Dak ga tavsiya etaman” Magistratura bo‘limi boshlig‘i R. Jalalov


II BOB. JAHON DINLARI: UMUMIYLIK VA O`ZIGA XOS JIHATLARI


Download 305.5 Kb.
bet11/23
Sana03.11.2023
Hajmi305.5 Kb.
#1743793
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
dissertatsiyam tayyori

II BOB. JAHON DINLARI: UMUMIYLIK VA O`ZIGA XOS JIHATLARI
2.1 Buddaviylik dinining paydo bo`lishi, yo`nalishlari va ijtimoiy-falsafiy asoslari.
Buddaviy dini — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan ushbu din geografik jihatdan Markaziy Osiyo, Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda buddaviylik dini Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir.
Buddaviylik dini muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Buddaviylikda 2 ta asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.
Boshqa dinlardan farqli ravishda buddaviylikda hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto Xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. Buddaviylik taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob-uqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand, befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob-uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxir-oqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. Buddaviylik zamirida 3 narsa — Budda (Muqaddaslangan zot), Dharma (ta'limot) va Sangxa (rohiblar jamoasi) ga eʼtiqod qilish yotadi.
Ta'limot qisqacha bayoni:
1 - azob uqubat mavjud
2 - azob uqubat sababi - istak mavjud
3 - azob uqubat tugashi - nirvana mavjud
4 - azob uqubat tugashiga olib keluvchi 8 bosqichli yo'l mavjud
Sangxa jamoasiga qabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi:
1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik;
2) yolgʻon soʻzlamaslik;
3) oʻgʻrilik qilmaslik;
4) jinsiy aloqaga kirmaslik;
5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik;
6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik;
7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik;
8) ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik;
9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik;
10) pul ishlatmaslik.
Rohiblar jamoasi asosan budda txeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti) ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy kishilar (yaʼni oddiy qavm)ga ham; Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa — muqaddaslik va qudrat xazinasi. Qisqasi, Buddaviylik — Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir.
Buddaviylik tarixi 2500-yildan ortiqdavrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmni taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida buddaviylik kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. IX asrga qadar muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatgan buddaviylik Hindistonda inqirozga yuz tuta boshlagach, bu yerda uning oʻrnini xinduizm dini egallay boshlaydi. Ammo buddaviylik Shri Lanka, Jan.Sharkiy Osiyo va Markaziy Osiyo orkali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Janubiy-Sharqiy Osiyoning materik qismida buddaviylik txeravadasi (qad. anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarkaldi. XV asrda Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar buddaviylik bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari buddaviylik diniga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik buddaviylik jamoalari tashkil topdi. Buddaviylik dinining bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.
Buddaviyik dinida kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, ibodatxona va xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda, 12—13 yoshli oʻspirin 20 yoshgacha, yaʼni balogʻatga yetgunga qadar monastirda rohiblikni oʻtaydi, lekin, taxminan ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qevm yoki dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi — rohiblarni ovqat bilan taʼminlashdir. Bu bilan ular xayrli xizmat qilgan boʻladilar.
XX asrda jahon boʻylab dunyoviy kishilarni ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning oʻzida ham buddaviylik dunyoviy shaklda qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" ("yangi dinlar") deb atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shovshuvga sabab boʻlgan "Aum sinrikyo" shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari asosan dunyoviy kishilardan tarkib topgan.Oʻzbekistonda ham bitta Buddaviylar jamoasi rasmiy ravishda faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Buddaviy dini payg'ambari - mil. avv. V asrda Sishartha Gautama bo`lib, keyinchalik uni Budda deb atay boshlangan.Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini taʼkidlaydilar. Bu taʼlimot toʻgʻrisida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Jina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar maʼnolari quyidagicha:
- Siddxartxa — shaxsiy ism,
- Gautama — urugʻ nomi,
- Shakyamuni — "Shakya qabilasidan chiqqan donishmand",
- Budda — "nurlangan",
- Tadxagata — "shunday qilib, shunday ketgan", Jina — "gʻolib", Bxagavan — "tantana qiluvchi". Ular ichida eng mashhuri "Budda" boʻlib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.
Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik.

Download 305.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling