Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Kirish I. Asosiy qism
Download 42.57 Kb.
|
Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nok barglarining qo’ng’ir tusga kirishi
SeptoriozKasallik nokda gullagandan so’ng paydo bo’ladi va yoz o’r-talariga borib kuchli rivojlanadi. Uning o’ziga xos belgisi – barglarda, ba’zan mevalarda xam, ingichka to’q qo’ng’ir xoshiyali mayda, dumaloq, kulrang dog’lar paydo bo’ladi. Keyinchalik ularning markazida qora nuqtalar – patogenning piknidalari xosil bo’ladi. Kasallik qo’zg’atuvchisi – Sphaeropsidales tartibiga mansub Septoria piricola Desm. takomillashmagan zamburug’i. O’simliklar vegetatsiyasi davrida mazkur zamburug’ jinssiz piknidial spora xosil qiladi va uning yordamida tez tarqaladi. Piknidalari och qo’ng’ir, deyarli sharsimon (diametri 110-200mkm), yuqorisida chiquvchi teshikli, bargning ikkala tomonida shakllanadi. Piknosporalari och zaytunrang, ipsimon, ikkita ko’ndalang to’siqli, eglgan, o’lchami 48-60x3-3,5 mkm. Kuzda va qishda to’kilgan barglarda piknidalarning o’rnida gurux bo’lib psevdotetsiylar paydo bo’ladi, ularda baxorda xaltasporali xaltalar shakllanadi va etiladi. Psevdotetsiylari to’q qo’ng’ir yoki qora, diametri 120-150 mkm. Xaltalari to’qmoqsimon, juda kalta va qalin oyoqli, o’lchami 55-70x9-15 mkm. Xar bir xaltada 8 tadan ikki xujayrali xaltasporalar 23 qator bo’lib joylashadi. Ular urchuqsimon, biroz egilgan, rangsiz, o’lchami 27-31x4 mkm. Xaltali davrida zamburug’ Mycosphaerella sentina Schroet deb ataladi va Dothideales tartibiga kiritiladi. Shunday qilib, o’simliklarning birlamchi infeksiyasi xaltasporalar xisoblanadi, ikkinchilari esa – piknosporalar. Ayrim xollarda to’kilgan barglarda piknidalar xam qishlashi mumkin, ular baxorda yangi piknospora bo’g’inini beradi. Kasallik barglarning qurishi va to’kilishini keltirib chiqaradi, bu esa yosh novdalarning kuchsizlanishi, daraxtlarning sovuqqa chidamliligining pasayishi nok mevalari xosilining kamayishiga sabab bo’ladi. Nok barglarining qo’ng’ir tusga kirishiKo’pincha ko’chatlarda, ba’zan katta yoshli daraxtlarda kuzati-ladi. Kasallik nok, bexi, irg’ay, mushmula va chetan daraxtlarini zararlaydi. Odatda kasallikning birinchi belgilari ko’chatzorlarda baxor oxiri – yoz boshida paydo bo’ladi. Barglarda qora nuqtali (spora xosil qilish) ko’p sonli, mayda, dumaloq, qo’ng’ir yoki kulrang dog’lar xosil bo’ladi. Kasallik ko’pincha yosh novdalarda xam pushti xoshiyali to’q qo’ng’ir, biroz botiq dog’lar ko’rinishida kuzatiladi. Kasallik qo’zg’atuvchisi – Sphaeropsidales tartibiga mansub Entomosporium maculatum Lev. takomillashmagan zamburug’i. U konidial spora xosil qiluvchi psevdopiknidalar va mitseliy shakllantiradi. Konidiyalari butsimonto’rt xujayrali, tukli, o’lchami 16-23x35-12 mkm. Ular yuqori nam-lik (85-95%) va 0,50S dan yuqori xaroratlarda o’sadi. Kasallik-ning inkubatsiya davri namlikka bog’liq ravishda keskin o’zgaradi: xavo xarorati 13-250S va namligi 95% gacha bo’lganda 4-5 kun, aynan shunday xaroratda, ammo past namlikda 14-16 kun. Qattiq qishdan so’ng zamburug’ to’kilgan barglarda baxorda xaltasporalarga ega bo’lgan to’qmoqsimon xaltali qora qo’ng’ir yassi sharsimon peritetsiy xosil qilishi mumkin. Xaltaspo-ralari teskari to’qmoqsimon, ikki xujayrali, rangsiz, o’lchami 18-26x6-7,5 mkm. Zamburug’ning xaltali davri Stigma teamespili Sor deb ataladi. Patogen ko’pincha to’kilgan barglar va yosh novdalarda mitseliy va konidiyalar bilan qishlaydi. Shudgor ostida qolgan zararlangan barglarda baxorda xaltasporali xaltalar xam, konidiyalar xam topilmaydi. Kasallikning etkazadigan zarari barglarning vaqtidan ilgari to’kilishi, novdalar o’sishining sekinlashishi, sharbat xarakatining susayishi va qand miqdorining pasayishi bilan ifodalanadi. Fosfor-kaliyli yoki to’liq mineral oziqlantirish o’simliklarning kasallikka chidamliligini oshiradi. Ko’chatlarni pikirovka qilishda ildizini kuchli kesib yuborish ularning kasallikka chidamliligini pasaytiradi. Download 42.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling