Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Kirish I. Asosiy qism


Download 42.57 Kb.
bet7/15
Sana16.06.2023
Hajmi42.57 Kb.
#1509081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Olmaning un shudring kasalligi


Kasallik olma, ba’zan behida yosh barglar, novdalar, to’p-gullar va mevalarda kuzatiladi. Olmada un shudring erta baxorda kurtaklar yozilayotganda va birinchi barglar xosil bo’la boshlaganda paydo bo’ladi. Novdalar va barglarda zararla-nish belgilari deyarli bir paytda yuzaga keladi. To’pgullar tig’iz oq g’ubor bilan qoplanadi, kuchli deformatsiyaga uchraydi, meva xosil qilmay quriydi, ularning bir qismi to’kilib ketadi. Novdalarda g’ubor dastlab oq, keyinchalik kirkulrang, to’q tusga kirib boruvchi, qora kleystotetsiyli bo’ladi. Barglarda (aksariyat qismi ostki tomonida) va barg bandida vaqt o’tgan sayin qizg’ish tusda ifodalanuvchi kulrang-oq g’ubor xosil bo’ladi. Zararlangan barglar yaxshi rivojlanmaydi va ko’pincha markaziy tomirga qarab qayiqsimon buraladi. Mevalarda un shudring oq g’ubor ko’rinishida rivojlanishning dastlabki davrlaridayoq paydo bo’ladi. Biroq bu g’ubor tezda yo’qolib ketadi va uning yuzasida mexanik shikastlanishda yuzaga keladigan po’kaksimon to’qimani eslatuvchi qizg’ish to’r qoldiradi. Juda kamdan-kam xollarda mevalarda kleystotetsiylar kuzatiladi, ular xosil bo’lgandan so’ng tezda to’kilib ketadi.
Kasallik qo’zg’atuvchisi – Erysiphales tartibiga mansub Podosphaera leucotricha xaltali zamburug’i. Olmadan tashqari nokni (ammo kamroq va kichik o’lchamlarda) xam zararlaydi. Patogen yuzada joylashuvchi mitseliy xosil qiladi, u o’simlikka apressoriylari yordamida yopishadi va to’qima ichiga gaustoriylarini kiritadi. Mitseliyda baxorda va yozda konidial sporalar rivojlanadi va xaltali davr – xaltaspora va xaltali kleystotetsiy shakllanadi.
Konidial spora xosil qilishi rangsiz, bir xujayrali, ellipssimon konidiyalar
(28-30x12 mkm) bilan ifodalanadi. Ular rangsiz, silindrsimon konidiyabandlarda
6-9 donadan zanjir ko’rinishida joylashadi. Konidiyalarning birinchi paydo bo’lishi kurtaklar yozila boshlaganda kuzatiladi, eng kuchli spora xosil qilishi esa yosh o’simtalar o’sa boshlaganda qayd etiladi. Konidiyalar yordamida zamburug’ bir o’simlikdan ikkinchisiga tez tarqalib, ularni zararlaydi. Jazirama ob-xavoda o’simliklar-ning umumiy xolati kuchsizlanadi va ularning un shudringga chidamliligi pasayadi. Kasallikning inkubatsiya davri xarorat va o’simlikxo’jayinning ontogenetik rivojlanishiga bog’liq ravishda 4 dan 10 kungacha davom etadi. Konidial spora xosil qilishning rivojlanishi 45 dan 100 kungacha davom etishi mumkin.
P. leucotricha ning kleystotetsiylari ko’pincha yosh novdalar va barg bandida, ammo konidiyalardan birmuncha kechroq rivojlanadi. Ular to’q jigarrang, sharsimon (diametri 75-100 mkm), ikki tipdagi o’simtali: birinchisi panshaxasimon shoxlangan, kleystotetsiyning yuqorisida xosil bo’ladi (ularning soni 3 dan 12 tagacha o’zgaradi, uzunligi esa diametridan 2-9 marta katta), ikkinchisi – kalta, piyozboshisimon, egri-bugri, asosida xosil bo’ladi.
Xar bir klestotetsiyda 8 ta xaltasporali bittadan xalta shakllanadi. Xaltalari ellipssimon, o’lchami 55-70x45-50 mkm, xaltasporalari bir xujayrali, o’lchami 2226x12-14 mkm. Zamburug’ning xaltali davri infeksiyaning rivojlanishida katta axamiyatga ega emas, chunki klestotetsiylar baxorgacha boshqa mikroorganizmlar ta’sirida emiriladi. Patogen qish davomida mitseliy ko’rinishida kurtaklarda saqlanadi, shuning uchun baxorda ularda birinchi konidial sporalar kuzatiladi.
Un shudring kuchli rivojlanganda katta zarar keltirishi mumkin. Zararlangan barglar yaxshi rivojlanmaydi va tezda to’kilib ketadi, zararlangan novdalar esa o’sishdan to’xtaydi, ularning uchi ko’pincha qurib qoladi. Shakllangan tugunchalar tez orada to’kilib ketadi. Xosildorlik 30-50% gacha pasayishi mumkin. Ko’pgina olimlarning fikricha, un shudring daraxtlarning qishga chidamliligini pasaytiradi. Sovuq xaroratlarda birinchi bo’lib zararlangan kurtaklar va novdalar nobud bo’ladi. Biroq ta’kidlash joizki, ular bilan patogenning mitseliylari xam nobud bo’ladi. Qattiq qishdan so’ng infeksiyaning kamayib ketishi aynan mana shu xolat bilan tushuntiriladi.

Download 42.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling