Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Kirish I. Asosiy qism
Download 42.57 Kb.
|
Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
Ildiz raki yoki ildiz buqog’iMevali ekinlarda juda ko’p tarqalgan kasallik, ayniqsa ko’chatzorlardagi ko’chatlarda tez-tez kuzatiladi. Ildizda va ildiz bo’g’zida turli shakl va o’lchamdagi tig’iz (yog’ochsimon) konsistensiyali o’simtalar xosil bo’ladi. Kasallik qo’zg’atuvchisi – Pseudomonas tumefaciens F. Stevens (=Agrobacterium tumefaciens Conn., Rhizobium tumefaciens Gorlenco) bakteriyalari. Mevali ekinlardan tashqari ular lavlagi, sabzi, tok, pomidor, kungaboqar va xrizantemani zararlaydi. Ildizning shikastlangan joyiga tushgach, bakteriyalar xujayralarning kuchli bo’linishini (asosan ikkilamchi po’stloqning parenxima to’qima-si) qo’zg’atadi, bu esa o’simtalarning xosil bo’lishiga olib keladi. Bakteriyalarni faqatgina yosh o’simtalardan topish mumkin, bundan shunday faraz kelib chiqadiki, kasallikni faqatgina Ps. tumefaciens qo’zg’atmaydi. Ildiz raki bilan zararlangan ko’chatlar yaxshi tutib ketmaydi va ko’pincha nobud bo’ladi. Kasallik neytral va kuchsiz ishqoriy tuproqlarda kuchli rivojlanadi, namlik etishmaganda uning zarari ortadi. Olma va nok po’stlog’ining bakterial raki Kasallik olma va nok daraxtining tanasi va skelet shoxlarini kuchli zararlaydi, uni ko’pincha bakterial rak yoki bakteriyal po’stloq chirishi deb atashadi. Kasallikning ikki tipi mavjud. Birinchisi tana va skelet shoxlarda xar xil o’lchamdagi, pushti jigarrang tusli va binafsharang-olcharang xoshiyali botiq dog’larning xosil bo’lishi bilan ajralib turadi. Bunday dog’lar ko’pincha tirik to’qimadan yoriqlar bilan ajraladi. Dog’lardagi yog’ochlik jigarrang, yumshoq, nam, bodom xidli bo’ladi. Ba’zan yoriqlardan suyuqlik ajralib chiqadi. Baxorda ko’pincha po’stloq shishadi, pufaklar shakliga kiradi, so’ngra yoriladi va nam kambiyni yalong’ochlagan xolda osilib qoladi. Zararlangan daraxt barglari xlorotik xoshiyali qizg’ish-jigarrang nekrotik dog’lar bilan qoplanadi, nobud bo’ladi, ammo to’kilmaydi. Aloxida skelet shoxlar, ba’zan daraxt butunlay nobud bo’ladi. Bunday shakl-dagi kasallanish qo’zg’atuvchisi – Pseudomonas cerasus Griffin va Pseudomonas syringae pv. Syringae van Hall bakteriyalari. Bakterial rakning ikkinchi tipi skelet shoxlarda bo’ylama va ko’ndalang yoriqlarning paydo bo’lishi va ulardan sekin asta qurib qoluvchi suyuqlik ajralishi bilan tavsiflanadi. Yoriqlar atrofidagi po’stloq ichiga botadi va to’q rangga kiradi. Uning ostidagi yog’ochlikning ustki qatlamlari qoramtir jigarrang tusga kiradi. Zararlangan shoxlarda barglar kam, shu bilan birga mayda va xlorotik ko’rinishda shakllanadi. Yoriqlardan suyuqlik ko’proq ajraladi, natijada unga yondashgan novdalar va tuproq namlanib qoladi. Yoriqlar bilan to’liq xalqalab olingan daraxt shoxlari qorayadi va quriydi. Bunday zararlangan joylardan Erwinia turkumiga mansub bir turli bo’lmagan bakteriyalar ajraladi, ularning bir qismi E. Carotovora Holland bilan birmuncha o’xshashlikka ega bo’lsa, boshqa-lari – E. Amylovora Winsletal ga o’xshash bo’ladi. Zararlangan joylardan ajraladigan ikkinchi tip bakteriyalari mevali daraxtlar uchun kuchsiz patogen xususiyatga ega xisoblanadi. Ba’zan E. Amylovora ga yaqin bakteriyalar bilan zararlanganda tugunchalarning bandi bilan birga to’satdan qorayishi va qurib qolishi kuzatiladi, ular daraxtlarda osilib turadi. Barglarda qora xoshiyali jigarrang dog’lar (kengligi 1-3 mm) xosil bo’ladi. Dog’lar barg cheti bo’ylab joylashadi va butun yaproqning uchdan ikki qismini egallashi mumkin. Infeksiya manbai zararlangan urug’ va kasallangan daraxtlar bo’lishi mumkin. Ulardan yomg’ir tomchilari va xasharotlar vositasida bakteriyalar boshqa daraxtlarga tarqaladi. Kasallik juda katta ziyon etkazadi. Skelet shoxlarining za-rarlanishi xosildorlikning keskin pasayishi va daraxtlarning butunlay qurib qolishiga olib keladi. Ba’zan katta maydonlarda daraxtlarning qurib qolishi xam kuzatiladi. Download 42.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling