Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Kirish I. Asosiy qism
Danakli meva ekinlari kasallik qo’zg’atuvchilarining spora xosil qilishi
Download 42.57 Kb.
|
Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klyasterosporioz
Danakli meva ekinlari kasallik qo’zg’atuvchilarining spora xosil qilishi:
1-monilioz qo’zg’atuvchisining konidiyabanddagi konidiyalari; 2klyasterosporioz qo’zg’a-tuvchisining konidiyalari; 3-olxo’ri kokkomikoz qo’zg’atuvchisining spora xosil qilishi (a-piknosporali piknidaning kesilgan ko’rinishi, b-xaltali apotetsiyning kesilgan ko’rinishi); 4-olxo’ri polistigmoz qo’zg’atuvchisining spora xosil qilishi (a-xalta va xaltasporali peritetsiyning kesilgan ko’rinishi, b-stroma va sporali piknidaning kesilgan ko’rinishi); 5-shaftoli barg buralishi qo’zg’atuvchisining xaltasporali xaltasi; 6-olxo’ri «karmonchasi» kasalligi qo’zg’atuvchisining xaltasporali xaltasi. Butun yoz davomida M. cinerea daraxt novdalari va shoxlari va ayniqsa mevalarining davomli zararlanishini keltirib chiqaradi. Ularda dastlab kichik qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi, keyin-chalik tez kattalashadi va butun mevani egallab oladi. Ularning yuzasida kulsimon yostiqchilar paydo bo’ladi. Chirigan mevalar burishadi, quriydi, ularning bir qismi daraxtda baxorgacha osilib turadi. M. cinerea dan tashqari danakli meva ekinlarida moinilioz-ni MoniliafructigenaWestxam qo’zg’atishi mumkin. Mazkur zambu-rug’ konsentrik qatorlarda joylashuvchi ancha yirik sarg’ish yos-tiqchalar xosil qiladi. Danakli mevalar monilioz bilan mexanik shikastlangan yoki xasharotlar ta’sirida zararlangan joy orqali kasallanadi. Res-publikamizda danakli mevalar o’rik filchasi ta’sirida zararlangan joyi orqali kasallanadi. Zararlanish kasallangan mevaga sog’lomlari tegib turganda xam sodir bo’lishi mumkin. KlyasterosporiozKasallik xamma joyda juda keng tarqalgan. U barg, kurtak, gul, tuguncha, meva, novda va shoxlarni zararlaydi. Barglarda dumaloq (diametri 2-5 mm gacha), qizg’ish-qo’ng’ir yoki to’q pushti xoshiyali och jigarrang dog’lar paydo bo’ladi. Oradan 1-2 xafta o’tgach, dog’lar to’kilib ketadi va barglarda te-shiklar xosil bo’ladi. Zararlanish kuchli kechganda dog’lar ko’pin-cha qo’shilib ketadi va to’kiladi. Zararlangan barglar qisman yoki butunlay quriydi va to’kiladi. Novda va kurtaklarda kasallik kichik dumaloq, to’q sariq-qizil rangli (chetlariga nisbatan o’rtasi ancha och tusli) dog’lar ko’rinishida paydo bo’ladi. Keyinchalik ular yorilib ketadi, ulardan elimsimon suyuqlik ajraladi va novdalarda och sariq yoki qoramtir-qo’ng’ir rangli shishasimon g’ubor ko’rinishida qotib qoladi. Zararlangan barglar qo’ng’ir tusga kiradi va to’kiladi. Mevalarda dastlab mayda qirmizi, biroz botiq, chetlari ko’tarilgan dog’lar xosil bo’ladi, keyinchalik ular to’kiladi yoki elim ajraladigan yoriqlarni yopib turuvchi qo’tirchalar ko’rinishida qoladi. Ko’pincha olcha va olxo’ri mevalari klyasterosporioz ta’sirida bir tomonlama rivojlanadi, chunki zararlangan joydagi to’qima rivojlanishdan to’xtaydi va danakkacha qurib qoladi. Klyasterosporioz qo’zg’atuvchisi – Hyphomycetales tartibiga mansub Clasterosporium carpophilum Aderh takomillashmagan zamburug’i. O’simlik to’qimalarida u xujayra ichiga kirib uning nobud bo’lishini keltirib chiqaruvchi mitseliy xosil qiladi. Mitseliy lokal tarqaladi va xar bir dog’ni mustaqil zararlanish joyi deb xisoblash lozim. Zararlangan paytdan dog’ paydo bo’lishigacha 2-4 kun (xarorat va navning chidamliligiga bog’liq ravishda) o’tadi. Zararlangandan so’ng 5-7 kun o’tgach, bargning ostki tomonida dastalar ko’rinishida konidial sporalar shakllanadi. Konidiyabandlari kalta, tirsaksimon, rangsiz yoki sarg’ish-qo’ng’ir. Konidiyalari uzunchoq-tuxumsimon yoki teskari to’qmoqsimon, ko’p xujayrali (yoshiga bog’liq ravishda to’siqlari 1 dan 7 tagacha), dastlab rangsiz, keyinchalik sarg’ish-qo’ng’ir, XULOSA Kasallik xamma joyda juda keng tarqalgan. U barg, kurtak, gul, tuguncha, meva, novda va shoxlarni zararlaydi. Barglarda dumaloq (diametri 2-5 mm gacha), qizg’ish-qo’ng’ir yoki to’q pushti xoshiyali och jigarrang dog’lar paydo bo’ladi. Oradan 1-2 xafta o’tgach, dog’lar to’kilib ketadi va barglarda te-shiklar xosil bo’ladi. Zararlanish kuchli kechganda dog’lar ko’pin-cha qo’shilib ketadi va to’kiladi. Zararlangan barglar qisman yoki butunlay quriydi va to’kiladi. Novda va kurtaklarda kasallik kichik dumaloq, to’q sariq-qizil rangli (chetlariga nisbatan o’rtasi ancha och tusli) dog’lar ko’rinishida paydo bo’ladi. Keyinchalik ular yorilib ketadi, ulardan elimsimon suyuqlik ajraladi va novdalarda och sariq yoki qoramtir-qo’ng’ir rangli shishasimon g’ubor ko’rinishida qotib qoladi. Zararlangan barglar qo’ng’ir tusga kiradi va to’kiladi. Mevalarda dastlab mayda qirmizi, biroz botiq, chetlari ko’tarilgan dog’lar xosil bo’ladi, keyinchalik ular to’kiladi yoki elim ajraladigan yoriqlarni yopib turuvchi qo’tirchalar ko’rinishida qoladi. Ko’pincha olcha va olxo’ri mevalari klyasterosporioz ta’sirida bir tomonlama rivojlanadi, chunki zararlangan joydagi to’qima rivojlanishdan to’xtaydi va danakkacha qurib qoladi. Klyasterosporioz qo’zg’atuvchisi – Hyphomycetales tartibiga mansub Clasterosporium carpophilum Aderh takomillashmagan zamburug’i. O’simlik to’qimalarida u xujayra ichiga kirib uning nobud bo’lishini keltirib chiqaruvchi mitseliy xosil qiladi. Mitseliy lokal tarqaladi va xar bir dog’ni mustaqil zararlanish joyi deb xisoblash lozim. Zararlangan paytdan dog’ paydo bo’lishigacha 2-4 kun (xarorat va navning chidamliligiga bog’liq ravishda) o’tadi. Zararlangandan so’ng 5-7 kun o’tgach, bargning ostki tomonida dastalar ko’rinishida konidial sporalar shakllanadi. Konidiyabandlari kalta, tirsaksimon, rangsiz yoki sarg’ish-qo’ng’ir. Konidiyalari uzunchoq-tuxumsimon yoki teskari to’qmoqsimon, ko’p xujayrali (yoshiga bog’liq ravishda to’siqlari 1 dan 7 tagacha), dastlab rangsiz, keyinchalik sarg’ish-qo’ng’ir Download 42.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling