Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Kirish I. Asosiy qism


Download 42.57 Kb.
bet9/15
Sana16.06.2023
Hajmi42.57 Kb.
#1509081
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Sutli yaltiroqlik


Kasallik urug’li va danakli meva ekinlarida kuzatiladi. Zararlangan barglar yaltiroq sutli yoki kumushsimon tusli oq rangga kiradi, keyinroq esa nekrotik dog’lar bilan qoplanadi. Barglar mo’rt bo’lib qoladi, quriydi va nobud bo’ladi. Zarar-lanish ko’pincha aloxida shoxlarda, ba’zan butun daraxtda kuzatiladi.
Bunday daraxtlarning yog’ochligi qo’ng’ir tusga kiradi.
Kasallangan daraxtlardagi mevalar yaxshi rivojlanmaydi, vaqtidan ilgari to’kilib ketadi yoki umuman xosil bo’lmaydi. Keyinchalik zararlangan shox yoki daraxt butunlay nobud bo’ladi. Danakli meva ekinlarida o’simliklarning nobud bo’lishi elim ajralishi bilan boradi.
Ko’pgina olimlar kasallikni daraxtning mexanik shikastlar yoki yog’ochligining sovuq urgan joyi orqali Aphyllophorales tartibiga mansub Stereum purpureum Fr. bazidiyali zamburug’ining kirishi bilan bog’lashadi. Blekman nazariyasiga ko’ra zamburug’ zaxarli modda ajratadi, u o’tkazuvchi nay tizimi bo’ylab tarqaladi va barglarda xujayra devorlarining oraliq plastinkalarini eritib yuboradi. Natijada bargning palisad parenximasi oson ajralib ketadi va kutikula ostida barglarga sutli yalitroqlikni beruvchi xavoli bo’shliqlar xosil bo’ladi.
Tirik daraxtda zamburug’ faqatgina mitseliy, nobud bo’lganlarida esa – ko’pincha tana asosida joylashuvchi meva tanalar rivojlantiradi. Meva tanalari dag’al, eni 2-3 sm, qalpoqchasining yoni bilan birikkan ko’rinishda cherepitsasimon joyla-shadi. Ularning yuzasi oqish-kulrang yoki qo’ng’ir-kulrang, to’lqinli, noaniq konsentrik yo’lli va chetlari to’lqinsimon. Gimenial qatlami silliq, dastlab binafsharang, keyinchalik jigarrang. Bazidiyalari to’qmoqsimon, o’lchami 24-60x4,5-6 mkm, 2-4 sterigmali. Bazidiosporalari rangsiz, silindrsimon, uchi dumaloqlashgan, o’lchami 4,5-10x3,5 mkm, baxorda va kuzda nam ob-xavoda tarqaladi, daraxtlarga tushgach, mitseliyga o’sadi va yog’ochlik bo’ylab tarqaladi.
Ayrim olimlar kasallikni zamburug’ bilan emas, balki yog’och-likni sovuq urishi natijasida barglarda va novdalarda suv mineral moddalar tanqisliging yuzaga kelishi bilan bog’lashadi. Ularning fikricha, kuchsizlanib qolgan daraxtlarda zamburug’-ning rivojlanishini o’simlikning butunlay nobud bo’lishiga olib keluvchi ikkilamchi xodisa deb qarash o’rinli. Ayrim xollarda daraxtlarda soxta sutli yaltiroqlik deb ataluvchi xolat yuzaga keladi. Unga tuproqda oxak etishmasligi va zovur tizimining sifatsizligi sababchi bo’ladi. Bunday xolatda yog’ochlikning qo’ng’ir tusga kirishi kuzatilmaydi.

Download 42.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling