haykallarni, toat - ibodat buyumlarini, tangalarga sovga qilingan sopol idishlarga bosilgan har xil yozuvlarni o`rganishlar qora tepaning melodning I asr oxiri va II asrning boshlarida bunyod qilinganligidan, arablar bosqinchiligidan keyin tugatilgan va keyinchalik vayronaga aylangan.
Markaziy Osiyoda bir necha yuz mingdan iborat koreys millatiga mansub kishilar yashaydi. Ularning oilaviy - maishiy an`analari, milliy udumlarining ayrim tarkibiy qismlari maxayana (shimoliy) ko`rinishidagi buddizm ta`sirida shakllangandir. Xulosa shuki, buddizm o`rta asrlardayoq krizisga uchrab, parchalanib, yaxlit, bir butun dindan mintaqaviy dinlarga aylanib ketgan.



Download 305.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling