Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Kirish I. Asosiy qism


Download 42.57 Kb.
bet11/15
Sana16.06.2023
Hajmi42.57 Kb.
#1509081
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Mevali daraxtlarning kuyishi


Kasallik olma, nok va boshqa mevali daraxtlarda Amerika, Yaponiya,
Italiya, Daniya, Germaniya, Polsha va boshqa davlatlarda ro’yxatga olingan. Respublikamiz uchun u karantin ob’ekti xisoblanadi.
Kasallik gul, novda, shox va mevalarda kuzatiladi. Gullar to’satdan so’liydi va qorayadi, barglar buraladi, qorayadi va shoxlarda osilib qoladi, daraxt kuydirilgansimon ko’rinishga kiradi. Zararlangan joyda yosh novda va shoxlarning po’stlog’i mo’l suyuqlik oqimi kelishi natijasida shishadi, keyinchalik u po’stloq bo’ylab gummoz ekssudat ko’rinishida oqib chiqadi. Suyuqlik dastlab rangsiz, keyinchalik to’q tusga kiradi va qaxrabo-sariq yoki to’q qo’ng’ir rangli tomchi ko’rinishida qotadi.
Yozda kasallik yo’qolganday bo’ladi, biroq baxorda sharbat xarakati boshlanishi bilan yana yangilanadi va butun o’simlik bo’ylab tarqaladi. Kasallik pishmagan yosh mevalarnigina zarar-laydi, pishayotgan va etilgan mevalar xatto sun’iy zararlanti-rilganda xam kasallanmaydi.
Kasallik qo’zg’atuvchisi – Erwinia amylovora Winsletal bakteriyalari. Ularning rivojlanishi uchun qulay xarorat 300S xisoblanadi, 45-500S da patogen nobud bo’ladi. Daraxtlarning zararla-nishi 180S xaroratdan boshlab sodir bo’ladi.
Kasallikning inkubatsiya davri kasallikka moyil navlarda 3-4 kun, chidamli navlarda 6-10 kun davom etadi. Kuyishning birinchi belgilari paydo bo’lishigacha minimal xarorat 140S dan yuqori bo’lishi talab etiladi.
Xorij olimlarining ma’lumotlariga ko’ra, E. amylovorabexi, irg’ay, do’lana, atirgul, olxo’ri, qorag’at, xo’jag’at va boshqa ko’pgina o’simliklarni zararlaydi.
Infeksiya manbai zararlangan daraxtlar xisoblanadi. Bakteriyalar yomg’ir tomchilari, bitlar, asalarilar va qushlar yordamida tarqaladi. Ular bog’ asboblari bilan xam (ayniqsa payvandlashda) berilishi mumkin. Ma’lumotlarga ko’ra, azotli o’g’itlarni bir tomonlama qo’llash kasallikni kuchaytirib yuboradi.
Virusli va mikoplazmali kasalliklar
Olma mozaikasi. Baxorda zararlangan o’simliklarning ri-vojlanayotgan barglarida och sariq, keyinchalik oq yo’llar, dog’lar va tomirlarning xoshiyalanishi yuzaga keladi. Keyinchalik barglarning ranggi o’zgargan joylari nekrotik tusga kiradi. Kuchli zararlangan barglar to’kilib ketadi.
Kasallik qo’zg’atuvchisi – Pyrusvirus 2 Smith. U turli shtammlar bilan ifodalanadi va mozaika bezagining aniqligi xamda agressivligi bilan ajralib turadi. Virusning uzunligi 29 nm, shakli sharsimon. Kasallik yosh o’simliklarda kuzatiladi, katta yoshlilarda tashqi belgilari ko’rinmaydi. Faqatgina chidamsiz navlarda zararlanishning birinchi yili eng kuchli patogen shtammlar ta’sirida yakka xlorotik dog’lar paydo bo’ladi.
Virus o’simliklarni payvand qilishda berilishi mumkin. Respublikamizda kasallik juda kam, axyon-axyonda uchrab turadi va katta zarar keltirmaydi.

Download 42.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling